18/01/2025
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan jadid bobolarimiz hayoti va ijodini o‘rganish maqsadida "Jadidlar izidan..." talaba-yoshlar o‘rtasida online test sinovi o‘tkaziladi.
Batafsil bu yerda koʻrishingiz mumkin: https://t.me/yi_namdu/12233
07/11/2024
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan, 11-noyabrdan 16-noyabrgacha yoshlar haftaligi deb e’lon qilindi hamda ushbu haftalikka “Talabalar festivali 2024” deb nom berildi.
“Talabalar festivali 2024” doirasida turli xil tadbirlar, sport musobaqalari, ko‘ngilochar dasturlar hamda sizlarni xursand qiluvchi “Talabalar oqshomi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan!
Sizlar uchun yana qanday ko‘ngilochar dasturlar qo‘shishimizni izohlarda yozib qoldiring!
Xabarga reaksiya bosib talaba do‘stlarga yuborib qo‘yamiz!
08/11/2023
TANISHING
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti qoshidagi talaba-qizlar koordinatorlari bilan tanishing.
Ma'lumot o'rnida talaba-qizlar koordinatori jamoatchilik lavozimi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining 2023-yil 29-martdagi 6-sonli Qo'shma qaroriga muvofiq joriy etilgan.
08/11/2023
Talabalar orasida kitobxonlikni targʻib etish, qolaversa ular uchun qulaylik yaratish maqsadida arzon narxlardagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
📙 Yarmarka hali ham davom etmoqda, barcha kitobxon yoshlarni taklif etamiz
07/11/2023
Ingliz filologiyasi fakultetida tashkil etilgan Zakovat intellektual bellashuvi o'z nihoyasiga yetdi.
📌 Bellashuv natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritidi:
🥇1- o'rin: Utopia
🥈2- o'rin: Perfect
🥉 3-o'rin: The Nerds
💐 Ushbu g'olib jamoalar 1-binoda joylashgan fakultetlar jamoalari bilan o'zaro kuch sinashadilar.
07/10/2023
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda "Oliy taʼlim muassasalaridagi Boshlangʻich tashkilotlar faoliyat samaradorligini oshirish uchun oʻquv-seminar" boshlandi.
Oʻquv-seminarni NamMQI rektori Sh.Ergashev hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi A.Toshmatov ochib berdi.
Oʻquv-trening davom etmoqda!
03/09/2023
👍 Namangan davlat universiteti 1-bosqich talaba-yoshlarining tezroq oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 5-9-sentabr kunlari "Tanishtiruv haftaligi" boʻlib oʻtadi!
🤝 "Tanishtiruv haftaligi" doirasida siz nafaqat Namangan davlat universiteti bilan yaqindan tanishasiz, balki, talabalik davrining ilk kunlaridan bu davrni mazmunli oʻtkazish uchun aniq va maqsadli reja tuzib olasiz.
✅ Yuqoridagi infografika orqali "Tanishtiruv haftaligi" haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin!
✅ Namangan davlat universiteti talabasi boʻlgan doʻstingizga yuborib qoʻying!
29/03/2022
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA "PAZANDA QIZLAR" FESTIVALI BO'LIB O'TADI
🗓 1-aprel kuni Qizlar talabalar turar joyida 3 ta nominatsiya bo'yicha:
🍱 Dasturxon bezatish san'ati
🔥 O'choq qozonda 3 kg palov tayyorlash
🥮 Noan'anaviy usulda tort bezatish va salat tayyorlash bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Bellashuv natijalariga koʻra har bir nominatsiya gʻoliblari:
🥇-o'rin 1.000.000 so'm
🥈-o'rin 750.000 so'm
🥉-o'rin 500.000 so'm pul mukofoti bilan shu kuni TTJda boʻlib oʻtadigan Gala konsert dasturida taqdirlanadi.
Tashkiliy qo'mita: ☎️ +998999740076
27/03/2022
OFFLAYN FORUMGA MARHAMAT
👋 Qadrli talaba-yoshlar, Namangan davlat universitetida "Ichimizdagi liderlar" shiori ostida MRJ (Millat Ravnaqi Jamoasi) tomonidan "Siz, biz va maqsad" mavzusida offline-forum tashkil etilishini ma'lum qilamiz
🔰 Forumda biznes, inson qadri, ilm-nur mavzularida terning o'tilib, u orqali siz o'zingiz uchun kerak bo'lgan nutq madaniyati, oldingizga to'g'ri maqsad qo'yish, shaxsiy motivatsiyani shakllantirish imkoniyat va ko'nikmalariga ega bo'lishingiz mumkin.
🎁 Faol ishtirok etganlar uchun maxsus esdalik sovg'alari bor.
⏳ O'tkazilish vaqti: 30-mart soat 9:00
🏢 Manzil: Namangan davlat universiteti faollar zali
📥 Murojaat uchun: 99 085-40-51
Ro'yxatdan o'tish 👉 https://forms.gle/HTcXfMUDQ17f1Lg59