30/08/2022
Sayyor malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda
30 августа 2022
Joriy yilning 30-avgust kuni Navoiy viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi professor-oʻqituvchilari tomonidan navbatdagi sayyor o‘quv mashg‘ulotlari Karmana tumani 1-umumta'lim maktabi pedagoglari bilan tashkil etildi.
Ushbu oʻquv-mashg'ulotlarda "Milliy o‘quv dasturi va yangi avlod darsliklarini zamonaviy metodlar asosida o‘qitish. O‘qitishning zamonaviy metodlari qiyosiy tahlili", "Sinfni boshqarish. O‘quvchilar bilan ijobiy munosabat o‘rnatish", "Darslarni rejalashtirish. Dars maqsadlarini to‘g‘ri belgilash. Darsda mashq va topshiriqlar ketma-ketligi", "O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda zamonaviy yondashuvlar. Baholash topshiriqlarini yaratish va ular uchun mezonlar ishlab chiqish", "O‘z kasbiy mahoratini doimiy oshirib borishda zamonaviy yondashuvlar" mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.