27/02/2026
Yoshlar bandligi — ustuvor vazifa va amaliy mas’uliyat
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlikka keng jalb etish borasidagi ustuvor vazifalarni yana bir bor aniq belgilab berdi.
Mazkur uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar, xususan, yoshlarni ish izlovchidan ish beruvchiga aylantirish, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori sifatida ta’kidlamoqchimanki, bugungi demografik o‘sish va mehnat bozoridagi raqobat sharoitida har bir talabani nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikma va aniq kasbiy kompetensiyalar bilan ta’minlash ustuvor vazifamizdir. Shu maqsadda institutimizda dual ta’lim elementlarini kengaytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda talabalarni amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalarga jalb etish ishlari izchil davom ettiriladi.
“Kelajak tadbirkori” va “Mening birinchi kasbim” dasturlari doirasida belgilangan vazifalar oliy ta’lim tizimi uchun muhim yo‘nalishdir. Xususan, bitiruvchilarni stajirovka asosida ishga tayyorlash, ularni dastlabki mehnat faoliyatida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish ta’lim sifati va bandlik ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Institutimizda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini ekspertiza qilish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq tizimli choralar ko‘riladi. Oliy ta’lim muassasasi sifatida biz faqat diplom beruvchi emas, balki hududiy iqtisodiyot uchun malakali kadrlar va yangi tashabbuslar manbai bo‘lishimiz zarur.
Yoshlarning jismoniy faolligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Talabalar o‘rtasida sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish orqali ularning har tomonlama rivojlanishiga sharoit yaratish davom ettiriladi.
Ko‘ksaroydagi muloqotda belgilangan vazifalar — aniq yo‘l xaritasi va amaliy dasturdir. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ushbu topshiriqlarni sifatli amalga oshirish, bitiruvchilar bandligini oshirish hamda yoshlarning intellektual va iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida izchil ish olib boradi.
Muhiddin Po‘latov,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori
31/01/2025
Partiya viloyat, tuman va shahar kengashlarining navbatdagi qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat, tuman va shahar Kengashlarining navbatdagi II Qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputatlar, partiya faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan Plenum kun tartibida bir nechta masalalar muhokama qilindi.
Dastlab, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamda Xalq deputatlari viloyat kengashidagi partiya deputatlik guruhining 2024-yil faoliyati yakunlari va 2025-yil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida partiya viloyat Kengashi raisi Akbar Axtamov ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman va shahar Kengashlari jamoatchi raislarining faoliyati qayta ko‘rib chiqildi hamda yangi saylangan nomzodlar bir ovozdan tasdiqlandi.
Partiya viloyat Kengashi hamda viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Partiya viloyat kengashining 2024-yil uchun umumlashtirilgan smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti esh*tildi. Qo‘shma Plenumda partiya faoliyatiga oid boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan muzokarada so‘zga chiqqanlar partiya faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning ish unumdorligini oshirish borasida qator taklif va tashabbuslarni o‘rtaga tashlashdi.
Yakunda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
04/06/2024
2024/2025 o'quv yili qabul jarayoniga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi
Bugun institut qabul komissiyasi mas'ullari ishtirokida 2024/2025 o'quv yili qabul jarayoni uchun olib borilgan tayyorgarlik muhokama etildi.
Yig'ilishda mas'ullarga yangi o'quv yilida kutilayotgan o'zgarishlar to'g'risida ma'lumotlar berilib, belgilangan vazifalarga jiddiy yondashish ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek institut qabul komissiyasi maslahat markazi hamda u yerda faoliyat ko'rsatayotgan "Call-center" faoliyati ko'zdan kechirildi.
04/04/2024
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 5 nafar iqtidorli talabasi Germaniyada talaba almashinuvi dasturi asosida 1 semestr mobaynida tahsil olishadi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Bank-moliya xizmatlari hamda Iqtisodiyot fakultetlarida tahsil oluvchi 5 nafar talabasi Germaniya Federativ Respublikasining Nordxauzen amaliy fanlar universitetida “Talaba almashinuvi shartnomasi”ga asosan 2023-2024-o‘quv yilining bahorgi semestrida akademik mobillik dasturi asosida tahsil olib qaytishadi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Po'latov safar oldidan talabalar bilan uchrashib, tahsil olish davrini muvafaqqiyatli yakunlab kelishlari uchun tavsiyalar berdilar. Talabalarning maqsadlari va o'qish davridagi rejalari tinglandi. Mas'ullarga talabalarning o'qish davrida muntazam aloqada bo'lib turishlari ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun: Nordxauzen amaliy fanlar universiteti (nem. Hochschule Nordhausen) Germaniyaning Turingiya shtatining Nordxauzen shahrida joylashgan. 1997-yilda Germaniya qayta birlashgandan so'ng tashkil etilgan, 2022 yil holatiga ko'ra Nordxauzen universitetida 2035 nafar talaba tahsil oladi va ularga 50 nafar yuqori malakali professorlar dars berib kelishadi.
01/03/2024
Vatanga sadoqat bilan xizmat qiluvchi, har qanday holatda yurt himoyasiga shay, dovyurak yigit-qizlarni tarbiyalash har bir o'quv dargohining vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand shahridagi 75061-sonli harbiy qism hamkorligida "To'maris izdoshlari" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Jami 3 ta sondan iborat bo'lga ushbu tadbirda institutimiz talaba-qizlari 3 ta turli hududlarda harbiy kiyimlarda va harbiy muhitda vatanparvarlik ruhi, askarlik sharafi kabi muqaddas tuyg‘ularni his etishdi.
Ushbu turdagi tadbir va loyihalar talabalarimizni vatanga, xalqimizga va milliy armiyamizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashi, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishiga ishonamiz
13/11/2023
Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi
Bugun Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumiga start beriladi. Ayni paytda Turkiya delegatsiyalari kutib olinib mehmonxonalarga joylashtirilmoqda.
19/10/2023
🔥🔥🔥
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Oliy ta'lim muassasalarining 2022-yildagi faoliyati bo'yicha milliy reytingda 7-o'rinni, ijtimoiy-gumanitar soha bo'yicha Respublikada 2-o'rinni egalladi!
Ushbu yutuq bilan barcha professor-o'qituvchilar hamda xodimlarni tabriklaymiz!
04/09/2023
⚡️ Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yangi o'quv yili tantanali tarzda boshlandi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar, OAV vakillari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich ochib berdi. Rektor so'zi davomida barchani mustaqilligimizning 32 yilligi bilan yana bir bor qutlab, birinchi bosqich talabalarini muvaffaqiyat bilan tabrikladi hamda ularning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi.
Shuningdek test sinovlarida yuqori ballni qo'lga kiritib, Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o'qishga tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi. Tadbir so'ngida harbiy orkestr hamda sanʼatkorlar tomonidan sho'x va vatan haqidagi kuy-navolar ijro etildi va tadbir ko'tarinki ruhda yakunlandi.
29/07/2023
⚡️Yoshlarimiz muammolariga hech birimiz befarq emasmiz!
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Po’latov Samarqand shahridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi navbatdagi yoshlar bilan uchrashdi.
⚡️Bu galgi uchrashuv davomida institut rektori tomonidan Ablyazizova Gayde Dilyaverovnaga mini pech sovg'a qilindi.
⚡️Muhiddin Egamberdiyevich Ablyazizova Gaydega pazandachilik sirlarini yanada mukammal o'zlashtirishi lozimligini ta'kidlab, doimiy tarzda unga ko’maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.
👍 SamISI Matbuot xizmati
✅Telegram|💬Facebook|📸Instagram|🌍 Sies.uz