21/05/2026
Yoshlar kuni: Garvard va mahalliy talabalar o‘rtasida sport musobaqasi
Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Garvard universiteti talabalari va mahalliy universitet yoshlari voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqada kuch sinashdi. Tadbirda intellekt va sport uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Voleybolda garvardlik Lonne Gilbert o‘zining chaqqonligi bilan ajralib turdi. Stol tennisida esa Rohan Tyagi, Ashley Ding, Jenny Ng, Ashley Zheng, Elyse McManus, Alice Lu, Chloe Zhong, Alyssa Phatlar zukkolik va tezkor harakatlari bilan raqiblarini biroz shoshirib qo‘ydi.
Qizg‘in bahslarga qaramay, musobaqada asosiy g‘olib do‘stlik bo‘ldi. Yoshlar sport orqali o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yana bir bor isbotladi.
20/05/2026
Garvard uslubidagi “Impact Challenge” yoshlarda strategik fikrlash va ijtimoiy ta’sirchanlikni kuchaytirdi
Garvard yetakchi yoshlar sammitining ikkinchi kuni ilmiy-munozaraviy faoliyatga boy bo‘ldi. Sammitning birinchi yarmida Garvard universiteti professori MARIAN TAYLOR BROWN va uning Garvard talabalaridan iborat jamoasi “Impact Challenge” mashg‘ulotlari doirasida mahalliy universitet talabalari hamda maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv oddiy suhbatdan tashqariga chiqib, qariyb 2 soat davom etgan jonli bahs, savol-javoblar va ilg‘or mavzular bo‘yicha strategik munozaralarga aylandi.
19/05/2026
Intellektual jang: “Brain Game” aql o‘yini talabalar bilimini sinovdan o‘tkazdi
Garvard yetakchi yoshlar sammitining birinchi kunining ikkinchi yarmida haqiqiy bilimlar bahsi o‘tkazildi. Garvard talabalari jamoasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining saralangan eng bilimdon talabalari o‘rtasida “Brain Game” — ya’ni Aql o‘yini tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilari aniq, ijtimoiy va gumanitar fanlar doirasidagi murakkab savollar bilan yuzma-yuz keldi. Tahlil va mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi mazkur savollar ishtirokchilarni chuqurroq mushohada qilishga undadi.
Dastlab universitetimiz jamoasining qo‘li ustun keldi, bahs qiziganda, Garvard talabalarining tajribasi va tezkor fikrlashi o‘z samarasini berdi. Uch raund davom etgan shiddatli raqobat yakunida umumiy hisob 2:1 bo‘lib, g‘alaba Garvard jamoasiga nasib qildi.
19/05/2026
Garvard talabalari bilan “Impact Challenge” loyihasi
Bugun, 19-may kuni Samarqandda “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostidagi Garvard yetakchi yoshlar sammitining birinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda. Sammit doirasida universitet faollar zalida talabalar, Prezident maktabi o‘quvchilari va boshqa iqtidorli yoshlar hamda Garvard universiteti talabalari o‘rtasida qizg‘in munozaralar va fikr almashuvlar tashkil etildi. Asosiy mavzular:
Barqaror iqtisodiyot
Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotiga ta’siri Ishtirokchilar “Impact Challenge” loyihasida jamoaviy tarzda real muammolarga yechim topib, Garvard uslubidagi seminarda o‘zaro muloqotga kirishishdi. Eng muhimi, yoshlar bevosita Garvard talabalari bilan fikr almashib, o‘z orzularini imkoniyatga aylantirish yo‘lida bebaho tajribaga ega bo‘lmoqdalar.
18/05/2026
Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!
Bugun 18-may kuni Samarqandda Markaziy Osiyoda ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostida Garvard yetakchi yoshlar sammiti o‘z ishini boshladi.
Jahonga mashhur Garvard universiteti professori va iqtidorli talabalari qadim Samarqand zaminida yoshlar va ta’lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biriga start berdilar. Sammit “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi, Harvard Project for Asian and International Relations (HPAIR) va Istiqbolli Ta’lim maktabi hamkorligida tashkil etilgan.
Ochilish marosimida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov va boshqa rasmiy shaxslar ushbu muhim voqea – aynan Samarqandda, buyuk Ipak yo‘li chorrahasida bo‘lib o‘tayotgani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ta’lim va xalqaro imkoniyatlar yaratish siyosatining jonli isboti ekanini alohida ta’kidladilar.
14/05/2026
YUKSAK E’TIROF
Osiyo Taraqqiyot Banki mas’ullari talabalarimizni yuksak darajada eʼtirof qilishdi
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich nomiga rasmiy MINNATDORCHILIK MAKTUBI keldi.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Kotibiyati xodimi Michael Julius Rubio tomonidan universitet Rektori Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich nomiga yoʻllangan rasmiy Minnatdorchilik maktubida OTBning 59-yillik Boshqaruvchilar Kengashi yigʻilishida faol qatnashgan bir guruh talabalarimiz faoliyatiga yuksak baho berilgan.
Mazkur nufuzli tadbir joriy yilning 3–6-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Unda universitetimizning 150 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi. Xususan toʻrt nafar iqtidorli talaba — Ishboyeva Ozoda, Baymuratova Nilufar, Norqulova Obida va Asqarova Parizoda OTB Boshqaruvchilari – yaʼni bankning asosiy aktsiyadorlari ishtirok etgan eng muhim sessiyalardan birida koʻngilli yordamchi sifatida xizmat qildi.
13/05/2026
UNIVERSITETIMIZ VA UCADES O‘RTASIDA O‘ZARO ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Muxsinjon Xolmuxamedov va O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi (UCADES) rahbari Vey Tse o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:
· talabalar va professor–o‘qituvchilar almashinuvi;
· qo‘shma ilmiy loyihalar va qo‘shma ta’lim dasturlari;
· sport musobaqalari va madaniy tadbirlar;
· Xitoyning yetakchi ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
Memorandum ikki mamlakat – O‘zbekiston va Xitoy – ta’lim, fan, sport va madaniyat sohalarida uzoq muddatli sheriklikning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
13/05/2026
🎓 Samarqandda turib xalqaro universitet talabasi bo‘ling — bor-yo‘g‘i 1 yilda!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshida Foundation dasturiga qabul ochildi! Bu 10-11 sinf bitiruvchilari uchun eng zo‘r imkoniyat:
🔹 Grantlar va yordam: Biz sizga viza olishda ko‘maklashamiz va grant dasturlarini taqdim etamiz.
Xalqaro karyerangizni Samarqanddan chiqmay turib boshlang! Batafsil ma’lumotlarni uchrashuvimizda bilib oling:
📅 Sana: 15-may
🕑 Vaqt: 15:00
📍 Manzil: Samarqand sh. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosi.
🚀 Joylar soni cheklangan! O‘z kelajagingizni bugun hal qiling.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/WP2Vb2hegp2QvkAaA
08/05/2026
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz xodimlar va talabalar!
Barchangizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Ushbu ayyomda bizga tinchlik va osuda hayotni tuhfa etgan ajdodlarimiz xotirasini hurmat bilan yodga olamiz, nuroniy faxriylarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatamiz. Zero, xotira — muqaddas, qadr esa — boqiy.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka va tinchlik tilayman. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin!
🕊 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, rektor Muhsinjon Xolmuxamedov.