Siz CHDPU uchun hamisha aziz va qadrlisiz!
— Universitetda tashkil etilgan qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tizimida ta’lim olgan 827 nafar talaba qo‘sh diplomga ega bo‘ldi.
Чирчиқ давлат педагогика университети
cspi.uz
Chirchiq davlat pedagogika universiteti — bu sizning tanlovingiz!
30/06/2025
Chirchiq davlat pedagogika universiteti yoshlariga!
Bugun 30-iyun – Yoshlar kuni. Siz azizlarni yurtimiz hayotidagi beg‘ubor bayram – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Universitet yoshlarining yaratuvchanligi, bunyodkorlik salohiyati va ulkan maqsadlari Universitet qudratini, ertangi porloq istiqbolimizni belgilaydi.
Universitetimizni dunyodagi nufuzli ta’lim muassasi bo‘lish istagi, bu shunchaki orzu, reytingga intilish emas, balki tabiiy zaruriyat va hayotiy ehtiyojdir.
Shu hayotiy zaruriyatni ro‘yobi Sizlarning bilimingiz, yutuqlaringiz va yangicha fikrlash darajangizga chambarchas bog‘liq. Bugungi erishgan marralarimizning poydevori universitet yoshlarining ilmi, amali va totuvligida.
Kelgusida ham yuksak ma’naviyatli va iste’doli yigit-qizlarni rag‘batlantirishda bor imkoniyatimizni ayamaymiz. Yoshlarni ko‘proq tinglaymiz. Chunki yoshlarda kuch katta, ilhom katta.
Qadrli yoshlar va yoshlarni tarbiya qilayotgan aziz insonlar «Yoshlar kuni» muborak bo‘lsin! Tilagim Vatanga kerakli inson bo‘laylik. Zero, biz yaqinlashib kelayotgan maqsadli – Kelajakmiz!
______
Молодому поколению Чирчикского государственного педагогического университета!
Сегодня 30 июня - "День молодежи". От всей души поздравляю Вас, дорогие мои, с добрым и чистым праздником в жизни нашей страны – Днем молодежи. Креативность, творческий потенциал и амбициозные цели университетской молодежи определяют нашу силу и блестящие перспективы в будущем.
Желание сделать наш университет престижным учебным заведением в мире – это не просто мечта, стремление к рейтингу, а естественная необходимость, законное требование и жизненная необходимость.
Удовлетворение этой жизненной потребности тесно связано с вашим уровнем знаний, достижений и нового мышления. Фундаментом наших достижений сегодня являются знания, практика и гармония университетской молодежи.
Мы и впредь не пожалеем сил для поощрения высоконравственных и талантливых юношей и девушек. Мы больше слушаем молодежь. Потому что молодые люди обладают большой силой и вдохновением.
С "Днем молодежи" дорогие студенты и дорогие люди, воспитывающие молодежь!
07/06/2025
Hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan chin dildan tabriklayman. Xonadoningizga xotirjamlik va qut-baraka tilayman.
Pok niyatlarimiz ijobat boʻlishini, Yaratganning oʻzi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, doʻstlik va ahillik tuygʻularimiz yana-da ziyoda boʻlishini soʻrab qolaman.
Hurmat bilan,
G‘.I. Muxamedov
__
Уважаемые соотечественники!
Искренне поздравляю вас с Курбан хайит. Желаю вашему дому спокойствия и добра.
Пусть еще более прочными будут единство, дружба и сплоченность нашего многонационального народа!
С уважением,
Г.И.Мухамедов
13/05/2025
Rektor G‘ofurjon Muxamedov Parkent tumanidagi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Muloqotda Parkentlik bitiruvchi yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Mazkur tashrif davomida Parkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan yaqindan ishlash, universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarining fan o‘qituvchilari uchun mahorat darslarini tashkil etish hamda bitiruvchilarni oliy ta’limga tayyorlash va qamrab olish, kerakli mutaxassisliklar bo‘yicha yo‘naltirish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
10/05/2025
Xotira muqaddas
10/05/2025
Qadrli yurtdoshlar!
Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘sin!
Hurmat bilan,
G‘ofurjon Isroilovich Muxamedov
____
Уважаемые соотечественники!
Oт всей души поздравляю вас с сегодняшним великим праздником.
Желаю всем вам здоровья, счастья и благополучия.
Пусть всегда будет мир в нашей стране, пусть будет счастлив наш народ!
С уважением,
Гафурджан Исроилович Мухамедов
06/05/2025
👍 Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti 3-bosqich talabasi Nasiba RADJAPOVAning "Xalqaro turizmni boshqarishning barqarorlik va innovatsiyalar bilan bog‘liq yondashuvlari" nomli maqolasi "Journal of international scientific research" xalqaro ilmiy jurnalining 2025-yil 30-apreldagi 2-jild 8-sonida chop etildi.
06/05/2025
👐Universitet Malikasi aniqlandi
Dunyo talabalari 5-may — "Universitet malikasi kuni"ni bayram qiladilar. CHDPU yoshlari ham 2024-2025 o‘quv yili “Universitet malikasi” kim ekanligini tanlov orqali hal qilishdi.
Ushbu tanlovda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs talabasi Intizar Bekimbetova 1-o‘rinni egalladi.
Intizarga nominatsiya muborak bo‘lsin! Biz uchun ChDPU qizlarining barchasi - Malika!
Siz kim Malika sifatida ko‘rilishini istardingiz?
06/05/2025
Turkiyada xalqaro hamkorlik asosida pedagog kadrlar malakasi oshirilmoqda
Turkiyaning Istanbul universitetida Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Transformatsiya bugun va u mendan boshlanadi” chaqirig‘i ostida raqamli ta’lim va uni boshqarish, sun’iy intellekt hamda inklyuziv ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur kursga CHDPUning 17 nafar professor-o‘qituvchilari qabul qilingan bo‘lib, kurs davomida tinglovchilarga QS reytingining Top-600 ro‘yxatidan o‘rin olgan universitetning malakali professorlari tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kurs yakunida tinglovchilarga Istanbul universiteti sertifikati beriladi.
06/05/2025
👍 “Qadrimiz, qadriyatlarimiz va qadrlilarimizni asraylik”
Milliy tiklanish partiyasining Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Qadrimiz, qadriyatlarimiz va qadrlilarimizni asraylik” shiori ostida maʼrifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda partiyaning dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, Chirchiq davlat pedagogika universitetida talaba-onalar uchun sharoitlarni yaxshilash, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikohning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Bu borada talabalarning fikr-mulohazalari o‘rganildi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
06/05/2025
«O‘g‘rilik va firibgarlik ko‘paygan»: jinoyatchilik statistikasi e’lon qilindi
1-may kuni Toshkent viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda universitet talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Chirchik
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 17:00 |
| Tuesday | 09:00 - 17:00 |
| Wednesday | 09:00 - 17:00 |
| Thursday | 09:00 - 17:00 |
| Friday | 09:00 - 17:00 |
| Saturday | 09:00 - 17:00 |