Buxoro davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti

Share

Buxoro davlat universiteti - 1930-yilda tashkil topgan O‘zbekistonning qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri.

Hozirda 7 ta fakultet, 19062dan ortiq talaba tahsil oladi. BuxDU - bilimga intilayotgan har bir inson uchun eshiklar doimo ochiq. Universitet tarixi
Buxoroi sharifda oliy darajadagi o`quv yurtining tashkil topish tarixi Masjidi Jome (712-713), Forjaq (VIII asr), G’arbiya (1088-1677), Ulug’bek (1417), Mir Arab (1535), Abdulazizxon (1652), Nodir devonbegi, Ko`kaldosh singari madrasalar tarixi bilan

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 03/05/2026

Mingga yaqin g‘oliblarni qamrab olgan mega loyiha — “Milliy tanlov” natijalari eʼlon qilindi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Milliy tanlov”ni o‘tkazish hamda unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar, o‘quvchilar va yoshlarni taqdirlash belgilangan edi.

Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi.

Soʻnggi natijalarga koʻra “Milliy tanlov”ning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha quyidagilar gʻolib boʻldi:

“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida 3-o’rin bilan Buxoro davlat universiteti gʻolib deb topildi.

Gʻoliblar:
– Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

MA’RIFATGA SADOQAT: BUXDUDA PROFESSOR G‘AYRAT MURODOVNING 70 YILLIK YUBILEYI VA KITOB TAQDIMOTLARI O‘TKAZILDI

Buxoro davlat universitetida o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan taniqli olim, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi G‘ayrat Murodovning 70 yillik qutlug‘ yubileyi hamda uning sermahsul ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Ma’rifatga sadoqat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori, professor Obidjon Xamidov kirish so‘zi bilan ochib berib, yubilyarning nafaqat Buxoro ilmiy muhiti, balki respublika miqyosidagi nufuzli o‘rniga to‘xtalib o‘tdi. Rektor ustozning ko‘p yillik sermahsul ilmiy-pedagogik faoliyati, shogirdlar tayyorlashdagi fidoyiligi va o‘zbek filologiyasining dolzarb muammolarini tadqiq etishdagi jasoratini alohida e’tirof etdi hamda muallifni yangi asarlari bilan samimiy qutladi.

Tantanali uchrashuvda so‘zga chiqqanlar olimning boy ijodiy yo‘li va o‘ziga xos ilmiy maktabi haqida universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abror Jo‘rayev, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyor Qobilov, Filologiya fakulteti dekani Guli Toirova, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Dilshod Rajabov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G. Ibrohimova, taniqli yozuvchi, “Do‘stlik” ordini sohibi Jo‘ra Fozil iliq fikrlar bildirdilar.

Tadbirning markaziy qismida professor G‘ayrat Murodovning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari va yangi kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotni “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymon mahorat bilan olib bordi.
Unda quyidagi nashrlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi:
📔 G‘. Murodovning “Abadiyat va adabiyot”, “Mohiyat va adabiyot” to‘plamlari hamda “Ishq daftari” she’riy majmuasi;
📘 Olimning shogirdi M. Farmonova bilan hammualliflikdagi “Struktural adabiyotshunoslik atamalarining izohli lug‘ati”;
📗 Adabiyotshunos faoliyatiga bag‘ishlangan “Jur’at bilan egiz qismatim” to‘plami;
📙 O. Axmatovning “Ma’rifatga sadoqat” hamda Sh. Hayitovning “Moziy bag‘ridan haqiqat izlab” asarlari.

Kechada professor G‘ayrat Murodov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, talabalar va buxorolik ijodkorlar tomonidan olimning she’rlari, unga bag‘ishlangan qasidalar o‘qildi hamda teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida “Jur’at bilan egiz qismatim” to‘plami mualliflarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’rifiy oqshom o‘zbek ilm-fani va adabiyotiga bo‘lgan yuksak ehtiromning, ustoz-shogird an’analarining bardavomligining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

Buxoro davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” va “Karyera kuni – 2026” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

2026-yil 16-aprel kuni Buxoro davlat universitetining Universal sport majmuasida Buxoro viloyatidagi davlat oliy ta’lim tashkilotlari hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” va “Karyera kuni – 2026” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir yoshlar, abituriyentlar, bitiruvchi sinf o‘quvchilari, talabalar, bitiruvchilar, ish izlovchi yoshlar hamda ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ochib berdi. U yig‘ilgan yoshlarga samimiy tilaklarini bildirib, ularning kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar, 2026/2027-o‘quv yili qabuli, kvotalar va ta’lim shakllari, universitetlarda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, infratuzilma va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.

“Karyera kuni – 2026” doirasida turli tashkilot va korxonalar vakillari ishtirokida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga mehnat bozori talablari, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha zarur ma’lumot va tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning oliy ta’lim va kelajak kasbiy faoliyatiga oid bilim hamda tasavvurlarini kengaytirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish va ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

BuxDU qizlar jamoasi xalqaro musobaqada faxrli 2-o‘rinni egalladi

Samarqand shahrida Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “CAVA Men’s and Women’s Universiade Games – 2026” xalqaro musobaqasi yakunlandi.

Mazkur nufuzli sport musobaqasida Buxoro davlat universiteti qizlar jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi yakuniy natijalar:
1. SamDU (O‘zbekiston)
2. BuxDU (O‘zbekiston)
3. Turkmaniston

BuxDU jamoasining ushbu yutug‘i talaba-yoshlarning sport sohasidagi salohiyati, jamoaviy ruhi va yuksak tayyorgarligini yana bir bor namoyon etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

BuxDUda nufuzli fan olimpiadalarining birinchi bosqichiga start berildi

Buxoro davlat universitetida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari hamda akademik litsey bitiruvchilari o‘rtasida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo hamda biologiya fanlari bo‘yicha uch bosqichli fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Marosimni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akmal Nazarov ochib berib, universitet rektori Obidjon Xamidovning ishtirokchilarga yo‘llagan bayramona tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Marosimda mas’ullar tomonidan olimpiadaning tartib-qoidalari, baholash mezonlari hamda jarayonlarning to‘liq shaffofligini ta’minlash choralari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayni damda respublikamizning turli hududlaridan kelgan bilimdon yoshlar belgilangan guruhlar kesimida maxsus tayyorlangan auditoriyalarga joylashtirilib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishga kirishdilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiadada yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar Buxoro davlat universitetiga imtiyozli asosda qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

“Robototexnika” bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

Buxoro davlat universiteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasining Sport va ta’lim robototexnikasi federatsiyasi Olimpiada ilmiy-metodik kengashi raisi Savinkov Dmitriy Vladimirovich hamkorligida talaba-yoshlar uchun qiziqarli va amaliy ahamiyatga ega “Robototexnika” master-klassi tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar robototexnikaning zamonaviy yo‘nalishlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi hamda IT va aqlli tizimlarning jadal rivojlanayotgan imkoniyatlari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar.

💡 Ayniqsa, master-klassning amaliy qismi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar mustaqil ravishda robot konstruktorlarini yig‘ib, ularga dastur yozish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

🔥 Qizg‘in va interaktiv tarzda o‘tgan ushbu tadbir talaba-yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda ularning amaliy tajribasini boyitdi.

🚀 Ushbu bilimlar talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularni innovatsion g‘oyalar sari ilhomlantirdi. Kelajak texnologiyalari aynan bugungi izlanishlardan boshlanishini his qilgan ishtirokchilar o‘z ustida ishlash va yanada katta natijalarga erishish sari qat’iy motivatsiya oldilar.

🚀 Kelajak — bilimli, izlanuvchan va yangilikka intiluvchan yoshlar qo‘lida!

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

BuxDU rektori O.Xamidovning Turkiyaga xizmat safari: xalqaro hamkorlik sari muhim qadamlar

Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov ayni kunlarda xizmat safari bilan Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turibdi. Safar dasturidan Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borish o‘rin olgan.

Joriy yilning 14-aprel kuni rektor O.Xamidov Haji Bayram Veli universiteti rektori Mehmet Naji Bostanji bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida Buxoro davlat universiteti va Haji Bayram Veli universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Mazkur hujjat akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va nashrlar, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar mobilligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, madaniy va ilmiy tadbirlarni tashkil etish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

15-aprel kuni rektor O.Xamidov Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Haji Bayram Veli universiteti, Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Yunus Emre instituti hamda Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “7-Xalqaro sayohat va turizm dinamikasi” kongressida ishtirok etdi. Mazkur kongress doirasidagi plenar sessiyada u O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida ma’ruza qildi. Ushbu taqdimot vazirlar, elchilar, rektorlar hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Xizmat safari davomida rektor O.Xamidovning Yaqin Sharq texnika universiteti (METU), Anqara universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasida qator uchrashuvlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur xizmat safari Buxoro davlat universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

17/04/2026

BuxDU rektori O. Xamidov Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Bugun universitet rektori O. Xamidov Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari, doktor Serdar Cham bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, vazir o‘rinbosarining maslahatchisi, ilgari TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga rahbarlik qilgan Ali Ihsan Chag‘lar ham ishtirok etdi. Muloqot davomida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda grant mablag‘larini jalb etish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish borasida kelishuvga erishdilar.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

BuxDU vakillari xalqaro yozgi maktabda faol ishtirok etmoqda

Germaniya Federativ Respublikasining Mannhaym shahrida joylashgan Laybnits-Nemis tili ilmiy-tadqiqot instituti (IDS) hamda O‘zbekiston Respublikasidagi nemis tili yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan ko‘p tomonlama ilmiy hamkorlik shartnomasi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universitetida Empirik germanistika yo‘nalishida tashkil etilgan Xalqaro yozgi maktab ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Mazkur xalqaro yozgi maktabda Buxoro davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi S. Xudoyev hamda Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi magistranti N. Fayzullayeva faol ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar zamonaviy ilmiy yondashuvlar, korpus lingvistikasi, matn lingvistikasi hamda nemis tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid dolzarb mavzular yuzasidan bilim va tajriba almashmoqdalar.

Mazkur ishtirok Buxoro davlat universitetida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

BuxDU vakillari Dushanbeda o‘tkazilayotgan xalqaro forumda faol ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahridagi Turizm va tadbirkorlik xalqaro universitetida “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik: Green. Digital. Smart” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forum doirasida Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti “Yurisprudensiya” kafedrasi dotsenti Zavqiddin Amonov ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etib, bugungi k***a jahon miqyosida keng muhokama qilinayotgan kriptoaktivlar, elektron pullar va bitkoinlar muomalasi jarayonida inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ushbu sohani milliy qonunchilik hamda xalqaro huquqiy normalar asosida tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, forum doirasida universitetning yurisprudensiya fakulteti talabalari uchun mamlakatimiz qonunchiligi nazariyasiga bag‘ishlangan ma’ruza ham tashkil etildi.

Mazkur xalqaro konferensiya Markaziy Osiyo mamlakatlari huquqshunoslarini bir maydonga jamlab, o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy huquqiy yondashuvlar yuzasidan fikr yuritish uchun muhim muloqot maydoniga aylanmoqda. Unda 52 ta davlatdan mutaxassislar va soha olimlari ishtirok etmoqda.

Konferensiya doirasida chop etiladigan maqolalar to‘plamida BuxDU vakilining ma’ruzasi rus va ingliz tillarida nashr etildi.

Shuningdek, forum davomida universitet rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda Buxoro davlat universitetining huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda talabalar akademik mobilligi doirasida kelgusida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Photos from Buxoro davlat universiteti's post 17/04/2026

BuxDU va Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Buxoro davlat universiteti hamda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti o‘rtasida ilmiy va ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.

Shu maqsadda BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti rahbariyati, jumladan, fakultet dekani hamda kafedra mudirlari Qozog‘iston Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetning Biologiya va biotexnologiya fakultetida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar davomida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari zamonaviy ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularda olib borilayotgan innovatsion tadqiqotlarni ko‘zdan kechirdilar. Bu esa kelgusida qo‘shma ilmiy ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Want your school to be the top-listed School/college in Buxoro?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Muhammad Iqbol Ko`chasi 11 Uy
Buxoro
100011