07/10/2022
☺️ Assalom alaykum hurmatli, qalbi quyosh, ustozlarim!
Men "Jahon tillari universiteti"ga davlat granti asosida kirib, talaba bo'lishdek baxtga sazovor bo'ldim. Bunday natijaga erishishda mening ustozlarimni mashaqqatli mehnatlarining samarasini ko'p deb bilaman.
Men o'qishga kirgan zahotim "Salimov akademiyasi"da ta'lim olib adashmaganimga yana bir bor amin bo'ldim. Bu pedagogik jamoada o'z ishining yetuk mutaxassislari, yoshlarni to'g'ri yo'lga yo'naltira oladigan ustozlarning borligi meni juda-juda quvontiradi. Men mana shunday baxtli kunlarga erishganim uchun "Salimov akademiyasi"dagi barcha ustozlarimdan umrbod minnatdorman!
Ular ta'lim berayotgan yosh avlod har doim respublikamiz oliygohlarida faxrli o'rinlarda turishligiga ishonchim komil!
🎓 Salimov Akademiyasi - muvaffaqiyat kaliti!
Obuna bo'ling