30/01/2026
🔹Samarqandda “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Samarqand viloyat bolalar kutubxonasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Mazkur ko‘rik-tanlov yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, Navoiy merosini chuqur o‘rganish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on tumani 2-maktabining 9-sinf o‘quvchisi M. Ro‘ziyeva;
2-o‘rin — Samarqand shahar 9-maktabining 9-sinf o‘quvchisi F. Hamrayeva;
3-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on shahar 17-maktabining 7-sinf o‘quvchisi K. Ro‘ptullayeva egalladi.
G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱Telegram (https://t.me/KatSH_xtb)
📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100083203815269)
🌐Veb sayt (http://kattakurgon-shmmtb.uz/)
✏️Admin (https://t.me/mmtb_kqsh_murojaat_bot)