1-mavzu
Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar
va imkoniyatlar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu nomli xalqaro konferensiyadagi nutqi asosida)
- Qadimdan bir-biri bilan ilm-fan, savdo-sotiq va madaniyat borasida do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlari bugungi k***a Buyuk ipak yo‘li va boshqa yo‘llar orqali do‘stona va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini qaytadan tiklamoqda.
So‘nggi besh yilda O‘zbekiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish imkonini bermoqda.
- Markaziy Osiyo mintaqasida – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston
va Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yutug‘idir.
- O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib, 2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik o‘rtacha
50 foizdan ko‘proqqa o‘sib, global pandemiya sharoitiga qaramay 5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarni teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, davlatimizning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish borasidagi tashabbuslari nafaqat O‘zbekistonning savdo va iqtisodiy salohiyati oshishiga balki butun bir mintaqa davlatlari rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
- 2021 yilning 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Anjumanda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, jami 44 ta mamlakat va 30 ga yaqin xalqaro tashkilot delegatsiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari ishtirok etgan xalqaro konferensiyada mamlakatimiz tomonidan o‘ndan ortiq Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Konferesiyada mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev konferensiyada so‘zlagan nutqida:
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro sarmoyalarni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash;
Markaziy va Janubiy Osiyoda zamonaviy, samarador va xavfsiz transport-logistika infratuzilmasini yaratish. Bunda “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l tarmog‘i mintaqalarimiz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik arxitekturasining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi lozimligi;
2 milliarddan ziyod odam yashayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi faol va ochiq muloqot madaniy-sivilizatsion salohiyatimizni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun beqiyos imkoniyatlar yaratishi;
Markaziy va Janubiy Osiyoning turizm salohiyatidan keng foydalanish maqsadida turoperatorlarning yagona platformasini shakllantirish, Jahon sayyohlik tashkiloti ishtirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantirish;
ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikda qo‘shma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini rag‘batlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish;
Ilmiy va madaniy-gumanitar almashinuvlarni ko‘paytirish yo‘nalishida YuNESKO shafeligida Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish;
Afg‘on zaminida ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanligi;
mintaqada joylashgan davlatlar terrorizm, ekstremizm, transmilliy, xususan, kibermakondagi jinoyatchilikka qarshi faqat birgalikda samarali kurash olib borishi mumkinligi;
istiqbolli raqamli platformalarni joriy etishni Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishning lokomotiviga aylantirish;
ikki mintaqa hududida hamkorlikda “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ekologiya masalalarga alohida e’tibor qaratish;
butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham dolzarb masala bo‘lib borayotganligi bois, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti shafeligida mintaqa mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvini o‘tkazib, qo‘shma dastur ishlab chiqish kabi muhim tashabbuslarga to‘xtalib o‘tdi.
Kosonsoy18maktab
Косонсой туман 18-мактаб
25/08/2021
Mustaqillik darsi: Yangi Ozbekistonda erkin va farovon yashaylik!
Mavzu: Yangi Ozbekiston!
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona
Mavzuningqisqachata`rifi :vatanhaqidamalumotberiladi, unisevishga, avaylab-asrashgaorganadilar.
Oquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish, korsatish metodi.
Shakl: jamoa, guruhda ishlash
Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, korgazma va tarqatma materiallar.
Nazorat: oquvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: Oquvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.
Maqsadlar: O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish.
Tayanchkompetensiyaelementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo,telefon orqali
berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
Oz-ozini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning
nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga ozini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, ozi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning maqsadi (2 daqiqa)
Ta`limiy: O’quvchilarga Vatan, mustaqillik so’zining mazmun mohiyati va mustaqil yurtimizning yuksalishi va o’zgarishlari, ta’lim sohasidagi o’zgarishlar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Mustaqillik darsi orqali oquvchilarni oz yurtiga, tuprogiga, ona vatanga mehr-muhabbatlarini, xalqini sevishga ozbek sozidan faxrlanishga, tarixni asrash, yosh mustaqil diyorimizni asrab avaylashga orgatish.
Rivojlantiruvchi: Kelajakda xalqim, yurtim deb yashashga uning taraqqiyotiga oz hissalarini qoshishiga undash.
Darsning borishi:
Oquvchilarning koksida Ozbekiston Respublikasi bayrogi rasmi qadalgan xolda, dars Ozbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi.(5 daqiqa)
(O’quvchilar guruhlarga bo’linib o’tiradi)
I. O’qituvchi
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chappar urib gullagan bogin,
Opar edim Vatan tuprogin.
Odamlardan tinglab hikoya,
Osar edi shoirda goya.
Daryolardan kuylab otardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim ammo,
Oxshashini topmasdim aslo.
Oxshashi yoq bu gozal boston,
Dostonlarda bitgan guliston.
Ozbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
II. Aqliy hujum: Bolalar, siz Vatan deganda nimani tushunasiz?
Vatan bu kindik qonimiz tokilgan tuproq;
Vatan bu beshigimiz, kochayu-mahallamiz, uyimiz, turar joyimiz;
Vatan bu muqaddas ona tilimiz;
Vatan bu buyuk millatimiz;
Vatan bu ona tabiat inom etgan barcha boyliklar, nozu- nematlar.
1991 yil 1 sentabr Ozbekiston mustaqil davlat deb elon qilingan kun. Endi u oz bayrogi, gerbi, milliy valyutasi, Konstitutsiyasi, milliy urf odatlari, qadriyatlariga ega. Ozbekiston Respublikasini Mustaqil davlat sifatida 120 davlat tan oldi. Mana yigirma olti yildirki, shu mustaqillikni mustahkamlash uchun barcha sohalarda qizgin ishlar olib borilmoqda. Istiqlol davrida Vatanimizda juda katta ozgarishlar roy bermoqda.Bizning erksevar, kop millatli , mehnatsevar xalqimiz haqiqiy vatanparvar bolib, ona yurt ravnaqi, obroyi uchun hamisha tinmasdan mehnat qilishga harakat qilmoqda. Ilm-fan yolida, sanatda, sport madaniyatida, sanoat, qurilish, harbiy, xalqaro sohalarda ham ozining olamshumul yutuqlarini qolga kiritmoqda.
Yoshlarimiz jahon arenalarida kopdan kop yutuqlarni qolga kiritmoqdalar. Ularga qarab turib shu aziz Vatanda har bir inson baxtli bolsin, baxtimizga hech qachon koz tegmasin degimiz keladi.
III. Zakovat oyini
Ozbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan?
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
Ozbekiston Respublikasida qaysi til Davlat tili hisoblanadi?
Ozbekiston Respublikasi milliy valyutasi qachon qabul qilingan?
Ozbekiston Respublikasi davlat gerbi nimani anglatadi va qachon tasdiqlangan?
Ozbekiston Respublikasi madhiyasi qachon tasdiqlangan?
Ozbekiston Respublikasi bayrogi qachon tasdiqlangan va u nimani anglatadi?
Ozbekiston Respublikasi qanday tabiiy boyliklarga ega?
Ozbekiston Respublikasi mustaqilligini 1-bolib qaysi davlat tan olgan?
Qanday unvonlarni bilasiz?
IV. Donishmandlik sahifasi
Bulbul chamanni sevar,Odam Vatanni.
Vatan gadosi kafan gadosi.
Vataning tinch sen tinch.
Eli baquvvatning beli baquvvat.
Vatan taqdiri har bir kishining taqdiridir.
Vatanparvarlik bobolardan qolgan meros.
Ona yurt oltin beshik.
Oz diyorini gullatganni baxti gullaydi.
Har bir nihol oziga xos tuproqda ildiz otadi.
Vatan uchun qurbon bolganlarning hoki muqaddasdir.
Oz uyim olan toshagim
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da'vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim
Sen - shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !
Cho`lig`imsan, Vatanim.
V. Ozbekiston mustaqilligi 30 yilligi videofilm namoyish etiladi. (15 daqiqa)
Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U qalbida ozini hamisha har jihatdan erkin his qilishga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashning, shaklan turlicha, mohiyatan oxshash bolgan hurriyatga intilish hodisalarini kop korgan.
Ho`sh, mustaqillikning ozi nima? Istiqlol nimalarga asoslanadi va uning mazmun mohiyati nimalardan iborat?
Mustaqillik - bu tenglik sari qoyilgan birinchi qadam, chunki tenglik bolmagan joyda kimdir, kimgadir tobe` boladi. Mutelik bor joyda hukmronlik , ozgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo boladi. Natijada biz songgi bir yarim asr mobaynida boshimizdan otkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi.
Tenglik - sozining qudrati shundaki u odamlarning ozaro munosabatlaridan tortib mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani meyor-mezonga soladi turli kamsitishlar va ortiqcha ta`zimlarga chek qoyadi.
Istiqlol - ozaro hurmat, bir birini tan olish, bir birini qadrlash mamlakat fuqarolari ozaro munosabatida ham, ana shu umuminsoniy qadryatlarga tayanish, ana shu umumiy mezonlar asosida yashash demakdir.
Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va oz taqdiri bilan bogliq bolgan istiqbol haqida oylashdir.
IV. Guruhlar bilan ishlash
Oquvchilar guruhlarda ajratiladi va ular oz guruhlarini nomlaydilar.
Vatan guruhi
Mustaqillik guruhi
Istiqlol guruhi
Guruhlarga oq qogoz va markerlar tarqatiladi.
(10 daqiqa)
Vatan guruhi azolari vatan oz ichiga nimalarni olishini rasmlar, sozlar va sheriy satrlar orqali tasvirlab beradilar.
Mustaqillik guruhi azolari Sinkveyn sxema metodi orqali mustaqillik sozi oz ichiga nimalarni olishini tasvirlaydilar.
Istiqlol guruhi azolari istiqlol sozi oz ichiga nimalarni qamrab olishni tasvirlab beradilar.
Guruh azolaridan biri bajargan ishlarini himoya qilib beradilar.
Vatan guruhi
Mustaqillik guruhi
Istiqlol guruhi
VI. Klaster metodi. (5 daqiqa)
Bu metodda oquvchilar otilgan mavzuni ochiq va erkin oylash, shaxsiy fikrlarini aytish, ozaro fikr almashish imkoniyatiga ega boladilar. Guruhlar ozaro almashingan holda savollar bilan murojaat qiladi:
Vatan guruhi
Vatan sozi oz ichiga nimalarni qamrab oladi?
Iymon nima ?
E`tiqod nima?
Vijdon deganda nimani tushunasiz?
Vatan haqida buyuk allomalar nimalar degan?
Mustaqillik guruhi
1.Mustaqillik sozi oz ichiga nimalarni qamrab oladi?
2.Fidoyilik nima?
3.Bu kunlarga yetganlar bor .davom ettiring?
4.Orzu nima?
5.Siz hayotingizda tashabbus bilan chiqqanmisiz?
Istiqlol guruhi
1.Istiqlol sozi ozida nimalarni mujassam qiladi?
2.Qadrlash sozining manosi nima?
3.Jahon davlatlari ortasidagi aloqa deganda nimani tushunasiz?
4.Ozbekiston Respublikasi istiqlolga erishganini qaysi davlatlar tan olgan?
5.Istiqlol bizga nima berdi?
VII .Vatanni, istiqlolimizni asrashimiz uchun qanday yoshlar bolishimiz kerak?
Qolga kiritgan istiqlolimizni asrab-avaylashimiz, kelajak avlodga ozod, obod yurtimizni gard yuqtirmay topshirishimiz kerak. Buning uchun vatanga chinakam vatanparvarlik kerak.
Shu qisqa vaqt ichida Ozbekistonni jaxon tan oldi. Yirik davlatlar qatoridan orin oldi. Xalqimizning oz taraqqiyot yoliga, erishajak buyuk kelajagiga ishonchi mustahkam. Shu ishonchni oqlaydigan zukko yoshlar kerak.
VIII.Shu aziz Vatan Barchamizniki nomli qoshiq yangraydi. (5 daqiqa)
IX. Uyga vazifa
“Yangi Ozbekiston Yangi maqsad sari rivojlanish mavzusida reja tuzib insho yozish.
21/08/2021
Тумандаги 18-сонли умумий ўрта таълим мактабида
Халқ таълими вазирлиги томонидан янги 2021-2022-ўқув йилида таълим жараёнларини ташкил этиш бўйича ота-оналарга берилган сўровнома асосида шахсий фикр ва муносабатларини ўрганиш мақсадида 1-11-синф ўқувчиларининг ота-оналари ва уларнинг ўрнини босувчи шахслар иштирокида "Ота-оналар" йиғилиш ташкиллаб ўтказилди. Йиғилишда сўровнома саволларига жавоб олиш билан бир қаторда мактаб директори А.Ғаниев, "Боғибаланд» ва “Гулбоғ” МФЙ фаоллари, ”Боғибаланд»мфй участка инспектори, мактаб ота-оналар кенгаши раиси, тажрибали ўқитувчи Қ.Қаҳоровлар томонидан янги ўқув йилида таълим-тарбия жараёнларини намунали ташкил этиш учун "Оила, маҳалла, мактаб" ҳамкорлигини фаол йўлга қўйишга келишиб олинди. Йиг'илиш давомида Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 30-йиллиги олдидан маҳаллаларда ободонлаштириш ишларини ташкил этиш, КАРАНТИН қоидаларига ҚАТЪИЙ риоя этган ҳолда COVID-19 га қарши вакцинатсияда фаол бўлиш юзасидан тарғибот ишлари олиб борилди.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Kosonsoy