IELTS (International English Language Testing System) tayyorlov kursi. Kurs chet el universitetlarga bakalavr yoki magistratura yo'nalishida ta'lim olmoqchi bo'lgan abituriyentlarga mo'ljallangan bo'lib, kurs 3, 6, 9 oylik tayyorlov bosqichiga ega bo'lgan dasturni o'z ichiga oladi. Kurs Toshkent Xalqaro Westminster Universitetiga o'qishni istovchilar uchun maxsus matematika kursini ham qamrab oladi.
2. CEFR kursi. Bu kurs, kollej va litsey o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, ingliz tilidan B2 yoki C1 darajasini qo'lga kiritishga mo'ljallangan dasturni o'z ichiga oladi.
3. Umumiy Ingliz tili kursi. Kurs barcha yoshdagi insonlarga mo'ljallangan bo'lib, 6 bosqichli (Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate, Upper-Intermediate, Advanced) ingliz tili dasturini o'z ichiga olgan.
4. Corporate/Business English. Kurs yoshi katta, biznes sohasida ishlaydigan yoki tez orada muloqot qila olishni istaydigan insonlarga mo'ljallangan bo'lib, kurs 3 oy davom etadi.
5. 36/36 ingliz tili. Kurs barcha O'zbekiston oliy ta'lim o'quv yurtlariga kirishni istovchi va 36 talik testdan kamida 30ta topishni istovchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, kurs 1 yil davom etadi.
6. Rus tili Muloqot kursi. Kurs rus tilida bemalol suhbat qila olishni xohlaydigan barcha yoshdagi insonlarga mo'ljallangan. Kurs 1 yil davom etadi.
7. Rus tili 36/36 kursi. Kurs barcha O'zbekiston oliy ta'lim o'quv yurtlariga yevro-guruhga kirishni istovchi va 36 talik testdan kamida 30ta topishni istovchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, kurs 1 yil davom etadi.
8. Koreys tili Muloqot kursi. Kurs koreys tilida bemalol suhbat qila olishni xohlaydigan barcha yoshdagi insonlarga mo'ljallangan. Kurs 1 yil davom etadi.
9. Ingliz tili kutubxonasi. Kutubxona 500 dan ortiq Macmillan, Oxford, Cambridge va yana bir qancha mashhur nashriyotlar tomonida chop etilgan lug'atlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari va ko'pgina badiiy asarlarni o'z ichiga olgan bo'lib, kutubxonadan foydalanish, unga a'zolik badalini to'lash bilan amalga oshiriladi. Barcha darslar haftasiga 3 kun 2 soatdan bo'lib, darslar malakali o'qituvchilar tomonidan, zamonaviy texnologiyalarga ega shinam darsxonalarda o'tiladi. To'lovlar naqd, plastik va pul ko'chirish yo'li bilan amalga oshiriladi.