Boyovut XTB 12-maktab

Boyovut XTB 12-maktab

Share

Boyovut XTBga qarashli 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi

20/08/2021

Bugungi k***a jonajon O'zbekistonimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining o'ttiz yilligini nishonlash arafasida turibdi.
Vaholangki, tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan o'ttiz yil yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. Shu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
Jannatmakon yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Shuningdek, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi o’z Mustaqilligining ilk kunlaridan, dastlabki qadamlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va mas’uliyatli bo’lishi hamda milliy istiqlolni qadrlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va ma’nan sog’lom bo’lishi uchun bir qator tizimli ishlarni amalga oshirdi.
Hozirgi k***a yoshlarning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, har tomonlama bilimdon bo‘lishga yordam berish, milliy mafkurani shakllantirish, ularni Vatanga bo‘lgan muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga, boy madaniy me’rosimiz va albatta, tarixiy an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlarni hal qiluvchi omilidir.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda yangi-yangi usullarni izlab topish, yangi pedagogik texnologiyaning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini dars jarayonida tadbiq etish borasida ham ko‘pgina yo‘l-yo‘riqlar aytib o‘tilgan. Bunga amal qilib kelayotgan bizning maktab jonkuyar pedagoglarimiz o‘quv-tarbiya sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish maqsadida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yangidan yangi usullarini amalda qo‘llayaptilar.
Bilamizki, boshlang‘ich ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va faollashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham maktabimizning boshlang'ich ta'lim sohasida faoliyat ololib borayotgan fidokor pedagoglarimiz har bir darsda o‘rganiladigan mavzuning mazmunini e’tiborga olgan holda kichik guruhlarda ishlash, tuli xildagi o'yinlar va o‘z-o‘zini baholash kabilardan foydalanishadi. Bunda bilim olish o‘yin bilan birga chambarchas bog'lanib ketadi. Natijada esa ishtirokchilarda, ya'ni o'quvchilarda o‘z bilimi, kuchi va faoliyatiga ishonch paydo bo‘ladi.
Hammamizga ayonki, pandemiya bizning yurtimizni ham chetlab o'tgani yo'q. Lekin pandemiyaning keltirib chiqargan noqulaylik va qiyinchiliklari maktabimiz o'qituvchi va o'quvchilarining izlanish va bilim salohiyatiga u qadar ta'sir o'tkaza olmadi. Chunki o'quvchilarimizning har qanday holatda ham tirishqoqlik bilan uztozlar ko'magida olgan bilimlari o'z samarasini ko'rsatdi. Chunonchi, ikki nafar o'quvchilarimiz Bozorova Madina va Hakimova Odinalar Guliston Davlat Universitetining baxtli talabalariga va bir nafar o'quvchimiz xorijiy mamlakat oliygogi talabasi bo'lishga muvaffaq bo'lishdi. Mazkur quvonchli xabar biz ustozlarni behad quvontirdi va boshqa o'quvchilar uchun motivatsiya sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.
2020-2021-o'quv yilini "Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi" shiori ostida shijoat bilan ish boshladik va ko'tarinki ruhda davom etdik. O'quvchilarimiz tuman miqyosida o'tkazilgan turli xil tanlov va musobaqalarda muntazam ravishda faollik ko'rsatishdi hamda har safar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan yorug' yuz ila qaytishdi.
So'nggi yillarda nafaqat o'quvchilarimiz, balki o'qituvchilarimiz ham talaygina imkoniyatlarga ega bo'lishdi. O'z uddaburonligi, bilim va salohiyati bilan harakat qilishdi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich o'qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko'rsatib hamda ularga yuksak ishonch bildirganlariga javoban yurtimizdagi barcha pedagoglar singari bizning maktabning ham yigirma nafar pedagolardan ikki nafari oliy, to'rt nafari birinchi va uch nafari ikkinchi toifalarga o'tishdi. Jumladan, ingliz tili fani o'qituvchisi, yosh pedagoglarimizdan sanalmish Majidov Ibrohim o'z ustida muntazam ishlab, faollik ko'rsatib 30foizli ustama haqiga ega bo'ldi. Bu ham maktabimiz ustozlarining izlanuvchan hamda malakali ekanliklaridan dalolat beradi.
Yurtimizdagi k***an kunga olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar va izlanishlar har birimiz uchun imkoniyat eshiklarini ochib bormoqda. Yurtboshimiz biz pedagoglarga imkoniyatlar berib, ishonch bildirar ekanlar biz yangidan yangi bilim egalari, xalqaro fan olimpiadalarida ham ishtirok eta oladigan darajadagi nav nihollarni to'gri yo'lga boshlab, bilim va ko'nikmalar berishdan, ularni har taraflama qo'llab-quvvatlashdan hech qachon charchamaymiz.
Xazratqulova Xalima Xazratqulovnadan

Want your school to be the top-listed School/college in Guliston?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Website

Address


Boyovut Tumani Muqumiy Mahallasi
Guliston