Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining rasmiy kanali 2023-yil 18-yanvardan qayta tashkil etildi

Bank xodimi ishtirokida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildiJoriy yilning 10-aprel kuni Qashqadaryo viloyati yuridik t...
11/04/2023

Bank xodimi ishtirokida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi

Joriy yilning 10-aprel kuni Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchi-yoshlari uchun "Fuqarolik huquqi" fani oyligi doirasida "Asia Alliance Bank" Qarshi filialining bo'lim boshlig'i Nazarov Elbek tomonidan "Qarz, kredit va bank omonati shartnomasi" mavzusida amaliy dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Dars davomida ma'ruzachi tomonidan kredit turlari, ularning foizlari va xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi. Yuzaga kelgan muammolar va ularni hal etish masalasida suhbatlar o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari bilan Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo'yicha advokat  U.Eshqobilov t...
11/04/2023

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari bilan Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo'yicha advokat U.Eshqobilov tomonidan “Sud protsesslarida advokat ishtiroki” mavzusida kouching oʻtkazildi.

Dars davomida mutaxassis tomonidan o'quvchilar bilan mavzu yuzasidan nazariy-huquqiy bilimlarni qo'llash amaliyoti bilan bog'lab mashg'ulot oʻtkazildi.

O'quvchilar mavzuga oid va amaliy ko'nikmalarni mustahkamlashga doir savollarga javoblar olishdi.

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida o'zbek adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi mun...
11/04/2023

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida o'zbek adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati "O'zbek romanchiligining asoschisi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda texnikumning o'quv metodik bo'limi boshlig'i D.Ahmedova, texnikum o'qituvchisi N.Boynazarova hamda S.Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Jo'rayeva yig'ilganlarga "Sabr matonat va mustahkam iroda sohibi" mavzusida o'zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri ulkan iste'dod egasi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi, uning ijodiy merosi haqida ma'ruza qildi.

Shuningdek, texnikumning iqtidorli o'quvchi-yoshlari tomonidan Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari hamda o'zlarining adabiy-badiiy chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi.

Bugungi k***a mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar yanada...
11/04/2023

Bugungi k***a mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar yanada takomillashtirilmoqda. Sudyalarning adolat va qonunning haqiqiy himoyachilari bo'lishiga erishish zarur va shartligi qonun doirasida mustahkamlanmoqda.

Joriy yilning 7-aprel kuni Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o’quvchilari nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida viloyat jinoyat sudining ochiq sud majlisida ishtirok etishdi.

10/04/2023

10/04/2023

"Qashqadaryo axboroti"

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan hamda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamkorligidagi "Konstitutsiya - kelajagimiz kafolati" mavzusidagi huquqiy aksiya "QashqadaryoMTRK" orqali efirga uzatildi.

10/04/2023

"Xabarlar informatsion dasturi"

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan hamda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamkorligidagi "Konstitutsiya - kelajagimiz kafolati" mavzusidagi huquqiy aksiya "NasafTV" orqali efirga uzatildi.

Avval xabar berganimizdek, QMII akademik litseyi va Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari o'rtasida "ZAKOV...
10/04/2023

Avval xabar berganimizdek, QMII akademik litseyi va Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari o'rtasida "ZAKOVAT" intellektual o'yini o'tkazilgan edi.

QMII akademik litseyi rahbariyati tomonidan "ZAKOVAT" intellektual bilimlar bellashuvining mart oyi final bosqichida "Oyning eng yaxshi zakovatchi guruhi" nominatasiyasi bilan Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining "Uzbek power" jamoasi faxrli 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ofarin, bardavom boʻlsin!

Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga m...
10/04/2023

Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus professional taʼlimdagi yoʻnalishlar, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha malaka darajasi koʻrsatilgan holda, oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Yuridik texnikumni tamomlagan oʻquvchi respublika miqyosida malaka talablariga binoan oʻrta maxsus yuridik maʼlumot zarurati mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy tuzilmalari,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari,

notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari va shu kabi qator idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida vakant lavozimlarga ishga kirish boʻyicha tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etish mumkin.

Talaba-o‘quvchilar ligasi bahorgi mavsumining 1-turidan keyingi reyting jadvaliLigada Qashqadaryo viloyati yuridik texni...
10/04/2023

Talaba-o‘quvchilar ligasi bahorgi mavsumining 1-turidan keyingi reyting jadvali

Ligada Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilaridan iborat "UZBEK POWER" jamoasi ham faol ishtirok etib kelishmoqda.

Address

Қашқадарё вилояти
Qarshi
180100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category