15/04/2024
Talabalarimizning sevimli ustozlaridan biri Qirg‘izbayev Xusniddin Xasanbayevich bilan tanishing!
🎓 Qirg‘izbayev Xusniddin Xasanbayevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti ilmiy xodimi sifatida o‘z faoliyatini yuqori darajada olib bormoqda. 2017-yili Namangan davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishida magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan.
🔬 2022-yilda esa kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini 02.00.10 – bioorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha olgan. Uning ilmiy faoliyati davomida 60 dan ortiq xorijiy va mahalliy jurnallarda tezis va maqolalari chop etilgan. Shuningdek, 5 ta ixtiro patentiga va 2 ta monografiyaga mualliflik qilgan.
⚡️ Hozirda Impuls tibbiyot institutida talabalarimizning sevimli ustozi sifatida tibbiy kimyo fani bo‘yicha dars berib kelmoqda.
Ustozimizning o‘quv va ilmiy ishlari nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan.
👏 Impuls tibbiyot instituti jamoasi sifatida biz ustozimizning kelajakdagi ilmiy faoliyati uchun yanada katta yutuqlar tilab qolamiz va o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
12/04/2024
Impulsda grant yutish va o'qish shartlari qanday?
Impuls tibbiyot instituti, intiluvchan va yuqori natijalarga erishgan talabalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida turli grant dasturlarini taklif etadi.
📌 Grant Shartlari:
O‘qishga kirishda abituriyentlar imtihonda ko‘rsatgan natijalari asosida grant yutish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlardan boshlab, o‘sha yil uchun ajratilgan kvotalarga qarab, 10% dan 50% gacha grant yutish imkoniyati mavjud.
• Semester davomida 👇
- Talabaning darslarga qatnashishi kuzatiladi;
- Har 5 haftada bir marta o‘tkaziladigan nazorat imtihonlari natijalari kuzatiladi;
- Yakuniy semestr imtihoni: Semestr yakunida olinadigan nazorat imtihonining natijalari ham inobatga olinadi;
- Maxsus imtihon: Grant uchun alohida o‘tkaziladigan maxsus imtihon natijasi alohida baholanadi;
O‘qish davomida eng yuqori ball to‘plagan 10% talabalarga 100% grant beriladi, bu esa ularning kelgusi o‘qishlarini to‘liq qoplaydi.
🤜 Impulsda o'qish davomida siz nafaqat bilim olish imkoniyatiga ega bo'lasiz, balki yuqori ko'rsatkichlaringiz orqali ta'limingizni to'liq grant asosida davom ettirish imkoniyatini qo'lga kiritishingiz mumkin.
Bizga obuna boʻlib kuzatishda davom eting:
10/04/2024
Assalomu alaykum aziz ustozlar, talabalar va hamkasblar barchangizni kirib kelayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Ramazon sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog’lik-omonlik va baxt-saodat hamda fayzu-futuh olib kelsin.
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Orifjon Xolmirzayev
08/04/2024
USMLEni qo'lga kiritish tibbiyot talabalari uchun qanchalik muhim?
USMLE bu - Amerika Qo‘shma Shtatlarida tibbiyot bilan shug‘ullanishga ruxsat beruvchi muhim sertifikatdir.
✅ Ushbu sertifikat orqali siz AQShda ham, boshqa mamlakatlarda ham shifokor sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin.
📑 USMLE imtihonlari uch bosqichdan iborat bo‘lib, har bir bosqich sizning bilim va ko‘nikmalaringizni chuqur baholaydi. Ushbu sertifikatni qo‘lga kiritish orqali siz tibbiyot sohasida xalqaro darajada tan olinishingiz mumkin.
⚡️ Impuls tibbiyot instituti aynan USMLE tizimi asosida darslar olib boradi, bu sizga ushbu qiyin, lekin nihoyatda muhim sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishda ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik ko‘nikmalar va tibbiyotning zamonaviy yutuqlarini chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi.
📚 Impulsda ta’lim olish sizning tibbiyot sohasidagi kelajagingiz uchun mustahkam poydevor qurish imkoniyatini beradi.
06/04/2024
🩺 Tibbiyot institutiga kirishni xohlaysizmi? Unda ushbu maslahatlarga quloq tuting.
Tayyorgarlik jarayoni yanada samarali boʻlishi uchun ba'zi maslahatlar:
🔹Asosiy fanlarga e'tibor qarating: Tibbiyotning poydevori hisoblanmish kimyo va biologiya fanlarini chuqur o'rganing. Bu fanlar nafaqat hozir, balki talabalik davringizda ham sizga tibbiy fanlarni o’zlashtirishingiz uchun zarur.
🔹Ingliz tilini rivojlantiring: Sohadagi eng so'nggi bilimlarni egallash uchun ingliz tili juda muhim. So'nggi kitoblar, ilmiy ishlar va sohadagi barcha yangiliklar ingliz tilida chiqariladi.
🔹Vaqtingizni samarali taqsimlang: O'qish va shaxsiy hayot o'rtasida muvozanatni saqlang. Darslar bilan bo'lib, dam olishni ham unutmang. Miyangizni
🔹Kuchli ustoz toping: Hozirgi k***a tibbiyot institutiga alohida tayyorgarliklarsiz kirish qiyin. Fanlarni chuqur o'zlashtirish va belgilangan maqsadga tezroq yetishish uchun albatta ustozingiz bo'lishi kerak.
🔹Maqsadingizdan chalg'imang: Yo'l davomida qiyinchiliklar uchrashi tabiiy, lekin aslo maqsadingizdan voz kechmang. Har kuni ozgina bo'lsa-da, o'qishni davom ettiring va o'zingizga ishoning.
Eslatma: Bu maslahatlar sizga albatta tibbiyot talabasi bo'lishingizda yordam beradi. Asosiysi sabr-toqat va qat'iyatli bo'ling. Siz buni uddalaysiz!
🔄 Ushbu postni tibbiyot institutiga o'qishga kirmoqchi bo'lgan do'stlaringizga yuborib qo'ying.
24/08/2023
‼️Impulsda qabul imtihonlari davom etmoqda!
Navbatdagi kirish imtihoni 25-avgust Namangan shahri Impuls Tibbiyot Instituti binosida bo’lib o’tadi.
Kvotalarimiz soni tugab bormoqda.
Shoshiling
🔗 Ro’yxatdan o’tish:
qabul.impulsmi.uz
☎️ Aloqa: (55)5105015
21/08/2023
Kirish imtihonlari davom etar ekan, biz imtihon topshiradigan abiturientlar uchun imtihondan oldin quyida 5 maslahatga amal qilishlarini tavsiya beramiz:
1️⃣ Imtihonga doir har qanday kitoblar va materiallardan uzoqlashing.
2️⃣ Uyquning ahamiyatini e’tiborsiz qoldirmang. Kamida 7-8 soat uyqu imtihondan oldin miya to’liq salohiyatida ishlashi uchun muhim.
3️⃣ O’zingiz uchun qulay kiyimni bir kecha oldin tayyorlab qo'ying.
4️⃣ Nonushtani o’tqazib yubormang
5️⃣ Imtihonga kirishdan oldin bir bo’lak shokolad yeb oling. Bu miya faoliyatini yaxshilashi isbotlangan.
📝Siz yana qanday maslahatlarni bergan bo’lardingiz, izohlarda yozib qoldiring.
19/08/2023
‼️Impulsda qabul imtihonlari davom etmoqda!
175ta ajratilgan grant o’rinlaridan 75tasi o’z egalarini topdi. Qolgan 100ta o’rin esa sizni kutmoqda!
Shoshiling qabul yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.
🔗 Ro’yxatdan o’tish:
qabul.impulsmi.uz
☎️ Aloqa: (55)5105015
19/08/2023
Diqqat!
Impuls tibbiyot instituti kelib tushgan takliflar va murojaatlarni inobatga olib, talabalarga boshqa tibbiyot universitetlaridan o’z o’qishlarini Impulsga ko’chirish imkoniyatini taqdim etadi.
O’qishni ko’chirish imtixonlari 24-avgust soat 12:00da Namangan shahri Impuls tibbiyot instituti binosida bo’lib o’tadi.
☎️ Murajaat uchun: 555105015
18/08/2023
🤝Janubiy Koreya delegatsiyasi Impuls tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi.
Delegatsiya Hosan University va Daegu Haany University vakillari hamda Gyongsang provinsiyasi hokim o‘rinbosari janob Lee Kanghakdan iborat bo‘lib, tashrif mobaynida yuqoridagi universitetlar va Impuls tibbiyot oliygohi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Shuningdek, yaqin yillarda studentlar almashinuvi, yaʼni “Exchange program” loyihasi bo‘yicha takliflar almashildi.
16/08/2023
‼️Diqqat
17-avgust kuni navbatdagi kirish imtihonlari bo’lib o’tadi.
Imtihonga ta’luqli barcha ma’lumotlar sms tarzida yuboriladi.
☎️ Murojaat uchun: 555105015
14/08/2023
🎉 Kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi!
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha talabalarni tabriklaymiz. Hayotingizning yangi sahifasida sizga omad tilaymiz.
Natijalar telegram kanalimizga yuklandi.
🔗Telegram kanalimizga profil bio qismidagi link orqali o‘tishingiz mumkin.