25/05/2026
JDPU jamoasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘ga kiritdi.
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi Jizzax davlat pedagogika universitetida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda:
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Jizzax politexnika instituti
Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Yangiyer filiali
Guliston davlat pedagogika instituti
Guliston davlat universiteti
JDPU jamoalari ishtirok etdi.
Tanlovning 4 ta sharti bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi umumiy hisobda 360 ball to‘plab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
25/05/2026
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi faol qo‘llab-quvvatlandi.
Bugun professor-o‘qituvchilar jamoat transportidan foydalangan holda ishga kelib, ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhit musaffoligiga hissa qo‘shish yo‘lida shaxsiy namuna ko‘rsatdilar.
Bu — tabiatga e’tibor, sog‘lom turmush va mas’uliyatli fuqarolikning amaliy ifodasidir.
25/05/2026
Talaba-yoshlar uchun tarixiy muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 20 nafardan ziyod talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi qator tarixiy va ma’rifiy maskanlarga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar Shon-sharaf davlat muzeyi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida bo‘lib, xalqimiz tarixi, milliy davlatchilik an’analari, boy madaniy meros va buyuk ajdodlarimiz hayoti hamda faoliyati haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
24/05/2026
JDPU talabalari Qoraqalpog‘iston bo‘ylab tashriflarini davom ettirmoqda
Talabalar Qo‘ng‘irot tumanidagi muqaddas Dovud ota ziyoratgohi hamda Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati davlat muzeyida bo‘lishdi.
Tashrif davomida yoshlar milliy qadriyatlar, boy tarixiy meros va noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur sayohatlar talabalarning ma’naviy dunyoqarashi va tarixiy xotirasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
24/05/2026
JDPU Jizzax jamoasi suv polosi bo‘yicha Talabalar ligasida faxrli 2-o‘rinni egalladi!
Talabalar ligasi doirasida suv polosi sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahsda JDPUning Jizzax jamoasi Navoiy jamoasi ustidan 6:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Mazkur muvaffaqiyat orqali jamoamiz musobaqani munosib tarzda yakunlab, Talabalar ligasining faxrli 2-o‘rinini qo‘lga kiritdi.
Sportchilarimiz namoyon etgan jamoaviy o‘yin, yuqori mahorat va g‘alabaga bo‘lgan intilish barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!
24/05/2026
Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan 22 nafar professor-o‘qituvchi Utara universiteti kutubxonasida bo‘ldi
Utara universiteti kutubxonasiga tashrif davomida professor-o‘qituvchilar darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy ishlar, dissertatsiyalar hamda elektron kutubxona tizimi bilan tanishdilar.
Shuningdek, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy texnika bazasi, onlayn va oflayn kutubxona faoliyati o‘rganildi. Kutubxona xodimlari bilan muloqot olib borilib, kitob fondi va xizmat ko‘rsatish tizimi haqida ma’lumotlar olindi.
24/05/2026
“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari faol ishtirok etdi.
Shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar, shuningdek, shashka bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda JDPU jamoasi faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Universitet jamoasi g‘olib talabalarni tabriklaydi.
23/05/2026
JDPU qizlari gandbolda navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” respublika bosqichi doirasida gandbol bo‘yicha bahslar qizg‘in davom etmoqda. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti qizlar jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda JDPU qizlari Qarshi shahri jamoasiga qarshi maydonga tushib, 12:5 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoaning faol va uyushqoq o‘yini muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
23/05/2026
JDPU qizlari suv polosida ishonchli ishtirok etmoqda
Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” respublika bosqichi doirasida suv polosi bahslari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti qizlar jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.
Qizlar jamoasi birinchi bahsda Buxoro viloyati vakilalari ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi uchrashuvda esa Xorazm viloyati jamoasiga qarshi suv havzasida to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritgan JDPU sportchilari 10:3 hisobida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.
23/05/2026
JDPUda ijtimoiy faollik kuni doirasida yengil fitnes mashg‘ulotlari tashkil etildi. Vorkaut maydonchasida Kardio va umumiy jismoniy mashqlar bajarilmoqda.
Ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlab, faol harakatda bo‘lmoqda.
23/05/2026
JDPUda ijtimoiy faollik kuni doirasida vorkaut maydonchasida jismoniy mashqlar tashkil etildi
Turnik, brusya va kardio elementlarida erkaklar faol ishtirok etmoqda. Kuch mashqlari va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda.