mpk_uz

mpk_uz

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from mpk_uz, Education, Margilan.

09/05/2024

Азиз устозлар, қадирли хамкасблар!
Барчангизни 9 май – Хотира ва Қадрлаш куни, ҳамда Иккинчи жаҳон урушида қозонилган буюк Ғалабанинг 79 йиллиги билан чин қалбимдан самимий табриклайман.

Сиз азизларга ва сизларнинг тимсолингизда жамоамизда узоқ йиллар меҳнат қилган фаҳрий устозларимизга ўзимнинг чуқур ҳурмат-эҳтиромим ва эзгу тилакларимни изҳор этаман.
Юртимиз тинч, мустақиллигимиз абадий бўлсин!
Б. Х. Муминов.

Photos from mpk_uz's post 07/05/2024

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.

Shu munosabat bilan Margʻilon Pedagogika kollejida oʻtkazilgan "Inson qadri aziz, xotirasi muqaddas" nomli kechada jamiyatimizda uzoq yillar mehnat qilib, koʻplab shogirdlarni kamolga yetkazgan faxriy ustozlar va faol yoshlar ishtirok etdilar.

Photos from mpk_uz's post 02/05/2024

02.05.2024 y.
📢 Bugun Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti Marg‘ilon pedagogika kolleji vakillarini hamda kollej bitiruvchi yoshlarini qabul qildi.

⚠️Yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, kollej bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini davom ettirishlarini qo‘llab-quvvatlash, maslahat va ko‘mak berish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Marg‘ilon pedagogika kolleji o‘quvchilarni O‘zbekiston-Koreya Xalqaro Universitetiga tashriflarini tashkillab, bu oliygohdagi 3+1 ta’lim dasturi yuzasidan fikr almashdilar.

☝🏻Yakunda Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti bilan Marg‘ilon pedagogika kolleji o‘rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumini imzolash haqida kelishildi.

Photos from mpk_uz's post 24/04/2024

🎉🎉🎉Navbatdagi yangilikga tayormisiz ❓

2024.24.04.

Maktabgacha ta'lim agentligi vakili, professional ta'lim muassasalarini rivojlantirish bo'yicha mutaxassis Hamdamova Shag'zoda Maxmudovna hamda YUNISEF a'zolari tomonidan Respublikadagi maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarini malaka oshirish kurslarini xududlarda tashkil etish maqsadida Marg'ilon pedagogika kollejiga tashrif buyurib, kollej faoliyati, yaratilgan sharoitlar va o‘quv xonalarni o'rgandilar.
👍🏻👍🏻👍🏻 Kollej jamoasiga rahmat aytib, jamoadan hursandliklarini bildirdilar.
☝🏻 Jamoa ancha mehnat qilganliklarini ta'kidladilar.

Bizni kuzatishda davom eting.

Photos from mpk_uz's post 23/04/2024



📚Bugun Ahmad Farg‘oniy viloyat axborot-kutubxona markazi va Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi hamkorligida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazida o‘zbek romanchiligining asoschisi yozuvchi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
☝🏻Adabiy kechada Koreya xalqaro unverisiteti professori M. Ehsonova, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori H. Shermatova va mutaxassislari, Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi direktori R.Madaminov va mutaxassislari, Madaniyat bo‘limi sozandalari va Marg‘ilon Pedagogika kolleji faol kitobxonlari ishtirok etishdi.
💯Kecha yigʻilganlarda ulkan taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar oʻzlarini ajoyib atmosferada his qildilar, moziyga qaytdilar. Tarixiy davrga mos jihozlangan xonada sandal atrofida dildan suhbat qurdilar.Qodiriyxonlikdan koʻngillar yayradi. "O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon", adib siymosi haqida goʻzal suhbatlar tashkillandi.

Photos from mpk_uz's post 23/04/2024

✨Joriy yilning 23 - aprel kuni Marg‘ilon shahridagi 2-son kasb hunar maktabida barcha professional ta’lim muassasalari ishtirokida “MILLIY QADRYATLAR FESTIVALI” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Farg'ona viloyat hokimining o'rinbosari Sh.Rahimov, Marg’ilon shahar hokimi Sh.Nisbatxonov,  Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiylar boshqarma boshlig‘i T.Boymatov va barcha professional ta’lim muassasalari mas’ul hodimlari ishtirok etishdi.
⚠️Tadbirning asosiy maqsadi milliy ma‘naviyatimiz, madaniy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlar zaminida o‘quvchi yo‘shlarga  yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishdan iborat. 
🎉🎉🎉Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar festivali” deb nomlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirda Marg‘ilon pedagogika kolleji jamoasi ,,Eng yahshi milliy qadryatlar ko‘rgazmasi ''  nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Photos from mpk_uz's post 15/04/2024

👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓Ўқувчи ёшларнинг эгаллаган билимларини мустаҳкамлаш, ҳамда интелектуал салоҳиятини ошириш  мақсадида бугун 15.04.2024 йил куни Марғилон Педагогика коллежида  "Заковат" интелектуал ўйини ўтказилди.
       ⚠️ Мазкур тадбирда,,  Мактабгача таълим,, бўлимининг 126 ;  127; 128; 129; 130- гуруҳлардан  30 нафар ўқувчи - ёшлар қамраб олиниб,  ўйин жамоаларга бўлинган ҳолда савол жавоблар тарзида бўлиб ўтди.

   💯Интеллектуал ўйинни очиқ ва шаффоф ўтказиш учун бетараф назоратчилар танлаб олинди. Ўйин қоидаларига кўра, жамоалар баллари тўғри берилган жавобларга қараб ҳисоблаб чиқилди.
     🥳 Қизғин баҳс-мунозараларга бой бўлган ақл мусобақасида биринчиликни 126 - гуруҳ,  2 - ўринни 127 - гуруҳ,  3 - ўринни эса 130 - гуруҳ жамоаси эгаллашди.

Photos from mpk_uz's post 01/03/2024

🌱🌺🌱 Баҳорнинг илк кунида туғилиш ҳам аслида тақдирнинг инояти бўлса керак. Ҳар йили баҳор келиши, баҳор байрами мамлакатимизда.📝 шеъриятимиз маликаси – Зулфияхоним таваллуд топган кун билан ҳамоҳанг нишонланади. Таъбир жоиз бўлса, баҳорнинг бошланиши юртимизда том маънода, адабиётимиз, шеъриятимиз айёмига айланиб кетади.
Дарҳақиқат, Зулфияхоним етук шоира, садоқат ва вафо тимсоли сифатида бутун ўзбек аёллари учун наъмуна бўла олади. У нафақат адабиётимиз ва шеъриятимизда, балки халқимизнинг хотирасида абадий яшамоқда.
Шоиранинг шахси, ижоди ҳақида гап бошлаган ҳар бир инсон сўзларини, Садоқатнинг сўнмас тимсоли Зулфияхоним, жумласи билан бошлайди.
🌱🌺🌱🌺🌱🌺🌱🌺🌱🌺🌱🌺🌱🌺🌱

🌱🌺🌱 Родиться в первый день весны – это вообще-то благословение судьбы. Ежегодно приход весны, весенний праздник в нашей стране 📝 отмечается синхронно с днем ​​рождения Зульфияханим, царицы нашей поэзии. Так сказать, начало весны в нашей стране превращается в день нашей литературы и поэзии .
На самом деле, как зрелая поэтесса, Зульфияханим может стать образцом для подражания для всех узбекских женщин. Она живет вечно не только в нашей литературе и поэзии, но и в памяти нашего народа.
Каждый, кто начинает говорить о личности и творчестве поэта, начинает с фразы Зульфияханим, неизгладимого символа верности.

Photos from mpk_uz's post 14/02/2024
Photos from mpk_uz's post 06/01/2024

📖 She'riyat ~ bu go'zallik niqobidagi donolikdir.

📢Marg‘ilon Pedagogika kollejida
ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish borasida tuzilgan chora-tadbirlar rejasi ijrosini bajarish maqsadida bugun 06.01.2024 y.
kuni,, KUTUBXONA - MENING OILAM,, mavzusida madaniy ma'naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📚 Mazkur tadbirda ishtirokchilar o‘zlarining professional ijrolari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.


⚠️ Tadbirning yorqin qismlaridan fotoreportajimizni taqdim etamiz.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📖 Поэзия ~ это мудрость под видом красоты.

📢 В Маргиланском педагогическом колледже Сегодня, 01.06.2024 г. в целях реализации плана мероприятий по дальнейшему улучшению социальной и духовной среды,было проведено культурно-духовное мероприятие на тему,, БИБЛИОТЕКА – МОЯ СЕМЬЯ,,
📚На этом мероприятии участники порадовали зрителей своими профессиональными выступлениями.

⚠️Представляем наш фотоотчет с самых ярких моментов мероприятия.

Photos from mpk_uz's post 04/01/2024

📚🎓Ilm nurdir.
Bu nur hayotimizni ham, qalbimizni xam munavvar qiladi, nurga talpinish, unga intilish faqatgina ojiz parvonalarni kuydirishi mumkin, ammo inson bu borada ojiz qilib yaratilmagan.
📖 Shu bois maʼrifatga qancha tashna boʻlsak tashnaligimiz yanada ortaveradi, ☝🏻bu yoʻlda toʻxtash aslo mumkin emas!

🎉 Bugun Margʻilon Pedagogika kolleji oʻqituvchilari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini koʻtarinki kayfiyatda, keng muzokaralarga boy tarzda tashkillab oʻtkazildi.
Oʻyin ishtirokchilari oʻzlarining aqliy salohiyatlari va iqtidorlarini mohirona tarzda namoyish etdilar.
🏆 Gʻalabaga boʻlgan ishonch barchani birdek olgʻa qadam tashlashga undadi!

Photos from mpk_uz's post 23/12/2023

🎉🎉🎉Bu hafta hech qanday tadbir bo'lmaydi deb o'ylagan bo'lsangiz adashasiz!
👍 Har bir tadbir oldingisidan yanada qizg'inroq!
📢 Marg'ilon pedagogika kollejida o'quvchilar nafaqat bilim olishadi, balki o'z ko'nikmalarini turli yo'nalishlardagi tadbirlarda qatnashish orqali ham rivojlantirib borishadi.
🎄Yangi yil bayramidan fotoreportajimizni taqdim etamiz.
🎵🎶 Musiqa, raqs, qiziqarli, ajoyib bayram muhiti.
⚠️ Nafaqat o'quvchilar balki bizning kollejimiz o'qituvchilari ham hech qachon zerikmaydilar,
chunki☝ har birimiz o'zimizning bir qismimizni
Marg'ilon pedagogika kollejiga qo'shganmiz.
👍 Biz nafaqat jamoa, biz bir oilamiz!

🥰 Oilangiz va do'stlaringiz davrasida dam olishingizni chin dildan istab qolamiz.

🎄 Soon happy new year...🎄
🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄🎀🎄

🎉🎉🎉 Если вы думали, что на этой неделе не будет ивентов, вы ошибались!
👍 Каждое событие интенсивнее предыдущего!

📢 В Маргиланском педагогическом колледже студенты не только получают знания, но и развивают свои навыки, участвуя в различных мероприятиях.

🎄 Представляем наш фотоотчет с новогоднего праздника. 🎵🎶 Музыка, танцы, веселье, отличная праздничная атмосфера.
⚠️ Не только студенты, но и преподаватели нашего колледжа никогда не скучают, потому что☝ каждый из нас часть себя Мы отдали в Маргиланский педагогический колледж.

👍 Мы не только команда, мы семья!

🥰 Искренне желаем вам отдохнуть в компании родных и друзей.

🎄 Soon happy new year...🎄

Want your school to be the top-listed School/college in Margilan?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Website

Address


Margilan

Opening Hours

Monday 08:30 - 17:00
Tuesday 08:29 - 17:00
Wednesday 08:29 - 17:00
Thursday 08:30 - 17:00
Friday 08:30 - 17:00