Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Share

Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining Axborot xizmati

08/12/2025



✨ Assalomu alaykum aziz vatandoshlar barchangizni bugungi Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi bayrami munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Mustaqilligimizning tayanchi va kelajagimiz ishonchi boʻlgan Konstitutsiyamiz abadiy mustahkam boʻlsin.

✍ Bayram yana bir bor muborak boʻlsin hurmat bilan Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 02/12/2025




✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-noyabrdagi F-60-son farmoyishining 1-ilovasi 48-bandida "Barkamol avlod" bolalar maktablarida "Konstitutsiya o'quvchilar nigohida" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko'rgazmalarini tashkil etish, ta'lim tashkilotlarini bayroq va sharlar, shuningdek o'quvchilar yasagan o'yinchoqlar, ramzlar bilan bezatish vazifalari belgilangan.

✅ Shu munosabat bilan Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi kirish zali va faollar zalida "Konstitutsiya burchaklari" tashkil etilib bayramona tarzda bezatildi. Ushbu burchaklarda barcha o'quvchi-yoshlar va maktabga tashrif buyurgan fuqarolar ota-onalar konstitutsiyaga doir ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin bo'ladi.

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 02/12/2025

📖 "Konstitutsiya o'quvchilar nigohida"mavzusida rasmlar ko'rik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi!

🇺🇿Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida" 2025- yil 21- noyabrdagi F-60- son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida "Konstitutsiya o'quvchilar nigohida" ko'rik- tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

✍Rasmlar ko'rik tanlovini tashkil etishdan ko'zlangan maqsad: o'quvchi yoshlarni Konstitutsiyamiz haqidagi dunyoqarashi va fikrlashlarini yanada kengaytirish hamda konstitutsiyamizga bo'lgan hurmat va e'tiborlarini yanada oshirishdan iborat

✅ Tanlov yakunida g'olib bo'lgan o'quvchilar esdalik sovg'alari va diplom bilan taqdirlandilar va tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 17/11/2025

🇺🇿 HILPIRAYVER — BAYROGʻIM!

🇺🇿Har bir davlatning oʻz ramzlari — gerbi, madhiyasi va albatta tasdiqlangan bayrogʻi boʻladi. Ayni kunlarda bizning mustaqil Oʻzbekistonimizdaham faxrimiz va gʻururimiz boʻlmish davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan katta bayram tadbirlar va kechalar tashkillab kelinmoqda.

✔️18-noyabr "O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan "Hilpirayver bayrogʻim!" shiori ostida 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkillangan bayram tadbirda "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Kvilling" to'garak a'zolari ishtirok etib turli musiqali chiqishlari va yurtimiz bayrog'i va vatanni madh etuvchi kuy qoʻshiqlar asosida oʻz vatanlariga boʻlgan hurmat va iftixorni ifoda etdilar.

😀Ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad — to'garak a'zolari bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlariga ko'maklashish hamda ona Vatan ramzlariga bo'lgan hurmat va e'tiborni yanada kuchaytirishdan iboratdir.

✨Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi barchangizni bayram bilan qutlaydi!

😀Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 10/11/2025

📣 Maktablarda targʻibot ishlari davom etmoqda...

To'garaklarni keng ommaga tanitish, o'quvchilarni to'garaklarga qiziqishlarini oshirish va to'garaklar qamrovini yanada oshirishda targ'ibotlar katta ro'l o'ynaydi.

Bugun, Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining Oʻquv va tashkiliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari U.Narimanov hamda uslubiy boʻlim uslubchisi Z.Qayumova tomonidan tumanda joylashgan 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida targʻibot ishlari amalga oshirildi. Targ'ibot davomida "Texnika, konstruktorlik va modellashtirish" yo'nalishi to'garaklari faoliyati bo'yicha o'quvchilarga ma'lumotlar berildi.

📝Targ'ibotda maktab o'quvchilari bilan to'garaklarda yaratilgan sharoitlar bo'yicha suxbat o'tkazildi, ularga to'garaklarning tarqatma materiallari va taklifnomalari topshirildi.

✍️ Eslatib o'tamiz, targ'ibot ishlaridan asosiy maqsad:
Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, maktablarda tarmoq to'garaklar tashkil etish, o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etishdan iborat.

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 07/11/2025

🗺 VIRTUAL SAYOHATLAR DAVOM ETADI...

🏢 Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida tasdiqlangan kuzgi taʼtil tadbirlar rejasiga asosan to'garak a'zolari uchun "Malayziya davlati" ga virtual sayohat tashkil etildi.

👉 Virtual sayohat davomida maktabning Ommaviy tadbirlar tashkilotchisi M.Mirzaxalova tomonidan oʻquvchilarga virtual sayohat haqida tushunchalar berib oʻtildi. Dunyoning eng goʻzal mamlakatlardan biri boʻlgan Malayziya davlatining tabiati va shaharlari toʻgʻrisida videoroliklar namoyish etildi. O'quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🌐 Virtual sayohat tashkil etishdan ko'zlangan maqsad: Ta'til davrida o'quvchi-yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni dunyo davlatlari bilan tanishtirishdan iborat.

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 06/11/2025

♟ Shaxmat -shashka boʻyicha toʻgarak aʼzolari oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

🧩 Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida tasdiqlangan kuzgi tadbirlar rejasiga asosan sportning shaxmat-shashka yoʻnalishi boʻyicha 27-,49-,51-umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan tarmoq toʻgaragi aʼzolari oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi.

⚡️ Musobaqa davomida qizgʻin bahslar, hayajonli lahzalar va zukkolik ila amalga oshirilgan yurishlar tadbirga alohida ruh bag‘ishladi. Oʻquvchilar nafaqat bilimlarini, balki aql-idrok, mantiqiy tafakkurlarini ham namoyon qilishdi.

✍ Musobaqa tashkil etishdan maqsad: Ta'til davrida oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oʻquvchilar orasida doʻstona muhit yaratish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va sportga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat.

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 05/11/2025

🏆 "Zakovat" intellektual oʻyini o'tkazildi.

📕 Bugun Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida tasdiqlangan kuzgi taʼtil tadbirlar rejasiga asosan "Ingliz tili" to'garak a'zolari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini o'tkazildi.

📝 Zakovat intellektual oʻyinida ishtirokchilarni baholash uchun maktabning Oʻquv va tashkiliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari U.Narimanov va Ommaviy tadbirlar tashkilotchisi M.Mirzaxolova hamda toʻgarak rahbarlari ishtirok etishdi. Zakovat oʻyini davomida to'garak a'zolaridan tuzilgan "Future stars" jamoasi ishtirok etib, turli mantiqiy savollarga javob berishdi.

📚Mantiqiy va ingliz tiliga oid bo'lgan savollar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi, ularni tezkorlik, mantiqiy fikrlashga undadi. Yakuniy natijalarga ko'ra o'quvchilar va to'garak rahbarlari tomonidan taqdim etilgan savollarga javob berib 4:1 hisobda "Future stars" terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

✅Musobaqa tashkil etishdan asosiy maqsad: Ta’til davrida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini, tafakkurini yanada rivojlantirishdan iborat.

✔️Kuzgi ta'tilni Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan maroqli o'tkazing!

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 04/11/2025

⚽️ Sovuq havoda — qizg‘in musobaqalar!

🔰 Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tasdiqlangan kuzgi ta’til tadbirlar rejasiga muvofiq, 9- va 46-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Mini futbol” tarmoq to‘garagi a’zolari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Musobaqada to‘garak a'zolari bilan bir qatorda maktablarning saralangan jamoalari ham o‘zaro kuch sinashdi. Maydonda har bir o‘yinchi g‘alaba uchun kurashar ekan, ularning harakati, jamoaviy o‘yinlarni namoyish etishdi.

🔹 Tadbirning asosiy maqsadi — ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning jismoniy chiniqishiga hissa qo‘shishdan iborat.

🏆 Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘z iste’dodini namoyon etib, do‘stlik va sport ruhi ustuvor ekanini yana bir bor isbotlashdi.

© Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

04/11/2025

🤩LANDI LANDI — KUZGI TA'TIL BOSHLANDI!

✅Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan 9-noyabrga qadar bo'lib o'tadi.

📕Kuzgi ta'til davomida maktabimizning barcha to'garaklari doimgidek o'z faoliyatini davom ettirib, sizning bo'sh vaqtingizda bilim va hunar o'rgatishga chorlaydi!

🗓Qolaversa, Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan quyidagi tadbir va musobaqalar bo'sh vaqtingizni yanada maroqli o'tkazish uchun tashkillanmoqda:

✅ Tarmoq to'garaklari a'zolari o'rtasida "Mini futbol" musobaqasi
🗺Manzil: 9-46-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari
✅ "Ingliz tili" to'garak a'zolari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini
🗺Manzil: Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosi
✅"Shaxmat va shashka" to'garak a'zolari o'rtasida "Yosh chempion" musobaqalari
🗺Manzil: 1-27-40-51-61-63-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari
✅To'garak a'zolari uchun "Malayziya" hamda "Turkiya" davlatlariga virtual sayohat
🗺Manzil: Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi faollar zali
✅To'garak a'zolarining "Yurtimda oltin kuz" rasmlar ko'rgazmasi
🗺Manzil: Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi barcha to'garaklari

✔️Kuzgi ta'tilni Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi bilan maroqli o'tkazing!

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 01/11/2025

⚡️ Tarmoq toʻgaraklariga uslubiy-amaliy yordam koʻrsatilmoqda...

✅ Toʻgarak rahbarlariga uslubiy yordam koʻrsatish, tarmoq toʻgaraklari faoliyatini oʻrganish, mashgʻulot  jarayonlari sifatini  oshirish maqsadida Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi Oʻquv va tashkiliy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari U.Narimanov, Ommaviy tadbirlar tashkilotchisi M.Mirzalaxalova hamda yoʻnalish uslubchisi N.Tursunboyeva tumandagi 39-,23-sonli umumiy oʻrta ta'lim maktablarida  tashkil etilgan tarmoq toʻgaraklari faoliyatini oʻrganishdi.

🔰 Oʻrganish davomida toʻgarak mashgʻulotlarini yanada samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

✍️ Mazkur uslubiy-amaliy yordamning asosiy maqsadi – toʻgaraklar faoliyatini takomillashtirish, mashgʻulotlar sifatini oshirish va oʻquvchi-yoshlarni toʻgaraklarga jalb qilishdan iborat.

👉Yangiqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Photos from Yangiqoʻrgʻon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi's post 24/10/2025

👫“Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining Yangiqo‘rg‘on tuman bosqichi o‘tkazildi

🇺🇿Yurtimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuksak saviyada o‘tkazildi.

✅Tanlovning bosh maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodini namoyon etish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlariga ko‘maklashishdan iborat.

🙌Yangiqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida bo'lib o'tgan tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv sinf o‘quvchilari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalar estrada-vokal va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

🌐Maktab bosqichidan saralangan 25 nafar iqtidorli o‘quvchi sahnada o‘z mahoratini namoyon qilib, yurakdan kuylagan qo‘shiqlari, mahorat bilan chizilgan rasmlari orqali tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi.

🗣Natijalarga ko‘ra, estrada-vokal yo‘nalishi bo‘yicha 10-maktab 4-sinf o‘quvchisi Yoqubjonova Nilufar A'zamjon qizi, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha esa 1-maktab 4-sinf o‘quvchisi Muhiddinov Aliimron Xusanboy o'g'li faxrli birinchi o‘rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo'lga kiritishdi.

✔️Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Want your school to be the top-listed School/college in Namangan?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Namangan Viloyati, Yangiqoʻrgʻon Tumani, Navkent MFY, Nanay Koʻchasi 1-uy
Namangan
161211

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 16:00