Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

📚 “SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBЕKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDЕVORI” SHIORI OSTIDA BЕSHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUM...
18/08/2026

📚 “SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBЕKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDЕVORI” SHIORI OSTIDA BЕSHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI SHO‘BA YIG‘ILISHLARI BO‘LIB O‘TDI

Samarqand shahridagi 81-umumta’lim maktabida V Ustozlar milliy forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida ishtirokchilar 9 ta sho‘ba yo‘nalishida seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

💡 Shuningdek, forum doirasida ishtirokchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, bilim va zukkolik sinovdan o‘tkazildi.

🏆 Bugun forumning so‘nggi kunida faol ishtirokchilarga sertifikatlar berildi. “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari ham munosib taqdirlanib, ular qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🎁 Faol ishtirok etgan xodimlar va “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblariga sovg‘alarni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev topshirdi.

🎯 Nufuzli ta’lim anjumani yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirishni maqsad qilgan.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

  🔴 Ayni vaqtda “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” Respublika tanlovining  2-bosqich — test sinovlari davom etmoqda.Tes...
18/08/2026




🔴 Ayni vaqtda “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” Respublika tanlovining 2-bosqich — test sinovlari davom etmoqda.

Test jarayonlarida jarayonlarida 16 ta tuman va shahardan saralangan 3 nafardan ishtirokchilar ishtirok etmoqda.

📝 Ishtirokchilarga 40 ta test savoli uchun 60 daqiqa vaqt berilgan.

🇺🇿 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida milliy o‘zlik, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash.

17/08/2026




🇺🇿 SAMARQANDDA V “USTOZLAR MILLIY FORUMI”GA START BERILDI

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

Yangi xodim jamoaga tanishtirildiViloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yo‘ldoshev boshchili...
17/08/2026

Yangi xodim jamoaga tanishtirildi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yo‘ldoshev boshchiligida apparat xodimlari ishtirokida navbatdagi muhokama o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri buyrug‘iga asosan, Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan xodim Saidvaliyev Diyor Saidvaliyevich jamoaga tanishtirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda yangi lavozimda ish boshlagan Saidvaliyev Diyor Saidvaliyevichga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

🏆 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI SAMARQAND FILIALI — 100% NATIJA!🎓 19 nafar bitiruvchi — 19 t...
17/08/2026

🏆 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI SAMARQAND FILIALI — 100% NATIJA!

🎓 19 nafar bitiruvchi — 19 ta talaba!

✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialining 2026-yilgi 19 nafar bitiruvchisining barchasi oliy ta’lim muassasalariga 100% natija bilan qabul qilindi! 🇺🇿

🎉 Eng quvonarlisi — bitiruvchilarimizning 14 nafari GRANT asosida talaba bo‘ldi!

📊 Natijalarimiz:
🔹 19 nafar bitiruvchi
🔹 19 nafari — OTM talabasi
🔹 14 nafari — GRANT 🎓
🔹 5 nafari — KONTRAKT
🔹 Grant natijasi — 74% 🔥
🔹 3 nafar bitiruvchimiz — xorijiy oliy ta’lim muassasalariga grant asosida! 🌎

Bu — shunchaki natija emas.
Bu — MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABI TA’LIM SIFATINING YANA BIR YUKSAK KO‘RSATKICHI!

🚀 Bugun 19 nafar bitiruvchimiz yangi marralar sari yo‘l oldi. Ertaga esa ular yurtimiz va dunyo taraqqiyotiga xizmat qiladigan kuchli mutaxassislar bo‘lib yetishishiga ishonamiz!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali — kelajak sari ishonchli qadam!

📚 SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI🇺🇿 Samarqand viloyatida “Sifatli ta’lim – Yangi ...
17/08/2026

📚 SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI

🇺🇿 Samarqand viloyatida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlari davom etmoqda.

🔹 Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzaev forumning sho‘ba yig‘ilishlariga kirib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

💡 Sho‘ba yig‘ilishlarida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🤝 Forum — ustozlar uchun tajriba almashish, yangi g‘oyalar va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini muhokama qilish uchun muhim professional maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

🇺🇿 SAMARQANDDA V “USTOZLAR MILLIY FORUMI”GA START BERILDI🌐 Bugun Samarqand shahrida“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston t...
17/08/2026

🇺🇿 SAMARQANDDA V “USTOZLAR MILLIY FORUMI”GA START BERILDI

🌐 Bugun Samarqand shahrida“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan V “Ustozlar milliy forumi”ning viloyat bosqichi o‘z ishini boshladi.

📍 Forumning ochilish marosimi Samarqand shahridagi 81-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda forum ishtirokchilari 9 ta sho‘ba bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

🎯 Mazkur nufuzli ta’lim anjumani yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ustozlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan.

💡 Forum doirasida ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilmoqda.

📚 “Ustoz — millat kelajagini tarbiyalaydi!”

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

“Ilk qadam” dasturining uchinchi nashri bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildiToyloq tumani “Bog‘izag‘on” MFY hududida joylas...
14/08/2026

“Ilk qadam” dasturining uchinchi nashri bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

Toyloq tumani “Bog‘izag‘on” MFY hududida joylashgan YaTT Sattorova Gulfira Asad qiziga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) hamda oilaviy asosdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining uchinchi nashrida kiritilgan yangiliklar va o‘zgarishlar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish, bolalarning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda dastur talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda pedagoglarning kasbiy faoliyatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.

Seminar yakunida “Ilk qadam” dasturining mazmun-mohiyatini amaliy faoliyatga to‘g‘ri va samarali tatbiq etish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

✅TAYINLOVMaktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Yuldashev Rustam Daniyorovich  Samarqand vi...
14/08/2026

✅TAYINLOV

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Yuldashev Rustam Daniyorovich Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Falsafa fanlari doktori (DSc) Yuldashev Rustam Daniyorovich mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Yangi lavozimida Yuldashev Rustam Daniyorovichga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

11/08/2026

Address

Samarqand Shahri, Hasan Obiddinov Ko'chasi, 7 Uy

140100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998662388802

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi:

Shortcuts

Share

Category