28/11/2022
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston – Yangi avlod” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Unda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda 500 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir dasturiga muvofiq, talabalar tomonidan ishlangan 100 dan ortiq amaliy san’at ko’rgazmalari besh muhim tashabbus doirasida tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan rassomchilik asarlari, hunarmandchilik va to’quvchilik na’munalari kelganlarga taqdim etildi.
Shuningdek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan, umummilliy qadriyatlarni o’zida aks ettirgan sahna ko’rinishlari va QVZ jamoalarining hazl-mutoyibalari barchaga birdek xushkayfiyat baxsh etdi.
28/11/2022