Insonlarga haqiqat yoqadi… Faqat o’zlari haqidagisi emas.
Azimjon Baqoyev
Leader o'quv markazi asoschisi, sifatli ta'lim tarafdori
Hech birimiz sinovsiz yashamaymiz….
Hayotimiz yaxshi, ishlarimiz oldinga qarab ketayotganda berilmaydigan savolni sinov kelganda beramiz: “Nega aynan man?”, “Qaysi qilgan aybim uchun?”.
Vaholanki hammasi yaxshi vaqtda shukr qilyapmizmi, sinov kelganda ham shukr qilaylik va sabrli bo’laylik.
Zero, Alloh biz ko’tara olmaydigan sinovlar bilan bizni sinamaydi.
Sabrli bo’ling, shukr qiling va oldinga harakatlanishdan aslo to’xtamang.
Siz o’ylaganingizdan ham kuchlisiz.
Siz bilasiz, lekin bajarmaysiz.
Muammo vaqt ham, motivatsiya ham emas.
Muammo - harakat qilish noqulay.
Va siz qulay hayotni tanlayapsiz
Bu tanlov sizni qayerga olib boryapti?
Izohlarda o’z fikringizni qoldiring!
Biz uyqudamizmi?
3 yillik sukunat va kuzatuv..
Va bir narsani tushundim: odamlarga maslahat va motivatsiya berish oson, lekin ularni uylashga va harakat qilishga undash qiyin ish ekan. Odam o’zi o’ylab , fikrlab harakat qilmas ekan hech narsa o’zgarmaydi.
Va qaror qildim - endi boshqacha gapiraman.
E’tibordan chetda qolayotgan haqiqatlarni gapiraman va savol beraman, o’ylashga undayman.
Agar siz o’ylashga tayyor bo’lsangiz - qoling!
06/06/2025
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! 🤍🌙🐑
Ushbu muborak ayyom barchangizga tinchlik, baraka va quvonch olib kelsin.
Alloh qilgan ibodat va duolaringizni o‘z dargohida qabul qilsin.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxtli hayot va ezgu niyatlaringizning amalga oshishini chin dildan tilayman!
Hurmat bilan, Azimjon Baqoyev.
27/06/2023
🌙 Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin!
Allohning rahmati bir sizga bo'lsin.
Umringiz islomning nuriga to'lsin.
Shukurkim yetkazdi ulug' kunlarga.
Ushbu Hayit ayyomi muborak bo'lsin.
Bayramingiz muborak bo'lsin!
21/04/2023
Dunyoni yemirayotgan e’tiqodsizlik balosidan yiroqda bo’lish. Barcha dardning davosini vaqtga qo’yib berish, duo ila najot izlash, doim haq yo’ldan yurishga intilish, Allohdan umid qilishni, faqatgina unga suyanishni ixtiyor etar ekansiz, sizga ushbu kitobni o’qishni tavsiya qilamiz.
Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring✍️…..
Kibrlanmang!
Hech qanchon bugungi holatingizga, amalingizga ishonib birovning ustidan kulmang. Kecha necha-necha onalar farzandli edi. Bugun esa ular farzandsiz ayolga aylanishdi.
Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring✍️……
Ikki toifa inson!
Birinchi toifasi, siyqasi chiqib ketgan bahonalarni qiluvchi insonlardir.
Ikkinchi toifa insonlar esa jimgina sukut saqlab natija qiluvchilardir.
Qaysi bir toifaga kirishni esa o’zingiz hal qiling.
Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring✍️….
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Samarkand
140100