27/07/2024
FarDU REKTORI QO'SHTEPADA MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHDI
Universitet rahbari mahalla faollari va yoshlar bilan samimiy suhbat o'tkazib, Muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan insonparvar islohotlar hamda mahalla tizimiga qaratilayotgan e'tibor xususida alohida to'xtalib o'tdi.
Bu islohotlarni ijrosi sifatida yoshlarni hayotda mustahkam o'rnini topishlari uchun har tomonlama - ijtimoiy, moddiy yoki ma'naviy ko'makka, ruhiy dalda berishga tayyorligini bildirdi.
Yoshlar qalbidan shukronalik, islohotlarga daxldorlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik fazilatlari o'rin egallasa, albatta kelajagi yorug' bo'lishi ta'kidlandi.
Shuningdek, rektor muloqotda yoshlarni ilm-fanga bo'lgan intilishlari bilan qiziqdi va til o'rganish uchun shu joyning o'zida ularni mas'ullarga biriktirdi.
O'rganishlar asosida ko'plab yoshlar universitetdagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga taklif etildi.