Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими

  • Home
  • Uzbekistan
  • Syrdar'ya
  • Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими

Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлимининг янгиликлари Сайхунобод туман халқ таълими бўлими

✅ Sayxunobod tumanida “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi👉🏻 Sayxunobod tumanida makta...
31/07/2026

✅ Sayxunobod tumanida “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

👉🏻 Sayxunobod tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

⭐️Mazkur tanlovning asosiy maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarning iste’dod va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli tarbiyalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

🌱Tanlov davomida tumandagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘zlarining qo‘shiq kuylash, raqs ijrosi, folklor hamda musiqiy chiqishlari orqali tomoshabinlar va hakamlar hay’atida iliq taassurot qoldirdilar. Har bir ishtirokchi o‘zining sahna madaniyati, ijodiy yondashuvi va mahoratini namoyon etdi.

Sayxunobod tumani 1-sonli umumta’lim maktabiga direktor etib tayinlangan Parmanova Zahro Benaliyevnani ushbu mas’uliyatl...
10/06/2026

Sayxunobod tumani 1-sonli umumta’lim maktabiga direktor etib tayinlangan Parmanova Zahro Benaliyevnani ushbu mas’uliyatli va sharafli lavozim bilan samimiy tabriklaymiz.

Zahro Benaliyevnaga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, rahbarlik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu ishlarida yuksak zafarlar tilaymiz.

Ishonamizki, ularning bilim va tajribasi, fidoyiligi hamda rahbarlik salohiyati maktab jamoasining yangi yutuqlarga erishishiga, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Yangi lavozim muborak bo‘lsin! Kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!

📢 Sayxunobod tumanida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi✅ Sayxunobod tumani 11-sonli umumta’lim maktabi hudu...
17/04/2026

📢 Sayxunobod tumanida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi

✅ Sayxunobod tumani 11-sonli umumta’lim maktabi hududida kurash sport turi uchun mo‘ljallangan zamonaviy sport majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

♻️ Mazkur loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.

🎉 Bugun bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tuman hokimi, “Ittifoq” mahallasi faollari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, shuningdek tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.Mirzaev ishtirok etdi.

🌿 Yangi sport majmuasi yoshlar uchun munosib sharoit yaratib, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi kutilmoqda.

✅ Sayxunobod tumani 20-maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun “Sun’iy intellektning zulmat tomoni” mavzusida seminar ...
13/04/2026

✅ Sayxunobod tumani 20-maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun “Sun’iy intellektning zulmat tomoni” mavzusida seminar tashkil etildi.

♻️ Seminar davomida sun’iy intellektning nafaqat foydali jihatlari, balki uning xavf va salbiy tomonlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

👉🏻 Soxta ma’lumotlar va deepfake texnologiyalari – insonlarni chalg‘ituvchi video va tasvirlar yaratish imkoniyati
👉🏻 Maxfiylik muammolari – shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy yig‘ilishi va ishlatilishi
👉🏻 Kiberxavfsizlik tahdidlari – sun’iy intellekt orqali amalga oshirilayotgan yangi turdagi hujumlar
👉🏻 Ta’lim jarayoniga ta’siri – o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi

🌱 Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr va savollari bilan faol qatnashdilar. Sun’iy intellektdan oqilona va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar tanloviSayxunobod tumani 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  5–7 yo...
07/04/2026

“Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar tanlovi

Sayxunobod tumani 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5–7 yoshli bolalar o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning tasavvur doirasini kengaytirish hamda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida bolalar o‘z rasmlarida tabiat go‘zalligini o‘ziga xos tarzda ifodalab berdilar.

Direktor: T. Do‘stnazarova
Direktor o‘rinbosari: Z. Zavqiyeva

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini ommalashtirish chora-tadbirlari t...
31/03/2026

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur turnir tashkil etildi.

Turnir Sayxunobod tumani 11-maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda kibersport va IT sohalariga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Maktabga ajratilgan interaktiv doska hamda yangi monoblok kompyuterlardan samarali foydalanilmoqda.

🎮 Turnir doirasida EA SPORTS FC 26 o‘yini Sony PlayStation platformasida 1x1 formatda o‘tkazildi.

Natijalar:
🥇 I-o‘rin — Solihonov Ibrohim
🥈 II-o‘rin — Ikromov Shavkat
🥉 III-o‘rin — Alibekov Iqbol

♻️ Musobaqa ko‘tarinki va bayramona ruhda o‘tdi. G‘oliblar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

✅ Сайхунобод туманини “Коррупсиядан ҳоли ҳудудга айлантириш” дастури ижроси ўрганилди♻️ Коррупсияга қарши курашиш агентл...
26/02/2026

✅ Сайхунобод туманини “Коррупсиядан ҳоли ҳудудга айлантириш” дастури ижроси ўрганилди

♻️ Коррупсияга қарши курашиш агентлиги директори ўринбосари Умида Тухташева Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи вазифасини вақтинча бажарувчи Н. Мирзаев ҳамда бўлим ходимлари иштирокида Сирдарё вилоятининг Сайхунобод туманини “Коррупсиядан ҳоли ҳудудга айлантириш” бўйича тасдиқланган чора-тадбирлар дастури доирасида амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

💹 Хусусан, тумандаги 35-сонли умумий ўрта таълим мактаби ҳамда 1-сон давлат мактабгача таълим ташкилотида ГРАCЕ таълим дастурининг жорий этилиши ва “Ҳалоллик дарслари”нинг ўтилиш жараёни юзасидан мулоқот ўтказилди.

👉🏻 Масъуллар маълумотига кўра, шу пайтгача туман миқёсидаги 41 та умумий таълим муассасасида “Ўқувчи ёшлар – ҳалоллик тарафдори” 10 кунлиги ташкил этилган.

✅ Сайхунобод тумани 3-сонли умумтаълим мактабида ўқувчи қизларни касб-ҳунарга йўналтириш мақсадида тикувчилик тўгараги ў...
25/02/2026

✅ Сайхунобод тумани 3-сонли умумтаълим мактабида ўқувчи қизларни касб-ҳунарга йўналтириш мақсадида тикувчилик тўгараги ўз фаолиятини бошлади.

✅ Туман Кенгаши депутати Ғаниева Назира Хайдаралиевна якка тартибдаги тадбиркор Мирзавалиева Ёркиной билан келишган ҳолда, тўгарак фаолияти учун зарур бўлган маҳсулотларни етказиб бериш бўйича ҳомийликни ўз зиммасига олди.

КРС дастури доирасида амалга оширилаётган ишлар юзасидан коррупцияга қарши курашиш бўйича ишчи гуруҳ Сайхунобод туманига...
25/02/2026

КРС дастури доирасида амалга оширилаётган ишлар юзасидан коррупцияга қарши курашиш бўйича ишчи гуруҳ Сайхунобод туманига ташриф буюрди.

♻️ Ташриф давомида туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи вазифасини вақтинча бажарувчи Н. Мирзаев ҳамда бўлим ходимлари иштирокида туман марказида жойлашган 1-ДМТТ, 35-мактаб ва 41-мактабларда ўрганиш ишлари олиб борилди.

✅Ишчи гуруҳ томонидан мазкур таълим муассасаларида коррупцияга қарши курашиш бўйича амалга оширилган ишлар таҳлил қилиниб, масъулларга тегишли тавсия ва кўрсатмалар берилди.

✅ Сайхунобод туманида “Қувноқ стартлар” тадбирлари ўтказилди♻️ Сайхунобод туманида барча давлат мактабгача таълим ташкил...
19/02/2026

✅ Сайхунобод туманида “Қувноқ стартлар” тадбирлари ўтказилди

♻️ Сайхунобод туманида барча давлат мактабгача таълим ташкилотларида Сирдарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғининг ташаббуси билан “Биз соғлом ва бахтиёр болалармиз” шиори остида “Қувноқ стартлар” тадбирлари ташкил этилди.

💹 Тадбирлар давомида болалар учун қизиқарли, ривожлантирувчи ва жисмоний машғулотлар ўтказилди, уларнинг ҳаётий кўникмалари ва жисмоний фаолиятини рағбатлантиришга алоҳида эътибор қаратилди.

Address

Сайхун
Syrdar'ya
120400

Telephone

+998994776777

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Сайхунобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими:

Shortcuts

Share