15/05/2026
TABRIKLAYMIZ!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining 385/1-sonli bayonnomasiga asosan Qo’qon universiteti direktori Zaxidov G‘ofurjon Erkinovich professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
🎉 Mazkur yuksak ilmiy unvon mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi, ilm-fan rivoji hamda yosh avlodni har tomonlama yetuk mutaxassis etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlarning munosib e’tirofi hisoblanadi. Zaxidov G‘ofurjon Erkinovich o‘zining fidokorona faoliyati, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslari bilan universitet jamoasi hamda ilmiy-pedagogik hamjamiyat orasida katta hurmat qozongan.
🏆Qo‘qon universiteti jamoasi nomidan Zaxidov G‘ofurjon Erkinovichni professor ilmiy unvoni bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz.
Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
06/05/2026
Bugun Qo‘qon universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qo‘qon shahar prokuraturasi mas’ul xodimlari tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet direktori tomonidan samimiy kutib olinib, oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlar va zamonaviy boshqaruv tizimlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tashrif davomida universitetda raqamlashtirish siyosatini izchil amalga oshirish, talabalar davomati va harakatini nazorat qilish tizimlari, hudud xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy Face ID texnologiyalari asosida kirish-chiqish nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash, talabalar va xodimlar uchun qulay hamda nazorat qilinadigan muhit yaratish borasida joriy etilgan innovatsion yechimlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif yakunida vazirlik va prokuratura vakillari tomonidan universitetda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar ijobiy baholanib, kelgusida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, raqamli nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.