Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi

Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi

Share

Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyining rasmiy sahifasi

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 11/02/2025

📌 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4910-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2021-yil 12-maydagi “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini joriy etish to’g’risidagi 224-sonli buyrug’iga asosan akademik litseyimizda 2024-2025-o’quv yilining 1-semestr yakunlari bo’yicha 10 nafar iqtidorli o'quvchilar taqdirlandi.

08/02/2025

"Alisher Navoiy – millat quyoshi"
Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Dilfuza Rahmatova.

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 14/01/2025

📌 Bugun Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyida "Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 23/11/2024

📌 Akademik litseyimizda Zakovat bilimlar bellashuvining "Kuzgi mavsum" final o'yini bo'lib o'tdi. Unda Maroqand jamoasi 3-o'rin, Ilmiy cho'qqi jamoasi 2-o'rin, Ladies jamoasi faxrli 1-o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 30/09/2024

Ustozdan boshlanur asl tafakkur!

1-Oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan akademik litseyimizda “Ustozdan boshlanur asl tafakkur” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Bu yilgi ustoz va murabbiylar kuni akademik litseyimiz uchun o’zgacha kasb etdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug’i bilan matematika fani o’qituvchisi Aliqulov Yusuf Pardayevich “O’rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu qatorida akademik litseyimizda faoliyat olib borayotgan barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 04/09/2024

Bugun 4-sentabrdan umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda yangi o’quv yili boshlandi.
Shu qatorida SamDU akademik litseyida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan
“BIR BO‘LSAK-YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK-VATANMIZ!”
mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan yangi 2024-2025-o’quv yili boshlandi.
Tadbirda akademik litseyimiz direktori Umarov Azamat Mardonovich hamda Samarqand shahar “Istiqbol” mahallasi raisi O‘ktam Xo‘jayevlar so’zga chiqib o’quvchilarimizga yangi o’quv yili davomida omad va zafarlar tilashdi.

11/07/2024

Hurmatli Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyiga hujjat topshirgan 9-sinf bitiruvchilari!
❗️Akademik litseylarga kirish imtihoniga qanday tayyorgarlik ko'rishni bilmayapsizmi?
Unda akademik litseyimizda tashkil etilayotgan konsultatsiyalarda ishtirok eting va kirish imtihoniga biz bilan tayyorgarlik ko'ring.

13/05/2024

"Ochiq eshiklar kuni" o'quvchilarimiz nigohida.

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 13/05/2024

Avval xabar berganimizdek Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida joriy yilning 11-may kuni umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi. Ochiq eshiklar kuniga viloyatimiz hamda qo'shni viloyatlardan ikki mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Akademik litseyimizga tashrif buyurgan ota-onalar, o'quvchilar hamda ularning ustozlari akademik litsey haqida ma’lumotlar olishdi. Shuningdek “Ochiq eshiklar kuni”ga rejalashtirilgan “SamDU olimpiadasi” ham o’tkazilib unda tashrif buyurgan o’quvchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazish imkoniyatiga ham ega bo’lishdi.

Photos from Samarqand Davlat Universiteti akademik litseyi's post 24/04/2024

📌 26 nafar bitiruvchi kurs oʻquvchilarimiz muddatdan oldin talaba boʻlishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil, 28-dekabrdagi PQ-4553-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 762-sonli qaroriga muofiq tashkil etilgan Japan digital university va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi boʻyicha bitiruvchi kurs oʻquvchilarimizdan o‘tkazilgan test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan 26 nafar bitiruvchi kurs oʻquvchilarimiz ushbu universitet talabalari safiga qabul qilindi. Shuningdek oʻquvchilarimiz 3 milliondan 7 million soʻmgacha boʻlgan pullik vaucher sertifikatlarini ham qoʻlga kiritishdi.

10/04/2024
Want your school to be the top-listed School/college in Samarkand?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Samarqand Shahri, Rudakiy Ko'chasi, 237-uy
Samarkand

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 18:00