Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Share

Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти

27/02/2026



Yoshlar bandligi — ustuvor vazifa va amaliy mas’uliyat

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlikka keng jalb etish borasidagi ustuvor vazifalarni yana bir bor aniq belgilab berdi.

Mazkur uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar, xususan, yoshlarni ish izlovchidan ish beruvchiga aylantirish, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori sifatida ta’kidlamoqchimanki, bugungi demografik o‘sish va mehnat bozoridagi raqobat sharoitida har bir talabani nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikma va aniq kasbiy kompetensiyalar bilan ta’minlash ustuvor vazifamizdir. Shu maqsadda institutimizda dual ta’lim elementlarini kengaytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda talabalarni amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalarga jalb etish ishlari izchil davom ettiriladi.

“Kelajak tadbirkori” va “Mening birinchi kasbim” dasturlari doirasida belgilangan vazifalar oliy ta’lim tizimi uchun muhim yo‘nalishdir. Xususan, bitiruvchilarni stajirovka asosida ishga tayyorlash, ularni dastlabki mehnat faoliyatida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish ta’lim sifati va bandlik ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Institutimizda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini ekspertiza qilish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq tizimli choralar ko‘riladi. Oliy ta’lim muassasasi sifatida biz faqat diplom beruvchi emas, balki hududiy iqtisodiyot uchun malakali kadrlar va yangi tashabbuslar manbai bo‘lishimiz zarur.

Yoshlarning jismoniy faolligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Talabalar o‘rtasida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish orqali ularning har tomonlama rivojlanishiga sharoit yaratish davom ettiriladi.

Ko‘ksaroydagi muloqotda belgilangan vazifalar — aniq yo‘l xaritasi va amaliy dasturdir. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ushbu topshiriqlarni sifatli amalga oshirish, bitiruvchilar bandligini oshirish hamda yoshlarning intellektual va iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida izchil ish olib boradi.

Muhiddin Po‘latov,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 28/08/2025



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot-resurs markazi yangi o‘quv yiliga tayyor!

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 18/06/2025

Bugundan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilari uchun "Bitiruv malakaviy ishlari" himoyasi boshlandi.

Institutning iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo ‘yicha) ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi shakli) bitiruvchilari uchun real iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot kafedralari tomonidan bitiruvchilarning "Bitiruv malakaviy ishi" himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 18/06/2025



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur jarayonning shaffofligi, talabalar bilimini adolatli baholash va qo'yilgan talablarga amal qilinayotganligi korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens nazorat" tizimini boshqarish va ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limlari xodimlari tomonidan nazorat qilib borildi.

12/06/2025

“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida OTM bitiruvchilariga 1 mlrd soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzingiz oʻqiyotgan oliygohdagi “Kelajakka qadam” markaziga murojaat qiling!

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 11/06/2025



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yigʻilishda Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning yozgi taʼtil davrida boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning qiziqish va isteʼdodlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Masʼullarga loyihani yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 09/06/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

Real iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"da Payariq tumanining 74, 75, 90 va 98-sonli umumtaʼlim maktablari bitiruvchi qizlari mehmon bo‘lishdi.

Tadbir davomida maktab bitiruvchilari institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda talabalik hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar, kelajakdagi kasb tanlovi bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 05/06/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-103-sonli Qarori – “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Payariq tumanidagi 97-, 61- va 63-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchi qizlar bilan tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tashriflar davomida maktab bitiruvchi qizlariga institutda yaratilgan ta’lim imkoniyatlari, yo‘nalishlar, kirish ballari va kvotalar, imtiyozlar hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida onlayn Zoom platformasi orqali atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 05/06/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-103-sonli Qarori – “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Payariq tumanidagi 66-, 86-,92- va 93-sonli umumta’lim maktablarida o‘quvchi-qizlar ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quvchilarga institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion yondashuvlar va investitsiyalar sohasi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek, abituriyentlar uchun qabul jarayoniga oid muhim ko‘rsatmalar berilib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish, test sinovlariga tayyorgarlik, tanlov asosidagi o‘qishga qabul qilish jarayonlari batafsil tushuntirildi.

Photos from Samarqand iqtisodiyot va servis instituti's post 19/05/2025



Respublika ishchi guruhi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga respublika ishchi guruhi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida "Kelajakka qadam" markazining faoliyati, xususan markazning bitiruvchi yoshlarni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlash, ularni o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi va samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Want your school to be the top-listed School/college in Samarkand?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Samarqand Shahar, Amir Temur 9
Samarkand
140100