14/01/2021
♻️Namangan davlat universitetida “Bir million dasturchi” loyihasi istiqbollari” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Seminarda viloyat hokimligining axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish markazi B.Axunbabayev, Namangan davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori D.Xolmatov, “IT-park” Namangan viloyati filiali direktori M.Ubaydullayev, filial xodimlar, informatika va AKT fani oʻqituvchilari, ushbu sohaga qiziqqan yoshlar ishtirok etdi.
Seminar davomida yurtimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yosh dasturchilarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada viloyat hokimligi va “IT-park” hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Xususan, oliy oʻquv yurtlarida tashkil etilayotgan Inkubatsiya va akselleratsiya markazlari faoliyati, “Start-up” loyihalari, “Bir million dasturchi” loyihasi mazmuni, ushbu loyihalar doirasida yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
🚀