19/09/2026
🌱 PLASTIKLARDAN XOLI OY - TOZA DALA SARI!
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Plastiklardan xoli oy” va “Toza dala” chellenji doirasida plastik chiqindilarni dalalarda qoldirmaslik, yoqmaslik va tartibsiz ko‘mib yubormaslik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
♻️ Institut Axborot-maslahat markaziga qarashli yerlarning yo‘l chetlariga 4 ta maxsus uy o‘rnatildi. Ularda polietilen paketlar, sug‘orish lentalari, mulcha plyonkalari, o‘g‘it qoplari, plastik butilkalar hamda kimyoviy vositalar idishlari yig‘iladi.
Yig‘ilgan plastik chiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinadi yoki qayta ishlashga yuboriladi.
🌍 Toza dala — toza tuproq, toza suv va sog‘lom kelajak!
♻️ Plastikni dalada qoldirmaylik — yig‘aylik, saralaylik va qayta ishlashga topshiraylik!