ODTI Olmaliq davlat texnika instituti

ODTI Olmaliq davlat texnika instituti

Share

Tel: +998559021772
E-mail: [email protected]

Photos from ODTI Olmaliq davlat texnika instituti's post 18/06/2026



TARIXIY O‘YIN, SO‘NMAS ISHONCH!

Bugun AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk mundial uchrashuvini o‘tkazdi.

🏆 Mexiko shahridagi afsonaviy “Atsteka” stadionida kechgan bahsda vakillarimiz Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra hisob 3:1 ko‘rinishida raqiblar foydasiga hal bo‘ldi.

📍 Ammo bu tong natijadan ham muhimroq voqea yuz berdi — O‘zbekiston futboli tarixiga oltin harflar bilan bitiladigan lahza qayd etildi. Terma jamoamizning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Uning bosh bilan kiritgan goli millionlab yurtdoshlarimiz qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.

⚡️ Ushbu tarixiy uchrashuv respublikamiz bo‘ylab katta qiziqish bilan kuzatildi. Xususan, Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi ham futbol bayramidan chetda qolmadi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar Energetika va mashinasozlik fakultetida hamda Olmaliq shahrining markaziy sport o‘yingohida jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashdi.

⭐️ Bugun natija biz kutgandek bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo Jahon chempionatidagi ilk qadamlar doimo tarix bo‘lib qoladi. Oldinda esa yanada qizg‘in, murosasiz va hal qiluvchi ikki uchrashuv kutib turibdi.

🇺🇿 ODTI jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ishonadi!
🐺 Oq bo‘rilar, sizlar bilan faxrlanamiz!
⚽️ Kurash davom etadi, g‘alabalar hali oldinda!

Photos from ODTI Olmaliq davlat texnika instituti's post 15/06/2026
12/06/2026



Olg‘a O‘zbekiston! ODTI yoshlari sizlar bilan!

⏰ Olmaliq davlat texnika instituti talabalari Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi!

Biz sizga ishonamiz!
🇺🇿 Olg‘a O‘ZBEKISTON

11/06/2026
11/06/2026



🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

🏆 Olmaliq davlat texnika instituti talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatida chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi hamda futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaydi.

⚡️ Olg‘a, OQ BO‘RILAR, Olg‘a O‘zbekiston!

Photos from ODTI Olmaliq davlat texnika instituti's post 09/06/2026



XALQARO HAMKORLIKDA YANGI BOSQICH: ODTI VA TURKIYANING NUFUZLI UNIVERSITETI O‘RTASIDA ISTIQBOLLI MULOQOT

🔻 Olmaliq davlat texnika institutida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇹🇷 Institutga Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kütahya Dumlupınar University delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur universitet bugungi k***a 50 mingdan ortiq talabaga ta’lim berayotgan, Yevropa Universitetlari Assotsiatsiyasi a’zosi hamda Erasmus+, Mevlana kabi xalqaro dasturlarda faol ishtirok etayotgan yirik ilmiy-ta’lim markazi hisoblanadi.

Delegatsiya tarkibidan:
➡️Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori o‘rinbosari Dars. Vehbi Onur Demirciler;
➡️ Universitet prorektori, professor doktor Mustafo Arid O‘zgur;
➡️ Ta’lim fakulteti dekani Metin Demir;
➡️ Muhandislik fakulteti dekani, professor doktor Cengiz Karaguzel o‘rin oldi.

✅ Uchrashuv avvalida tomonlar o‘z oliy ta’lim muassasalari faoliyati, ilmiy salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik tajribalari haqida batafsil ma’lumot almashdilar.

🎙 Muloqot davomida kelajakdagi strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, zamonaviy sanoat tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya qilish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, xalqaro grant loyihalarida hamkorlik qilish hamda zamonaviy ilmiy laboratoriyalarni birgalikda tashkil etish masalalari yuzasidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

🔖 Mazkur uchrashuv Olmaliq davlat texnika instituti Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi hamda ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy, akademik va innovatsion hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

🔺 Ilm-fan chegaralarni tan olmaydi. ODTI bugun xalqaro hamkorlik orqali ertangi kun sanoati va texnologiyalarini yaratishga xizmat qiladigan yangi g‘oyalar, yangi loyihalar va yangi imkoniyatlar sari dadil odimlamoqda.

Photos from ODTI Olmaliq davlat texnika instituti's post 09/06/2026



YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIADASI: G‘ALABALAR SARI ILK QADAM

🔻 Mamlakatimiz talaba-yoshlari uchun muhim sport bayrami — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning respublika bosqichi ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

🔺 Mazkur nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimida respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida Olmaliq davlat texnika instituti rahbariyati ham faol ishtirok etdi. Bu esa institutimizda sport, sog‘lom turmush tarzi va yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

⭐️ Alohida faxr bilan ta’kidlash joizki, olimpiadaning respublika bosqichida Olmaliq davlat texnika instituti talabasi Abdullayev Dadanazar sportning suzish turi bo‘yicha nafaqat institutimiz, balki butun Toshkent viloyati sharafini himoya qiladi.

✔️ Yosh sportchimizning qat’iyati, intilishi va yuksak mahorati unga ushbu mas’uliyatli bosqichda ishtirok etish imkonini berdi. Ishonamizki, u musobaqalarda munosib ishtirok etib, ODTI hamda Toshkent viloyati nomini yana-da yuksaklarga ko‘taradi.

✨ Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi Abdullayev Dadanazarga ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaydi!

08/06/2026



Bu shunchaki festival emas!

Bu — yoshlik energiyasi.
Bu — unutilmas emotsiyalar.
Bu — yangi imkoniyatlar sari dadil qadam.

🎓 🎓 Talaba Fest maydonida Olmaliq davlat texnika instituti talabalari o‘zlarining faolligi, shijoati va yuksak kayfiyati bilan festivalga alohida ruh bag‘ishladilar.

🚀 ODTI yoshlari — harakatda, taraqqiyotda va doimo oldinda!

06/06/2026

KELAJAGINGIZNI QAYERDAN BOSHLASHNI BILMAYAPSIZMI?📣

🔄 2026-2027–o‘quv yilidan Olmaliq davlat texnika instituti talabasi bo‘lishga shoshiling!✅

❗️Olmaliq davlat texnika institutida qanday ta'lim shakllari va ta'lim yo‘nalishlari mavjud?
▶️ Kunduzgi;
▶️ Kechki;
▶️ Dual;

📄 Ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati⬇️

🔺Metallurgiya muhandisligi
🔺 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
🔺Konchilik ishi
🔺Konchilik elektr mexanikasi
🔺Elektr muhandisligi
🔺 Iqtisodiyot
🔺 Menejment
🔺 Buxgalteriya hisobi
🔺 Ekologiya va atrof muhit muhandisligi
🔺 Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔺 Kompyuter injeneringi(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
🔺 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
🔺 Gazni chuqur va qayta ishlash texnologiyasi
🔺 Arxitektura (turlari bo‘yicha)
🔺 Qurilish muhandisligi
🔺 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
🔺Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
🔺Atrof-muhit muhandisligi
🔺Kimyo muhandisligi
🔺Mexanika muhandisligi
🔺Texnologik mashina va jihozlar
🔺Metallar texnologiyasi
🔺Energetika muhandisligi
📞 Telefon:
+998773527000
+998882345256

📍 Joylashuv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇
✅ Telegram I ✅ Facebook I
🔹 Instagram I 🔹You tube I
🌍 odti.uz

Want your school to be the top-listed School/college in Olmaliq?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


M. Ulug'bek 45
Olmaliq
110100

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 14:00