Amudaryo tumani 55-sonli maktab

Amudaryo tumani 55-sonli maktab Amudaryo tumani 55-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi sahifasi

1-iyun bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Amudaryo tumani 55-sonli maktabning yakka tartibda ta'lim oluvchi o...
01/06/2022

1-iyun bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Amudaryo tumani 55-sonli maktabning yakka tartibda ta'lim oluvchi o'quvchilarini bayram bilan tabriklash jarayonlaridan fotolavha

Maktab o'quvchilari ta'tilni maroqli o'tkazmoqda. Kazakova Munavvar, Amanova Aysuluv va Uralbayeva Dilnuralar o'z sinfla...
01/06/2022

Maktab o'quvchilari ta'tilni maroqli o'tkazmoqda. Kazakova Munavvar, Amanova Aysuluv va Uralbayeva Dilnuralar o'z sinflari bilan birga Mang'it shahridagi muzeyga o'quvchilarini olib bordi.

55-sonli maktabda  ,,Songi qo‘ng‘iroq‘‘ tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirga bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari ham taklif ...
01/06/2022

55-sonli maktabda ,,Songi qo‘ng‘iroq‘‘ tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirga bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari ham taklif etildi.Maktab ma‘muriyati tomonidan o‘qituvchilar,o‘quvchilar hamda o‘quvchilarning ota-onalari faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

55-sonli maktabda kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari hamda maktab ped...
01/06/2022

55-sonli maktabda kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari hamda maktab pedagogika jamoasi faol ishtirok etishdi. Maktab kutubxonasi uchun ham badiiy kitoblar hadya qilindi.

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinay...
01/06/2022

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.

Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida 55-sonli maktab ma'muriyati, o'quvchilari, o'qituvchilari va mahalla faollari 6-8 may kunlari qator urush va mehnat fronti fahriylari, nuroniylar, afg‘on urushi qatnashchilari xolidan xabar olishni rejalashtirgan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.

Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar!

55-sonli maktabda "Barkamol avlod" bolalar ijodiyot maktabi o'quvchilarining ijodiy namunalari ko‘rgazmasi tashkil etild...
01/06/2022

55-sonli maktabda "Barkamol avlod" bolalar ijodiyot maktabi o'quvchilarining ijodiy namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

21/04/2022
Апрель ойи давомида умумтаълим мактабларида амалий фанлар ойлиги доирасидаги тадбирлар ўтказилмоқда.Шу йил 13 апрель кун...
16/04/2022

Апрель ойи давомида умумтаълим мактабларида амалий фанлар ойлиги доирасидаги тадбирлар ўтказилмоқда.

Шу йил 13 апрель куни тумандаги 55-сонли мактабда ҳам ойлик муносабати билан технология фани ўқитувчиси Шаҳноза Қурбонбоева 8-“В” синфда "Касблар таснифи, касбларда меҳнат турлари" мавзусидаги очиқ ўқув машғулотини ташкил этди. Машғулотни кузатиш учун мактаб маъмурияти, фан ўқитувчилари ташриф буюришди.

Дарсда ўқувчи қизлар "Ёш ўқитувчилар" ва "Шифокорлар" деб номланган гуруҳларга бўлиниб, касблар ҳақида шеърлар айтишди. Шундан сўнг, ўқувчиларга "Касбни тўғри топ", "Пантомима" ўйинлари ҳамда ўқувчиларнинг лидерлик қобилиятини ошириш учун "Кемада касблар ўйини" каби дидактик ўйинлар ташкил этилди. Мавзуга кўра ўқувчи қизлар билан келажакда қандай касб танлашлари ҳақида қизиқарли суҳбат, савол-жавоблар ўтказилди. Суҳбат давомида ёшларга келажакда касб эгаси бўлиши, нафақат ўзига балки жамият учун жуда ҳам аҳамиятли эканлиги, ёшлар касб-ҳунар эгалари бўлишлари кераклиги, шу юртдан, шу элдан буюк ва етук инсонлар етишиб чиқмоғи лозимлиги тушунтирилди. Бунинг учун яхши тарбия ва чуқур билимга эга бўлиш жуда муҳимлиги алоҳида таъкидлаб ўтилди.

Замонавий педагогик технологиялардан, видеоматериаллардан, слайдлардан фойдаланилиб, қизиқарли қилиб ўтилган дарс машғулотлари барчага манзур бўлди.

Услуб бирлашма аъзолари томонидан технология фани ўқитувчиси Ш.Қурбонбоева ташкил этган дарс таҳлил қилинди ва шу каби машғулотларни мактаб миқёсида оммалаштирилишга тавсия берилди.
Estetik fanlar metod birlashma raisi A.Saparboyev

Sport to'garaklari  faoliyatidan lavhalar
16/04/2022

Sport to'garaklari faoliyatidan lavhalar

4-Tashabbus doirasida tashkil qilingan to'garak mashg'ulotlari
14/04/2022

4-Tashabbus doirasida tashkil qilingan to'garak mashg'ulotlari

Address

Qipchoq Ko'chasi Raqamsiz Uy
Mangit

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Amudaryo tumani 55-sonli maktab posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Amudaryo tumani 55-sonli maktab:

Shortcuts

Share

Category