31/07/2024
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
🎓Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun filologiya sohasida 60230100 - FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: TURK TILI bo‘yicha yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul e’lon qilindi!
💻👨🏫 Darslar universitetning zamonaviy AKT, texnik o‘quv vositalari bilan jihozlangan Turkologiya ilmiy tadqiqot institutida Turkiya va universitetimizning yetakchi professor - oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi.
🎙📚Bu yerda siz zamonaviy til o‘rganish laboratoriyalari hamda Turk tili va adabiyotiga oid manbalar jamlangan kutubxonadan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz!
📄🥇🇹🇷 Bitiruvchilar diplom bilan birga o'qishni keyingi bosqichlarda davom ettirish uchun zarur bo'lgan Xalqaro va milliy til sertifikatlarini ham qo'lga kiritishlari va Turkiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida o'qishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladilar!
🇺🇿🇹🇷🇦🇿🇰🇿🇰🇬🎓 O'zbekistonning Turkiy Davlatlar Tashkilotiga kiruvchi mamlakatlar bilan ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ilmiy aloqalarini, turkiy sivilizatsiyaning mushtarak adabiy, lisoniy, etnik xususiyatlarini chuqur o‘rganib, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini egallash imkoniyatini tanlang!
‼️Ushbu yoʻnalishga filologiya boʻyicha test sinovlarida qatnashgan barcha abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari:
📞 +998915276822
📞 +998979119381
📞 +998933333835