Jizzax viloyat direktorlar kengashi

Jizzax viloyat direktorlar kengashi

Share

“Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!” — Seth Godin

10/04/2026

Bu shunchaki bo‘sh ish o‘rinlari emas, bu — sifatli ta’lim va kuchli boshqaruv sari qo‘yilgan qadam.

⏳ Fursatni boy bermang:
Hujjatlar 10-apreldan 20-aprelga qadar qabul qilinadi.
📲 Online ariza: manager.uzedu.uz

10/04/2026

JIZZAX VILOYATI UMUMTA’LIM MAKTABLARI UCHUN DIREKTOR LAVOZIMIGA TANLOV BOSHLANDI!

⏳ Ariza topshirish muddati:
10-apreldan 20-aprelgacha
📖 Ariza topshirish manzili:
manager.uzedu.uz

14/03/2026

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
TAJRIBA VA MAS’ULIYAT: MAKTAB RAHBARLARIGA METODIK KO‘MAK BERILMOQDA

Bugun Jizzax viloyat direktorlar kengashi raisi D.Hamdamova boshchiligidagi kengash a’zolari hududlarda bo‘lib, yangi tayinlangan direktorlar faoliyati va rahbarlik lavozimi vakant bo‘lgan ta’lim muassasalaridagi vaziyatni yaqindan o‘rgandilar.
📍 Manzillar:
✔️Jizzax shahridagi 9, 13, 18-maktablar;
✔️Zafarobod tumanidagi 3-maktab.
Asosiy e’tibor
✔️ Yangi rahbarlarga boshqaruv tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha metodik yordam berish;
✔️ Maktablardagi ichki muhit va ta’lim sifati monitoringi;
✔️ Bo‘sh turgan direktorlik o‘rinlariga eng munosib kadrlarni jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar.
“Bizning maqsadimiz faqat tekshirish emas, balki har bir maktab rahbariga suyanish mumkin bo‘lgan yelka berish va tizimdagi kamchiliklarni birgalikda bartaraf etishdir”,
🔹 Ta’limda sifat — rahbarning bilim va salohiyatidan boshlanadi! O‘rganish ishlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

14/03/2026

KELAJAK BOG‘CHALARINI KIMLAR BOSHQARADI?

🔵Jizzax viloyati Direktorlar kengashi tomonidan navbatdagi suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

✏️Maqsad aniq: Tizimga faqat lavozim uchun emas, balki soha rivoji uchun kuyib-yonadigan, zamonaviy fikrlaydigan menejerlarni jalb qilish.
🌀 Suhbat jarayonida asosiy e’tibor:
✅ Nomzodlarning stressga chidamliligi;
✅ Boshqaruvdagi kreativ yondashuvlari;
✅ Ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash rejalari tahlil qilindi.

⚡️ Haqiqiy rahbarlik — bu mas’uliyatni his qilishdan boshlanadi. Biz esa mas’uliyatni eng ishonchli qo‘llarga topshirish tarafdorimiz.

31/12/2025
31/12/2025

Hurmatli ta’lim muassasalari rahbarlari, ustozlar va hamkasblar!

❄️Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan sizlarni Jizzax viloyati Direktorlar Kengashi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
👣Ortda qolayotgan yil davomida sizning fidokorona mehnatingiz, mas’uliyatli yondashuvingiz va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiqdir. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz bilan yosh avlodga bilim, tarbiya va kelajakka ishonch berilmoqda.

🙅‍♂️ Yangi yil sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy osoyishtalik, kasbiy yutuqlar, yangicha g‘oyalar va katta muvaffaqiyatlar olib kelsin. Har bir kuningiz quvonchli voqealarga, ezgu ishlar va samarali natijalarga boy bo‘lsin.
Yangi yilda ham birgalikda jipslashib, ta’lim sohasida yangi marralarni zabt etish nasib etsin!
❄️Hurmat va ehtirom bilan,
Jizzax viloyati Direktorlar Kengashi

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Telegram ✅ Facebook
📹 Youtube 🌐 Instagram

Want your school to be the top-listed School/college in Jizzakh?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Jizzakh