Bukhara Presidential School

Bukhara Presidential School Buxoro shahridagi Prezident Maktabining rasmiy Facebook kanali

   🌱   | navbatdagi nomzodimiz bilan tanishing! 🌍Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahridagi Prezident maktabida Eco-pr...
21/09/2026




🌱 | navbatdagi nomzodimiz bilan tanishing! 🌍

Avval xabar berganimizdek, Buxoro shahridagi Prezident maktabida Eco-prezidentlik uchun nomzodlarni qabul qilish jarayoni boshlandi. ♻️

✨ Navbatdagi nomzodimiz — 10-sinf o‘quvchisi Luqmonova Feruza o‘zining taqdimoti bilan ishtirok etdi.

💚 Eco-prezidentlik — bu nafaqat lavozim, balki tabiatga mas’uliyat, tashabbuskorlik va o‘zgarishlarga yetakchilik qilish imkoniyatidir!

📌 Barcha nomzodlarimizga omad tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

🌱 Eco Schools Uzbekistan: ekologik ta’lim sari muhim qadam! 🇺🇿Bugungi tonggi speech Buxoro shahridagi Prezident maktabid...
09/09/2026

🌱 Eco Schools Uzbekistan: ekologik ta’lim sari muhim qadam! 🇺🇿

Bugungi tonggi speech Buxoro shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 🇺🇿

Shundan so‘ng ustozlar va o‘quvchilarga “Eco Schools Uzbekistan” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi. 🌍

Speech davomida loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, erishilgan yutuqlari, shuningdek, maktablarda ekologik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarni atrof-muhitni asrashga faol jalb etish yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, xalqaro miqyosda ekologik ta’lim va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi “Green Flag” — Yashil bayroq dasturi hamda uning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. 🟢🏳️

✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

 🌱 BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA ECO-MONTH E’LON QILINDI! 🌍Tabiatni asrash — bugungi kunning muhim vazifalaridan...
09/09/2026



🌱 BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA ECO-MONTH E’LON QILINDI! 🌍

Tabiatni asrash — bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Shu maqsadda Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco-Month” ekologik oyligiga start berildi.

🌿 Bir oy davomida maktabimizda o‘quvchilarning ekologik bilimlarini oshirish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga e’tibor qaratiladi.

🎙️ Speech Time jarayonlarida o‘quvchilarga ekologiya, iqlim o‘zgarishi, tabiatni asrash va barqaror kelajak haqida qiziqarli hamda foydali ma’lumotlar muntazam taqdim etib boriladi.

✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

PresidentSchool Bukhara

🌅 Tonggi nutq — buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishdan boshlanadi! 📚✨Yangi o‘quv yilidan boshlab Buxoro shahridagi Pre...
09/09/2026

🌅 Tonggi nutq — buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishdan boshlanadi! 📚✨

Yangi o‘quv yilidan boshlab Buxoro shahridagi Prezident maktabida sinflarga yurtimizning buyuk allomalari, olimlari va ilm-fan namoyandalarining nomlari berildi.

Shu munosabat bilan har kuni ertalabki “Tonggi nutq” jarayonida o‘quvchilar o‘z sinflariga nomi berilgan buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy faoliyati va bebaho merosi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etib bormoqdalar. 🇺🇿

🌟 Bugungi tonggi nutqda 6-“Mirzo Ulug‘bek” sinfining 1-guruh o‘quvchilari buyuk astronom, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning hayoti hamda ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan mazmunli taqdimot namoyish etdilar.

✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

   🇺🇿 “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi”Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Kelajak soati” mazmunli va ta...
07/09/2026



🇺🇿 “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi”

Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Kelajak soati” mazmunli va tarbiyaviy ruhda tashkil etildi.

Ushbu “Kelajak soati”ni maktab direktori va direktor o‘rinbosarlari shaxsan olib bordilar. Shuningdek, barcha sinflarda sinf rahbarlari tomonidan ham “Kelajak soati” tashkil etildi.

O‘tgan haftadagi “Kelajak soati” davomida o‘quvchilarga oilaviy qadriyatlar va oilaning inson hayotidagi o‘rni haqida topshiriqlar berilgan bo‘lib, o‘quvchilar ushbu mavzuni o‘z oilalari bilan muhokama qilib, o‘z fikr va xulosalarini bugungi “Kelajak soati”da o‘rtoqlashdilar.

“Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusi doirasida mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, oilaviy qadriyatlar va Vatanga sadoqat kabi muhim tushunchalar haqida fikr almashildi.

✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

  Samarqandda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘...
06/09/2026


Samarqandda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiyadan kelgan 100 ga yaqin yosh ekofaollar va ekspertlarni birlashtirgan iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar konferensiyasi — “RCOY Central Asia 2026” o‘z ishini boshladi.

Yoshlarning “RCOY Central Asia 2026” uchinchi submintaqaviy konferensiyasi “Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Konferensiya doirasida davlat siyosati masalalariga bag‘ishlangan ekspert sessiyalari va muhokamalar, amaliy seminarlar, davlat organlari vakillari bilan muloqotlar, madaniy almashinuvlar, shuningdek, yoshlarning iqlim tashabbuslari va “yashil” innovatsiyalariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.

📌Ma’lumot o’rnida konfrensiyada Buxoro shahridagi Prezident maktabi pedagogi Rayimova.N.B va 9-sinf o’quvchisi Axtamov Akbar ishtirok etdi.

✅ Bukhara Presidential School held an award ceremony recognizing the top academic achievers of the 2025–2026 academic ye...
04/09/2026

✅ Bukhara Presidential School held an award ceremony recognizing the top academic achievers of the 2025–2026 academic year.
🏅 Top 10 STEM Achievers
🏅 Top 10 Overall Academic Achievers

Congratulations to all the awardees on their well-deserved success!

✅ Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

🔔 Buxoro shahridagi Prezident maktabida birinchi qo’ng’iroq yangradi!Bugun, 2-sentyabr kuni maktabimizda yangi 2026/2027...
02/09/2026

🔔 Buxoro shahridagi Prezident maktabida birinchi qo’ng’iroq yangradi!

Bugun, 2-sentyabr kuni maktabimizda yangi 2026/2027-o’quv yili tantanali ravishda boshlandi. Saflarimizga ikki bosqichli saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan yangi 5-sinf o’quvchilari qo’shildi. 🎉

Iqtidorli farzandlarimiz STEAM yo’nalishidagi fanlarni ingliz tilida, zamonaviy sharoitlarda o’rganishni davom ettiradi. Maqsadimiz o’zgarmas — xalqaro olimpiadalarda g’olib bo’ladigan, dunyoning eng nufuzli universitetlariga kira oladigan yetakchilarni tarbiyalash! 🚀

Barcha o’quvchi va ustozlarimizga yangi o’quv yilida yuksak marralar tilaymiz. Yangi o’quv yili muborak bo’lsin! ✨

     🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR, YANGI MAQSADLAR VA YANGI IMKONIYATLAR!Buxoro shahridagi Prezident maktabida ya...
02/09/2026


🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR, YANGI MAQSADLAR VA YANGI IMKONIYATLAR!
Buxoro shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 5-sinf o‘quvchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🎉
✨ Maktabimizning yangi o‘quvchilari uchun unutilmas kun yana bir quvonchli voqea bilan boshlandi — ularga Prezidentimiz sovg‘asi — zamonaviy netbuklar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu qimmatbaho sovg‘a o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishlariga xizmat qiladi.
🌱 Tadbir davomida bu yilgi ezgu shiorimiz — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi atrofida fikrlar bildirildi. Vatanga muhabbat, birlik, hamjihatlik va kelajak sari dadil intilish tadbirning bosh mazmunini tashkil etdi.
🎓 Tadbirda maktab direktori Allanazarova D.S. so‘zga chiqib, o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar bilan o‘quvchilar, ustozlar va butun maktab jamoasini samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida oldimizda turgan ulkan maqsadlar, ustuvor vazifalar va kelajakdagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
💫 Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi marralar, katta yutuqlar va yorqin kelajak sari dadil qadamlar yili bo‘lsin!
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq — birgalikda yangi kelajak yaratamiz!

✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

 ⚡️ Buxoro shahridagi Prezident maktabining 9-Blue sinfi o‘quvchisi Aminjon Yarashov xalqaro IELTS imtixonida ajoyib nat...
02/09/2026


⚡️ Buxoro shahridagi Prezident maktabining 9-Blue sinfi o‘quvchisi Aminjon Yarashov xalqaro IELTS imtixonida ajoyib natija qayd etib, umumiy 7.0 ballni qo‘lga kiritdi! 🎉👏
🌟 Bu yuqori natija — uning bilimi, mehnati, qat’iyati va ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan kuchli intilishining yorqin natijasidir.
🏆 Aminjonni ushbu katta yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelgusida unga yanada ulkan marralarni zabt etish, yangi g‘alabalar va bundan-da yuqori natijalarni tilaymiz. Ishonamizki, bu hali ko‘plab muvaffaqiyatlarning boshlanishi!

✅Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

Address

Bukhara

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Bukhara Presidential School posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category