10/02/2023
🎗9-fevral: Buyuk shoir va mutaffakir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan qutlug‘ kun.
✍️Shu munosabat bilan joriy yilning 9-fevral sanasida Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabida Alisher Navoiy bobomizning 582-yilligiga bagʻishlab oʻquvchilar bilan birgalikda tadbir oʻtkazildi. Tadbirimizni YBIBDOʻ Sh.Yusupova ochib berdi. Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan yod olgan gʻazal, ruboiylar hamda sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
📚Navoiy - o‘zbek halqining ulug' shoiri va buyuk mutaffakiri bo‘lib, uning nomini dunyoning eng mashhur shoirlari qatorida tilga oladilar. Navoiy butun ijodiy faoliyatini insoniyatning baxti uchun kurashgan, halqning osoyishtaligi, obodonchilik ishlari, san’at hamda adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’g’li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar.
👉https://t.me/kasb_hunar_maktabi_2son