Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Фарғона вилоят Кенгаши

  • Home
  • Uzbekistan
  • Fergana
  • Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Фарғона вилоят Кенгаши

Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Фарғона вилоят Кенгаши O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati Kengashi

Permanently closed.
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi! Yurtimizda 1-oktyabr – O‘qitu...
24/09/2026

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi!

Yurtimizda 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanishi munosabati bilan, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida “Kasaba uyushmalari bilan – sog‘lom hayot va do‘stlik sari!” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Tibbiyot xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqa sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha yuqori saviyada o‘tkazildi. Bahslar adolatli va murosasiz kechishi uchun erkaklar va ayollar o‘rtasida alohida-alohida toifalarda tashkillashtirildi.

Musobaqa davomida Stol tennisi bo‘yicha ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi va tezkor reaksiyasini namoyish etgan bo‘lsalar, Shaxmat va shashka taxtasi atrofida kechgan bahslarda chuqur mantiqiy fikrlash, zakovat va strategik mahorat namoyon bo‘ldi.

Kunning ikkinchi yarmida yakuniy natijalar e’lon qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha, yuqori o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan munosib taqdirlandilar.

70 yosh — keksalik emasQo‘lida «70» raqami tushirilgan qizil papka. Yuzida esa tabassum. Unga qarab, yoshini tasavvur qi...
10/09/2026

70 yosh — keksalik emas

Qo‘lida «70» raqami tushirilgan qizil papka. Yuzida esa tabassum. Unga qarab, yoshini tasavvur qilish qiyin.

Avazbek aka O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1979 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Farg‘ona shahar DSENMda vrach-epidemiolog sifatida boshlagan.
Shundan so‘ng uning hayoti qariyb yarim asr davomida tibbiyot, xususan, epidemiologiya sohasi bilan bog‘landi. U turli yillarda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh epidemiologi, Farg‘ona shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi, shahar DSENM bosh vrachining epidemiologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash boshqarmasining vrach-inspektori, OITSga qarshi kurash markazida vrach-epidemiolog va bo‘lim mudiri vazifalarida ishladi.

U «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni, «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni, Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Ammo uning o‘zi uchun eng muhimi mukofotlar emas, hali ham kasbi bilan birga ekani.

Bugun ham u sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritmoqda. Ehtimol, insonni yosh ko‘rsatadigan narsa ham shu — o‘z ishi, odamlar va hayotga qiziqishini yo‘qotmaslik.

Avazbek Akbarovga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Sh.Karimova tomonidan viloyat kengashi tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Avazbek Akbarov esa 70 yoshini aynan shu ruhda kutib oldi.

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TIBBIYOT XODIMLARIGA E’TIBOR🎉 Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonas...
04/09/2026

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TIBBIYOT XODIMLARIGA E’TIBOR
🎉 Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi munosabati bilan mehnat jamoalarida xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar va mazmunli dam olish maskanlariga sayohatlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday ezgu tadbirlar doirasida Rishton tumani tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan bir guruh ishchi-xodimlar uchun yurtimizning qadimiy va betakror shaharlari — Buxoro va Samarqand shaharlariga turistik sayohat tashkil etildi.
🏛 Tarixga sayohat — qalbga ma’naviy ozuqa
Sayohat ishtirokchilari Buxoro va Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy me’moriy obidalari, muqaddas qadamjolari va sayyohlik maskanlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qadimiy Buxoroning ko‘p asrlik tarixi, betakror me’moriy obidalari va milliy qadriyatlari, Samarqandning dunyo sivilizatsiyasi tarixida tutgan o‘rni, buyuk ajdodlarimizdan qolgan noyob meros ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Sayohat davomida xodimlar nafaqat tarixiy maskanlarni ziyorat qilib, yurtimizning boy tarixini yanada chuqurroq his qildilar, balki jamoadoshlari bilan samimiy muloqot qilib, birgalikda mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqardilar.

HURMATLI HAMKASBLAR!O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi  sizlarni mamlaka...
31/08/2026

HURMATLI HAMKASBLAR!

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi sizlarni mamlakatimiz tarixidagi eng ulug‘ sanalardan biri — muqaddas Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin dildan tabriklaymiz.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi barcha sohalarda, jumladan sog‘liqni saqlash tizimida ham tub islohotlarni amalga oshirdi.

Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oshdi, soha xodimlarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi.

Ushbu natijalarga erishishda xalqimiz salomatligini saqlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan har bir shifokor, hamshira va tibbiyot xodimining munosib hissasi bordir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, ishlaringizda omad, oilalaringizga tinchlik va farovonlik tilaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI" ESDALIK NISHONI — KASABA UYUSHMASINING FAOL A’ZOLARIGA MUNOSIB TAQDIRMustaqil O‘zbekistonimi...
31/08/2026

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI" ESDALIK NISHONI — KASABA UYUSHMASINING FAOL A’ZOLARIGA MUNOSIB TAQDIR

Mustaqil O‘zbekistonimizning 35 yillik tarixiy sanasi munosabati bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashining faollari davlatimiz tomonidan yuksak taqdirga sazovor bo‘ldilar.

Ushbu hamkasblarimiz nafaqat o‘z kasbiy faoliyatida, balki kasaba uyushmasi saflarida ham doimo faol ishtirok etib kelmoqda — tibbiyot xodimlarining mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, jamoa ichida hamjihatlikni mustahkamlash hamda kasaba uyushmasi tadbirlarini tashkil etishda bevosita ishtirok etib, o‘z fidoyiligini namoyon qilib kelmoqda. Ularning yillar davomidagi faol jamoatchilik faoliyati va sadoqatli mehnati "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishoni bilan munosib taqdirlandi.

Nishon sohiblari — O‘zbekiston soglikni saklash xodimlari kasaba uyushmasi Fargona viloyat Kengashi raisi Sh.Karimova, Bagdod tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma kumitasi raisi B.Abduraxmonov, Fargona tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma kumitasi raisi X.Abduraxmonovalar.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat kengashi nomidan barcha taqdirlangan faol hamkasblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizlarning jamoa manfaatlari yo‘lidagi faolligingiz, tashabbuskorligingiz va betinim mehnatingiz biz xakasblar uchun namunadir.
Mana shunday fidoyi va faol a’zolarimiz bilan bir safda bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va jamoatchilik faoliyatingizda yangi marralar tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasida xodimlarni ...
27/08/2026

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan xayrli tadbir amalga oshirildi.

Tibbiyot birlashmasi ish beruvchisi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 21 nafar tibbiyot sohasi xodimiga oziq-ovqat mahsulotlari — un va o‘simlik yog‘i tarqatildi.

Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tibbiyot xodimlarining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mehnat jamoasida o‘zaro mehr-oqibat hamda inson qadriga bo‘lgan yuksak e’tiborni yanada mustahkamlashdan iborat.

Tibbiyot birlashma xodimlari farzandlariga o‘quv qurollari topshirildiYangi o‘quv yili arafasida Quvasoy shahar, Bag‘dod...
26/08/2026

Tibbiyot birlashma xodimlari farzandlariga o‘quv qurollari topshirildi

Yangi o‘quv yili arafasida Quvasoy shahar, Bag‘dod va Farg‘ona tumani Tibbiyot birlashmalari kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga zarur o‘quv qurollari to‘plamlari topshirildi.

Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tibbiyot sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlariga quvonch ulashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.

Tadbir davomida iqtidorli bolajonlarimiz sher,qo‘shiq va raqslar bilan tadbirimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR    Uchko‘prik tumani Tibbiyot birlashmasi hamda Kasaba uyus...
26/08/2026

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR

Uchko‘prik tumani Tibbiyot birlashmasi hamda Kasaba uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 300 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari, soha faxriylari, jamoatchilik vakillari hamda mehnat jamoasi a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida tibbiyot birlashmasida me=nat ыilayotgan 2 nafar xodimlarning farzandiga sunnat to‘yi ham tantanali ravishda o‘tkazib berildi. Shuningdek tibbiyot xodimlari farzandlariga 2026-2027 o‘quv yili uchun o‘quv qurollari ham topshirildi.

Tadbirda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi tibbiyot xodimlari va faxriylarga ehtirom ko‘rsatilib, ularning ko‘p yillik samarali mehnati alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun bayramona madaniy-badiiy dastur, kuy-qo‘shiqlar va dilrabo chiqishlar tashkil etildi.

2026-2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan...
26/08/2026

2026-2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tibbiyot sohasida mehnat qilib kelayotgan xodimlar vakillarining oilalariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida, ularning 40 nafardan ortiq farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari taqdim etildi.

Ushbu xayrli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – farzandlarni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish

Hamkasblar maydonda bellashdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika te...
26/08/2026

Hamkasblar maydonda bellashdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi birgalikda “Samo” sport majmuasida tez tibbiy yordam xodimlari o‘rtasida sport musobaqasini tashkil etdi.

Unda xodimlar sportning “Mini futbol”, “Voleybol”, “Shaxmat”, “Stol tennisi” turlari bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqalar ko‘tarinki ruhda, hayajonlarga boy o‘tdi. Yakunda esa eng kuchli sportsevarlar g‘olibga aylandi. Ularga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Address

Ferghana
Fergana
151200

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Фарғона вилоят Кенгаши posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш ходимлари касаба уюшмаси Фарғона вилоят Кенгаши:

Shortcuts

Share

Category