Samarqand malaka oshirish hududiy markazi

Samarqand malaka oshirish hududiy markazi SAMARQAND VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

 📚 USTOZGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROMSamarqand shahridagi 14-maktabning 3-sinf o‘quvchilari uchun “Ustozga ehtirom — mil...
28/09/2026



📚 USTOZGA EHTIROM — MILLATGA EHTIROM

Samarqand shahridagi 14-maktabning 3-sinf o‘quvchilari uchun “Ustozga ehtirom — millatga ehtirom” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi dotsenti Mahbuba Raximqulova va markaz boshlang'ich ta'lim metodisti Shirin Kobilova olib bordi.
Dars davomida o‘quvchilarga ustozning bola hayotidagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya berishdagi mehnati, shuningdek, ustozga hurmat va minnatdorlik bildirishning ahamiyati tushuntirildi.

O‘quvchilar videokontentlar, ijodiy topshiriqlar va suhbatlar orqali ustozdan nafaqat bilim, balki odob, halollik, mehnatsevarlik, mehribonlik va mas’uliyat kabi fazilatlarni o‘rganish zarurligi haqida fikr almashdilar.

🌱 -"Mashg‘ulot o‘quvchilarda ustoz mehnatini qadrlash, hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi", - deydi 3-sinf rahbari Dilfuza Mamatqulova.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

 📚 SENTABR OYI MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI🏢 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat ma...
28/09/2026



📚 SENTABR OYI MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

🏢 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov kurs davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlarni topshirdi.

👩‍🏫 Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlari davomida yaratilgan loyiha ishlari orasida “ENG YAXSHI LOYIHA ISHI TAQDIMOTI” nominatsiyasi g‘oliblari hamda “KELAJAK O‘QITUVCHISI” tanlovida yuqori natijalarni qayd etgan faol o‘qituvchilar ham munosib taqdirlandilar.

✨ Ayniqsa, tadbirda musiqa guruhi tinglovchilarining sarhisob konsert dasturi barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

📚 SAMARQANDDA MENTOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN TRENING BOSHLANDISamarqand viloyati mentor-o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojla...
28/09/2026

📚 SAMARQANDDA MENTOR-O‘QITUVCHILAR UCHUN TRENING BOSHLANDI

Samarqand viloyati mentor-o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” treninglari boshlandi.

Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib, treningning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Roziq Fayziyev so‘zga chiqib, trening ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Treningning birinchi kunida mentor-o‘qituvchilar fanlar kesimida zamonaviy metodik yondashuvlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Dasturdan pedagogik refleksiya, UDL, SEL, sun’iy intellektdan foydalanishning etik va huquqiy asoslari, PISA va TIMSS, raqamli va virtual laboratoriyalar, kommunikativ kompetensiyalar, shuningdek, yangi o‘quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga tatbiq etish kabi yo‘nalishlar o‘rin olgan.

🎯 Treningning asosiy maqsadi — mentor-o‘qituvchilarning zamonaviy metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish.

📅 Trening 28–30-sentabr kunlari davom etadi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

OAVDA BIZ...✅ "Самаркандский вестник" gazetasining 2026-yil 26-sentabr № 74(19799)- sonida Samarqand viloyati Pedagogik ...
28/09/2026

OAVDA BIZ...

✅ "Самаркандский вестник" gazetasining 2026-yil 26-sentabr № 74(19799)- sonida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi katta o'qituvchisi Muhayyo Yakubjanovaning "Почтение к учителю" sarlavhali maqolasi chop etildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

Kitob mutolaasi – ma'naviy yuksalish garovidir💎 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida tarix fani 1-guruh oqituv...
28/09/2026

Kitob mutolaasi – ma'naviy yuksalish garovidir

💎 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida tarix fani 1-guruh oqituvchilari o‘rtasida “Kitob o‘qish soati” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mutolaa qilgan asarlar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, test savollariga faol javob berdilar. Kitobxonlikni targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

📚Yakuniy natijalarga kora
I-orin Xonzoda Axtamova
II-orin Gulbadan Egamberdiyeva
III-o`rin Shexroz Samandarovlar egalladilar.

📖 Kitob – bilim manbai, mutolaa esa tafakkur va muvaffaqiyat sari yetaklovchi eng ishonchli yo‘ldir. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar jamoada kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

http://t.me/sammohm

28/09/2026
🎓 MENTORLARNI TAYYORLASH TRENINGI  YAKUNLANDI2026–2027-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “Kasbiy...
25/09/2026

🎓 MENTORLARNI TAYYORLASH TRENINGI YAKUNLANDI

2026–2027-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mentorlarni tayyorlash bo‘yicha trening jarayonlari yakunlandi.

📚 Treningning ushbu bosqichida boshlang‘ich ta’lim, matematika, informatika, rus tili va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha jami 238 nafar mentor qamrab olindi.

🏆 Yakuniy jarayonda ishtirokchilarga treningni muvaffaqiyatli tamomlaganligini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

✨ Mazkur treninglar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

▶️Telegram 📲Facebook 🌏Youtube 🌐Rasmiy sayt

Address

H. Obiddinov Ko'chasi 7
Samarqand
140130

Telephone

+998662388099

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand malaka oshirish hududiy markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Samarqand malaka oshirish hududiy markazi:

Shortcuts

Share

Category