05/02/2026
📐Ochiq darslar oyligiga start berildi!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Uchko‘prik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Soliyeva Dilfuzaxon tomonidan 8-“B” sinf o‘quvchilari uchun “Yuza haqida tushuncha. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi. Tengdosh shakllar va teng tuzilganlar” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🔹 Dars davomida o‘quvchilarga yuza tushunchasi, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash usullari hamda tengdosh shakllar va teng tuzilganlar haqida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘un holda tushuntirildi.
🔹 Interaktiv metodlar, guruhli ishlash va qiziqarli topshiriqlar orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalari rivojlantirildi.
🔹 Dars jarayoni yuqori faollik va ijobiy muhitda o‘tdi, o‘quvchilar mavzuni chuqur o‘zlashtirishga erishdilar.
✨Mazkur ochiq dars pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
⚜ Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!