03/04/2025
"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025"
♻️Navbahor tuman Makabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025" kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
♻️Tadbirda bo‘lim boshlig‘i N.Amonova so‘zga chiqib, maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida to‘xtalib, mazkur tanlov ham tizimdagi eng yaxshi tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
♦️Tanlovning 21 nafar ishtirokchisi 3-shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishmoqda.
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati