22/09/2026
🌐O‘ZBEK TILI — ENDI RAQAMLI MAKONDA!
🅰O‘zbek tilini rivojlantirish va uning raqamli makondagi mavqeini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan “VikiMarafon”, “Vikilug‘at” va “Vikioromgoh” loyihalari doirasida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi8 “Yoshlar oromgohi”da 21–26-sentyabr kunlari amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Turan Xalqaro Universiteti talabasi Soliboy Maxmudullayev ayni vaqtda WikiSfera oromgohida maqola yozish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.
Ushbu mashg‘ulotlar orqali o‘z bilim va tajribasini boyitish bilan birga, o‘zbek tilini rivojlantirish, targ‘ib qilish va uning raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
📚 Turan Xalqaro Universiteti talabalari turli loyihalarda ishtirok etib, o‘z bilimini amaliyotda sinash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
🔗 Hujjat topshirish
📞 +998999210055
📍 Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy)