24/04/2020
“Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to’g’ri yo’l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir”. (Baqara surasi, 185-oyat).
Mana shunday Qutlug' oy-Ramazon barchamizga muborak bo'lsin. Muborak oyda hammamizning yaxshi niyatlarimiz amalga oshsin.
08/03/2020
Assalomu alaykum....!!!
Ustoz o'quv markazi jamoasi mo'tabar ayollarimiz, mehribon onajonlarimiz, aziz opa-singillarimizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qutlaydi.
Bilamizki, har bir oilada xotin-qizlarimiz yuksak qadrlanadi va bu ayniqsa o'zbek oilasida onaning o'rni beqiyos hisoblanadi. Istaymizki onajonlarimiz oila baxtiga doimo sog'-omon bo'lsinlar. Farzand tarbiyasida, uy-ro'zg'or ishlarida sizlarga ulkan omadlar tilaymiz. Muvaffaqqiyatli farzandlar tarbiyalashda hech-qachon charchamang. Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ayollar.
Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz...!!!
14/01/2020
Assalomu alaykum.
Ko'pchilikning uyiga mehmon kelganida kichik yoshli bolalarga odatda "Katta bo'lsang kim bo'lasan"-savoli beriladi. Kichkintoy bolalarning aksariyati: "Katta bo'lsam askar bo'laman:-deydi. Yillar o'tadi, ayrim bolalar o'zlari istashganidek askar bo'lishadi. Aksariyat bolalar boshqa kasbni tanlashadi ammo kelajakda Oila deb atalmish kichik bir Vatanning himoyachilari bo'lishadi. Shunday ekan bu bayram nafaqat Harbiylar bayrami balki, o'z oilasi, tug'ilgan tuprog'i, ona Vatanini himoya qiladigan insonlar bayramidir.
Bayramingiz muborak bo'lsin...!!!
08/12/2019
Barchangizni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligi bilan tabriklaymiz.
26/11/2019
Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir.
🤯 Ko'pchilik xotirani sustligi va xotirada kerakli narsalarni esda tutish bobida qiynaladi.
☝🏼Mana bu ajoyib kitobda siz qanday qilib "super xotira"ga ega bo'lish usullari haqida bilib olasiz!
Kitobni o'qish uchun shaxsiy xabarga murojaat qiling.
22/11/2019
Bugun tunda O'zbekiston bo'ylab birinchi qor yog'di.
Umuman olganda o'quvchilar qor haqida nimalarni bilishadi? Qor o'zi nima? Biz sizlarga qor haqida qisqacha tushuncha berib o'tamiz.
❄️Qor — havo temperaturasi 0° dan past boʻlganda bulutlardan muz kristallchalari tarzida yogʻadigan yogʻin. Muz kristallchalari shakli negizini olti burchakli plastinka yoki olti qirrali ustuncha tashkil etadi. Kristallchalarning diametri mm ning bir necha ulushidan bir necha mm gacha yetadi. Havo temperaturasi 0" atrofida boʻlganda qor uchqunlari bir-biri bilan yopishib, diametri 1 sm keladigan yirik qor pagʻalarini hosil qiladi. Ayrim qor donalarining oʻrtacha massasi 0,003 g gacha, yirik qor pagʻalariniki 0,5 g gacha boʻladi. Oʻrta va yuqori kengliklarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) qor asosan, qishda yogʻadi.
Qor haqida qisqacha ma'lumotga ega bo'ldingiz. O'quvchilarimizga sovuq havo kunlarida issiq kiyinishni tavsiya qilamiz.
Barchangizni birinchi qor bilan tabriklaymiz.
18/11/2019
Mangu hilpira o’zbek bayrog’i 🇺🇿
«Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi toʼgʼrisida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Oʼzbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari oʼtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Bayrogʼimiz, gʼurur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh koʼkda falakning bayrogʼi boʼlib porlab turibdi, koʼngilda muhabbat bayrogʼi hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrogʼi nurlantiradi.
Ozod va obod Vatanimiz — Oʼzbekistonning bayrogʼi ham bizni ulugʼ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrogʼi va uning ramzi bugungi Oʼzbekiston hududida qadimda mavjud boʼlgan davlatlar bilan tarixan bogʼliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʼzida mujassamlashtiradi.
17/11/2019
17-noyabr Xalqaro Talabalar kuni 🎓
Barcha talabalarni 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" bilan tabriklaymiz. O'qishlaringizda ulkan yutuqlar va a'lo baholar tilaymiz.
17/11/2019
O'quvchilarimiz yakshanba kunida ham bilim olishdan charchashmaydi🙈☺️.
O'quvchilarimiz o'qituvchilar tomonidan olingan bilimlarini sinash maqsadida namunaviy test imtihonida ishtirok etmoqda. Ishtiyoq bilan olingan bilim, tinimsiz mehnat albatta o'z samarasini beradi.
Demak Mental arifmetika fanidan eng yuqori ball olgan o'quvchilarimiz:
Zayniddinova Gulfiya
Rustamova Munisa
@ Ustoz Education NTM
13/11/2019
Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish yo‘llari. Psixologik-seminar
Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish baxtli hayot garovidir. Biroq har doim ham intilayotgan narsalarimizni to‘g‘ri ifodalay olmaymiz. Bu esa orzularning orzuligicha qolib ketishiga olib keladi. Maqsadlarga erishish siri nimada, ularga erishish yo'llari qanday?
Bu savollarga javob olishni istaysizmi? Sizlarni 17.11.2019 (yakshanba) soat 09:00 da Ustoz o'quv markazida bo'lib o'tadigan psixologik-seminarga taklif etamiz.
Ro'yhatdan o'tish: 97 576 97 97 yoki
10/11/2019
Xabaringiz bor kitob o'qishning 21 foydasi haqida batafsil ma'lumot berilgan edi.
Ustoz o'quv markazi tomonidan o'quvchilar uchun har oyda eng kamida 1 ta kitob o'qishni tavsiya qiladi. Demak birinchi tavsiya qilinadigan kitobimiz bu yozuvchi Tohir Malikning "Alvido bolalik" asaridir.
O'ylaymizki, bu kitob o'quvchilarimizning dunyoqarashi kengayishiga yordam beradi.
09/11/2019
Oddiy kitob yaxshimi yoki elektron kitob?
Anchadan beri ushbu savol nafaqat o'quvchilar balki biz kattalar o'rtasida ham muhokamali jarayonga sabab bo'ladi. Xo'sh yakun nima bilan tugar ekan? Qiziqyapsizmi unda sizlarni 10.11.19 (yakshanba) soat 9:00 da bo'lib o'tadigan speaking club-debate ga taklif etamiz.
O'quvchilarimiz ushbu munozarali bahsda bir birlari bilan ingliz tilida bahslashishadi.
Siz ham ushbu mavzuga qiziqasizmi? Sizningcha qanday kitoblarning insoniyatga foydasi ko'proq tegadi. Javoblaringizni izohlarda qoldiring.