27/01/2024
Bugun “Intellektual haftalik” doirasida universitetimiz professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “REKTOR KUBOGI” uchun “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor F.P.Rajabova ochib berdi.
1.“Perfekt” Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari
2. “Intellekt” Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari
3. “Progress” Iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari
4. “Eksklyuziv” Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari
5. “Innovatsiya” Terma jamoalaridan iborat bo‘ldi.
Musobaqa qizg‘in tus oldi, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar munosib taqdirlandilar, oliy o‘rin “Eksklyuziv” jamoasiga nasib etdi va “Rektor kubogi” topshirildi.
✍️ XIU. Axborot xizmati
26/01/2024
⚡️✨
☃️Ayni damda Xalqaro innovatsion universitetidagi atmosfera.
25/01/2024
Bugun xotin-qizlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sportning voleyboll turi bo‘yicha xotin-qiz professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan terma jamoalar o‘zaro bellashdilar. Musobaqada Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi terma jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.
19/01/2024
🏛Xalqaro Innovatsion Unversitet
Bugun universitetimizning “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” yo'nalishi 023-02-guruh talabalariga “Adabiyotshunoslikka kirish” fanidan "Анализ эпического произведения " mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasi o‘qituvchisi Ergasheva Gulyora dars davomida krossvord, aqlni charxlaydigan savollar, mavzuga oid videolavhalar va slaydlardan foydalanib, dars sifatini oshirdi va samaradorlikka erishdi.
✍️ XIU. Axborot xizmati
18/01/2024
⚡️ Xalqaro Innovatsion Universitetning Raqamli Texnologiyalar Markazi Muhandis-dasturchisi Jumanazarov Baxram Mengqobil O'g'li muallifligida OAK tan olgan 9.6 impakt faktorga ega Amerika jurnalida "Requirements for a modern pedagogue" mavzusidagi ilmiy maqolasi eʼlon qilindi.
10/12/2023
Joriy yilning 7-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi qabul qilinganliging 31 yilligiga bag`ishlanib Xalqaro Innovatsion Universiteti tomonidan ko`rgazmali namoyish tashkil qilindi. Ko`rgazmada yangi O`zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi kitoblari va shu bilan bir qatorda talaba yoshlarning qo`l mehnati orqali yasalgan bukletlar, kitoblar, rassomchilik namunalarini ko`rishingiz mumkin.
✍️ XIU. Axborat xizmati
✅ XIU_EDU
🌐INSTAGRAM
06/12/2023
Joriy yilning 6-dekabr kunida "Baxtu Kamolimiz Senda Mujassam, Konstitutsiya" tanlovining Qashqadaryodagi BARCHA (davlat va nodavlat) oliy ta'lim muassasasi talabalari o'rtasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, Xalqaro Innovatsion Universitet jamoasi ushbu VILOYAT bosqichida faxrli 1-O'rinni egalladi!
🥇-o'rin: Xalqaro Innovatsion Universiteti
🥈-o'rin: Qarshi Davlat Universiteti
🥉-o'rin: Toshkent Axborot Texnologiyalari Qarshi filiali
13/11/2023
💎Joriy yilning 13-noyabr kuni Xalqaro Innovatsion Universitetida milliy qadriyatlarimizni talaba yoshlarga yanada eslatish maqsadida «Milliy qadriyatlarning eng faol targ'ibotchisi» tanlovi ko’tarinki kayfiyatda keng o’tkazildi.
✔️Dastlab tadbirni yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i O’.T.Maxmudov ochib berdi va shu bilan bir qatorda talabalarga milliy qadriyatlarimiz haqida bir qancha ko’nikma va maslahatlar berib o’tdi.
🔰Tanlovda universitetimiz talabalaridan iborat to'rtta jamoalar bellashishdi:
1.O'zbegim
2.Barchinoylar
3.Milliy art
4.O'zligim O'zbekligim.
⚜️Talabalarimiz milliyligimiz ramzi bo’lgan atlas va adras matolardan tayyorlagan o’zlarining qo’l mehnatlari mahsulini hakam hayati a'zolari va tomoshabinlarga taqdim etishdi.
Tadbir so'ngida talabalar estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar
🏛 Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram | 🔸Instagram | 🔹Web sayt | 🔸Youtube
10/11/2023
🏢Xalqaro Innovatsion Universiteti ta’sischisi Q.A.Mamataliyev va universitetimiz rektori U.D.Ortiqov tashabbusi bilan «Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining» Qashqadaryo filialida davolanayotgan bemorlarga mehir va ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida tashrif buyurishdi.
🔰Dastlab tadbirni Xalqaro Innovatsion Universiteti yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i U.T.Maxmudov va yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.T.Safarov ko’tarinki kayfiyat bilan ochib berdi va shu bilan bir qatorda bemorlarga hayotga bo’lgan qiziqishini ya’nada oshirdi.
✔️Universitetimiz iqtidorli talabalaridan tashkil topgan «Katta Bollar» jamoasining chiqishlari va shu bilan bir qatorda kuy, qo’shiq va raqslar tadbirga o’zgacha kayfiyat ulashdi.
«X.I.U» axborot xizmati✍🏻
🎓 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🔹Telegram | 🔸Instagram | 🔹Web sayt
02/11/2023
Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli
islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash,
yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan,
zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan har
tomondan sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini
izchil amalga oshirish hamda talaba-yoshlarni teatr san'atiga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 2-noyabr sanasida
Xalqaro Innovatsion Universiteti talabalari Viloyat Drama teatrga olib borildi.
Unda universitetining mas'ul hodimlari, guruh murabbiylari va 300 dan ortiq talabalari spektaklni qiziqish bilan tomosha qilishdi.