19/03/2026
Yangi Namangan tumanida “Yoshlar kuni” doirasida otaliqqa olingan hamda probatsiya hisobidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Har haftaning payshanba kuni anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Navbatdagi ana shunday tadbir Yangi Namangan tumanidagi Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Namangan filialida tashkil etildi. Unda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan otaliqqa olingan hamda probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda 300 nafardan ortiq yigit-qiz ishtirok etdi.
Tadbir davomida biriktirilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi. Xususan, probatsiya nazoratida bo‘lgan ayrim yoshlar hisobdan chiqarish masalasida amaliy yordam so‘radi. Tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan fuqarolarga nisbatan qonuniy yechimlar va tegishli tartiblari tushuntirildi.
Bundan tashqari, davolanish, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish, ishga joylashish, uy-joyni taʼmirlash, moddiy yordam olish, taʼlimga qayta tiklanish hamda kontrakt to‘lovlarini qoplash bilan bog‘liq murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Mazkur uchrashuv doirasida universitet filialida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi. Jumladan, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechi
Bunday ochiq va amaliy muloqotlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati