Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI

Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI Янги Ўзбекистон мактаб остонасидан бошланади

Bilim, zahmat va muvaffaqiyat e’tirofi: Uchqo‘rg‘onning faxrli bitiruvchilari taqdirlandi."Yoshlar kuni" munosabati bila...
25/06/2026

Bilim, zahmat va muvaffaqiyat e’tirofi: Uchqo‘rg‘onning faxrli bitiruvchilari taqdirlandi.

"Yoshlar kuni" munosabati bilan Uchqo‘rg‘on tumani hokimi D. Mirxanov tomonidan tumanimizdagi faol, bilimli va yuqori natijalarga erishgan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Joriy o‘quv yilida tumandagi 46 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 2388 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Quvonarlisi, ulardan 57 nafari oltin medal, 6 nafari esa kumush medal bilan taqdirlanishga munosib deb topildi.

Tadbir davomida tuman hokimi D. Mirxanov tomonidan oltin va kumush medal sohiblari hamda turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan faol bitiruvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan tuman hokimi yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularning bilim va salohiyati mamlakatimiz taraqqiyoti, Vatanimiz ravnaqi hamda yurtimiz nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi ta’lim va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

📢 Xushxabar!Maktabimizning iqtidorli o‘quvchisi Xoshimov Rustamjon fanlardan milliy sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lg...
16/06/2026

📢 Xushxabar!
Maktabimizning iqtidorli o‘quvchisi Xoshimov Rustamjon fanlardan milliy sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritib, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal 189 ball natijani qo‘lga kiritdi.
Bu yuksak natija Rustamjonning bilimga chanqoqligi, tirishqoqligi va tinimsiz mehnatining samarasi bo‘lish bilan birga, unga ta’lim va tarbiya bergan ustozlarining fidokorona mehnati hamda ota-onasining doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi mahsulidir.
Rustamjonning ushbu muvaffaqiyati maktabimiz jamoasi uchun ham katta faxr va quvonchdir. U o‘zining yuksak natijasi bilan tengdoshlari uchun ibrat bo‘lib, maqsad sari intilish va mehnat qilish har doim ulkan zafarlarga olib kelishini yana bir bor isbotladi.
Shu munosabat bilan Xoshimov Rustamjonni, uning ota-onasini hamda ushbu muvaffaqiyatga munosib hissa qo‘shgan ustozlarini samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, kelgusidagi faoliyat va ta’lim yo‘lida ulkan yutuq va zafarlar tilaymiz.

22/05/2026
Учқўрғон туман 6-сонли АФЧЎСММИ жамоаси учун яна бир қувончли янгилик!Мазкур таълим муассасасининг математика фани ўқиту...
28/04/2026

Учқўрғон туман 6-сонли АФЧЎСММИ жамоаси учун яна бир қувончли янгилик!
Мазкур таълим муассасасининг математика фани ўқитувчиси Хошимов Нурмухаммад аттестация жараёнларида юқори натижа кўрсатиб, 86 балл билан муваффақиятли иштирок этди. Ушбу натижа орқали у олий тоифага эга бўлиб, 70 фоизлик вазир устамасини олиш ҳуқуқини қўлга киритди.
Бу ютуқ нафақат устознинг шахсий меҳнати ва билим даражасини, балки таълим сифатини ошириш йўлидаги изчил изланишлари самараси эканлигини кўрсатади. Устознинг бундай ютуқлари ёш авлодни билим олишга бўлган қизиқишини янада ошириши, ҳамкасбларига эса муносиб намуна бўлиши шубҳасиз.
Хошимов Нурмухаммадга келгусидаги фаолиятида янада улкан ютуқлар, мустаҳкам соғлик ва шогирдлари билан янги зафарлар тилаймиз!

27/04/2026

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani 6-sonli AFCHOʻSMMI Boshlangʻich sinflarda 27-aprel “Kelajak soati” darsining navbatdagi mashg‘ulotlaridan lavhalar.

32-mavzu: Innovatsion fikrlash

Esda tuting: innovatsiya uzoqdan kelmaydi. U sizning fikringizdan boshlanadi. Balki eng zo‘r g‘oya aynan sizniki bo‘ladi.

1-kontent: Ixtirolar hayotimizni qay darajada oʻzgartirdi?
2-kontent: Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga keldik
3-kontent: Chikago universiteti talabasidan innovatsion fikrlash formulasi
4-kontent: “Yayra Oʻzbekiston“ – Karaoke

12-aprel Fazogirlar kuni munosabati bilan Boshlanğich 1-2-3- sinflar örtasida ,,Yosh Fazogirlar" mavzusida rasmlar tanlo...
15/04/2026

12-aprel Fazogirlar kuni munosabati bilan Boshlanğich 1-2-3- sinflar örtasida ,,Yosh Fazogirlar" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil qilinib har bir sinfdan kreativ yondoshgan bolajonlar tanlab olindi.

  🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl✅Maktab-internatining 6-A sinfida tabiiy fan o‘qituvchisi Isaqova Raʼnoxon  tomo...
15/04/2026




🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl

✅Maktab-internatining 6-A sinfida tabiiy fan o‘qituvchisi Isaqova Raʼnoxon tomonidan "Quyosh sistemasi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida noanʼanaviy tarzda tashkil etildi. Dars o‘quvchilar juda faol ishtirok etdilar.

🔰Darsda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib tabiiy fan bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish qildilar. Ko‘rgazmali va multimedia vositalaridan unumli foydalanildi. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni iqtidorlari ochib berdi.
🔰Ochiq dars yakunida maktab-internati o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Yusupovalar dars yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

Заковат туман босқичида мактабимизнинг жамоаси фахрли 2-ўринни эгалладилар ва вилоят йўлланмасини қўлга киритдилар. Бара...
15/04/2026

Заковат туман босқичида мактабимизнинг жамоаси фахрли 2-ўринни эгалладилар ва вилоят йўлланмасини қўлга киритдилар.

Баракалла, офарин

🔰 'lim_tarbiya_uyg‘unligi ‘garaklar_faoliyati🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl⚡️⚡️"CHIROYLI  YOZUV" TO‘GARAGI FAOLI...
15/04/2026

🔰 'lim_tarbiya_uyg‘unligi
‘garaklar_faoliyati

🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl

⚡️⚡️"CHIROYLI YOZUV" TO‘GARAGI FAOLIYATI⚡️⚡️

🔰Maktab-internatida o‘quvchi yoshlarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida fan, sport va ijodiy yo‘nalishidagi to‘garaklar tashkil qilingan.

✅ "Chiroyli yozuv" to‘garagi rahbari A.To‘rayeva to‘garak a'zolariga chiroyli yozish sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

Maktab-internatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga obuna bo‘lishni unutmang
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/+Uz-mDvoiGKNlNzcy

https://www.facebook.com/share/p/pCCFSAeahGunoMsT/?mibextid=oFDknk

🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl🔰Maktab-internatining 7-A sinfida ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ishanova ...
15/04/2026

🏢👉Uchqo‘rg‘on tuman 6-sonli AFCHO‘SMMl
🔰Maktab-internatining 7-A sinfida ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ishanova Azizaxon tomonidan "Olmas Umarbekovning "Qiyomat qarz" asari: loyiha taqdimoti" mavzusi yuzasidan ochiq dars tashkil etildi. Dars yangi pedagogik texnologiyalar asosida noanʼanaviy tarzda tashkil etildi.
🔰Darsda o‘quvchilar "Adolat", "Oqibat", Sadoqat" deb nomlangan guruhlarga bo‘lingan holda Xarakterlar galereyasi", "Adolat tarozisi", " Muzokaralar maydoni", "Sahna korinishi" metodlar orqali oz bilim va qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ko‘rgazmali va multimedia vositalaridan unumli foydalanildi. O'quvchilarga omonatga xiyonat qilmaslik, va'daga vafo qilish, rostgoylik kabi insoniy fazilatlar singdirib borildi.
🔰Ochiq dars yakunida maktab psixologi Jorayeva Lobaroy dars yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Address

Namangan

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Uchqo'rg'on tumani 6-sonli DIMI:

Shortcuts

Share

Category