Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti DTPI Facebook sahifasi

Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasi...
22/09/2026

Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.

O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.

Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.

—

Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.

Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.

В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное глобальное лидерство и поддержку нашей страны во всех ключевых сферах безопасности.

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI XIVA SHAHRIGA SAYOHAT QILDI⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instit...
19/09/2026

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI XIVA SHAHRIGA SAYOHAT QILDI

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi tomonidan Xorazm viloyatining qadimiy va betakror shahri — Xiva shahriga mazmunli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida institut jamoasi Xivaning boy tarixi, milliy me’morchiligi va asrlar davomida shakllangan madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, shaharning tarixiy markazida joylashgan Ichan-Qal’a, Ko‘hna Ark qal’asi, Toshhovli saroyi, Juma masjidi, Islom Xo‘ja me’moriy majmuasi kabi tarixiy obidalar ziyorat qilindi.

🔹 Xiva shahri o‘zining qadimiy tarixi, boy madaniy merosi va betakror me’moriy qiyofasi bilan O‘zbekistonning muhim tarixiy-madaniy maskanlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tashrif institut jamoasining tarixiy-madaniy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda mazmunli hordiq chiqarishiga xizmat qildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida⚡️ Bugun, 14-sentabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nu...
14/09/2026

Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida

⚡️ Bugun, 14-sentabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida” shiori ostida uch kunlik forum o‘z ishini boshladi.

🔰 14–16-sentabr kunlari davom etadigan mazkur forumda yoshlarning Vatanga sadoqati, milliy qadriyatlarga hurmati, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

🗓 Forumning birinchi kunida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida birlik, hamjihatlik va Vatan ravnaqi yo‘lidagi mushtarak maqsadlarni keng targ‘ib etmoqda.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

2026-2027 o‘quv yili boshlandi 🏛 Bugun–7-sentabr. Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Denov...
07/09/2026

2026-2027 o‘quv yili boshlandi

🏛 Bugun–7-sentabr. Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham yangi o‘quv yili boshlandi.

❇️ Institutiga 1-kursga qabul qilingan 1851 nafar yigit-qizlar ertalabdan tantali ravishda kutib olindilar. Institutimizning 3 ta manzilida ham yangi o‘quv yilining boshlanishiga oid tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🔰 Ayni kunlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 4 ta fakultet va 16 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. 329 nafar Professor-o‘qituvchilar talabalarga puxta bilim berishga shay.

📌 Bugungi k***a institutimizda mavjud 3 ta o‘quv binosi, 114 ta o‘quv auditoriyasi, jumladan, 23 ta ma’ruza xonasi, 66 ta amaliy mashg‘ulotlar, 18 ta seminar, 12 ta laboratoriya, 5 ta sport zali va stadionlar zamonaviy talablarga mos ravishda ta’mirlanib, to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Denov TPI talabalari NovosibirskdaMa’lumki, Rus tili va adabiyoti kafedrasi tasarrufida Rossiya Federatsiyasi Novosibirs...
03/09/2026

Denov TPI talabalari Novosibirskda

Ma’lumki, Rus tili va adabiyoti kafedrasi tasarrufida Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash ikki diplom loyihasi asosida tuzilgan 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi faoliyat yuritmoqda.


Ushbu dasturning 10 nafar 2-bosqich talabalari OTMlararo shartnomaga asosan Novosibirsk shahrida o‘qishning ikkinchi yilini borib, davom ettirish uchun jo‘nab ketishgandi.

Ularga Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektori U.X.Bo’tayev hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J.G’.Choriyevlar hamrohlik qilishmoqda.

Istitutimiz talabalari Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar fanlar institutida o‘qishlarini boshlashdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

🇺🇿 BAYRAMGA QO‘SHALOQ BAYRAM!O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Tashabbusli budjet” ...
31/08/2026

🇺🇿 BAYRAMGA QO‘SHALOQ BAYRAM!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Tashabbusli budjet” loyihasida erishilgan bugungi g‘alaba Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi uchun katta quvonchli voqea bo‘ldi.

Mazkur natijaga erishishda faol ishtirok etgan institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari, shuningdek, tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘z ovozlarini bergan ularning oila a’zolari, yaqinlari hamda barcha fuqarolarga samimiy minnatdorlik bildiraman.

🤝 Sizlarning birdamligingiz, tashabbusga bo‘lgan ishonchingiz va faol qo‘llab-quvvatlashingiz ushbu yutuqqa erishishda muhim omil bo‘ldi.

🏆 Ushbu g‘alaba — institut jamoasi va tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlagan barcha fuqarolarning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqillik bayramini o‘z yaqinlaringiz davrasida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashingizni tilayman.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🏆 G‘alabamiz muborak!
Hurmat bilan,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
O.A. Ruziyev

Rasmiy sahifalarimiz: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

🇺🇿 Mustaqilligimiz — buyuk qadriyatimiz!Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!Sizlarni xalqimiz uc...
31/08/2026

🇺🇿 Mustaqilligimiz — buyuk qadriyatimiz!

Hurmatli yurtdoshlar, aziz ustozlar, talabalar va hamkorlar!
Sizlarni xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning ozod va erkin hayotini, milliy qadriyatlarimiz va buyuk kelajagimizni belgilab bergan bebaho ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lidan dadil odimlab, barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishdi.

Bugun biz — ta’lim fidoyilari zimmasidagi eng muhim vazifa — yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berib, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib, bilimli va fidoyi avlodni voyaga yetkazishdir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Oybek Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

Mustaqilligimizning 35 yilligiga 35 g‘oyaTalabalarimiz Malayziyaning nufuzli universitetida akademik mobillik dasturida ...
22/08/2026

Mustaqilligimizning 35 yilligiga 35 g‘oya

Talabalarimiz Malayziyaning nufuzli universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etadi!

🌏 Yangi o‘quv yilidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM) universitetida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📚 Mazkur dastur talabalarga:
• xalqaro ta’lim muhitida bilim olish;
• xorijiy professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish;
• ingliz tilidagi akademik va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• Malayziya ta’lim tizimi va madaniyati bilan yaqindan tanishish;
• xalqaro tajriba va yangi akademik aloqalar orttirish imkonini beradi.

🤝 Ushbu g'oya institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni global ta’lim maydoniga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi — Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bayram shukuhi!Denov tadbirkorlik va pe...
12/08/2026

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi — Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bayram shukuhi!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇Telegram|Facebook|Website|Youtube
03/08/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube

Address

O`zbekiston
Denov
190505

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 14:00

Telephone

+998956507757

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti:

Shortcuts

Share