Jasur Latipov
Ustozlik - mening faxrim
Men Latipov Jasur Laziz o‘g‘li 1993-yilda Romitan tumanida tug‘ilganman. 2015-yildan boshlab tumanning 41-IDUMida tarix fanidan dars beraman.
Maktabdagi 6 yillik mehnat faoliyatim mobaynida bilimim, malakamni rivojlantirdim. Mehnatkash, mehribon ustozlar qurshovida ularga munosib hamkasb bo‘lishga intildim. Ularning yutuqlaridan ilhomlandim. Muvaffaqiyatlarimni ular bilan baham ko‘rishga harakat qildim. Shogirdlarimning ilmga chanqoq ko‘zlariga boqib, har qanday charchoqlar, horg‘inliklarni yenga olishni o‘rgandim.
So‘nggi besh yillik faoliyatim davomida men ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga erishdim. Yuzdan ziyod o‘quvchilarim 11-sinfni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ydilar. Ularning aksariyati oliy ta’lim muassasalarida o‘qish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Men ustoz sifatida bergan tarbiyamiz o‘z samarasini ko‘rsatishi, ularning Vatan, jamiyat uchun fidokor shaxs, yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga ishonaman. Maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq ko‘plab shogirdlarim tuman olimpiadalarining g‘oliblariga aylanib, viloyat bosqichida ham yuqori natijalarga erishgan edilar. Yana o‘nlab boshqa shogirdlarim turli ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egalladilar.
Shaxsiy pedagogik faoliyatimda ham bir qator yutuqlarga erishdim. “Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi, “Eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Eng yaxshi metodik tavsiya” ko‘rik-tanlovlarining viloyat bosqichlarida bir necha marotaba qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. Turli respublika, viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda hakamlik vazifalarini bajarish uchun tavsiya etildim. Mehnat faoliyatim jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi. Ish tajribam “Elektron xaritalar va ularning yordamida tarix darslarini tashkil etish” nomli metodik qo‘llanmasi shaklida viloyat va respublika miqyosida ommalashtirildi. Bu yutuqlarning barchasi tinimsiz mehnat, pedagogik jamoamning qo‘llovi tufayli qo‘lga kiritildi.
Ilmiy ijodda ham faoliyatim kengayib bormoqda. Ushbu yillarda “Mo‘g‘ullar istilosi va temuriylar davrida dinlararo munasabat”, “Arkanaqun eposi va uning tarixiy ildizlari” nomli ilmiy risolalarim, “Xitanlar: davlatchilik sari yo‘l” nomli monografiyam hamda 30 dan ziyod ilmiy maqola va tezislarim nashr yuzini ko‘rdi. O‘nga yaqin respublika, xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etdim, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qildim.
Mustaqilligimizning 30 yilligi tantanalarida tashkil etilayotgan bu kabi tanlovlar, rag‘batlantirishlar biz kabi pedagoglar uchun yangidan-yangi ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida ham ta’lim, fan, madaniyat sohlari rivoji uchun xizmat qilishdan to‘xtamayman.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
41 - IDUM
Romitan tuman 41-IDUM
Want your school to be the top-listed School/college in Bukhara?
Click here to claim your Sponsored Listing.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Website
Address
Romitan Tuman, Amir Temur Ko'chasi, 79
Bukhara
JASUR_XON@