14/08/2026
📚✨ MAKTAB MASLAHATCHILARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA ✨📚
🏢 NAMANGAN VILOYATI CHORTOQ TUMANI “KELAJAK MARKAZI”da maktab maslahatchilarining faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
👤 Markaz direktori R. Hayitov hamda Maktab maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Tojiboyeva tomonidan 50-, 51-, 14- va 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2-bosqich sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan maktab maslahatchilarining ish faoliyatini tashkil etish jarayonlari o‘rganib kelinmoqda.
🔎 O‘rganish jarayonida maktab maslahatchilarining o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash faoliyati, kasbga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🤝 Mazkur jarayon maktab maslahatchilarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish va o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.