Buxoro innovatsiyalar universiteti

Buxoro innovatsiyalar universiteti

Share

Zamonaviy ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi

13/06/2026

Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori Ruziyeva Dilnoz Isomjonovnaning “Boshqaruv, sifat va ijtimoiy transformatsiya” nomli maqolasi “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 119-sonida chop etildi

2026-yil 13-iyun kuni chop etilgan “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 119-sonida Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ruziyeva Dilnoz Isomjonovnaning “Boshqaruv, sifat va ijtimoiy transformatsiya” nomli mualliflik maqolasi e’lon qilindi.
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimidagi zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, ta’lim sifati, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda universitetlar oldida turgan dolzarb vazifalar xususida fikr yuritilgan. Maqolaning nufuzli respublika nashrida chop etilishi Buxoro innovatsiyalar universiteti ilmiy salohiyati va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasining yana bir e’tirofi hisoblanadi.

12/06/2026

TOEFL iBT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun maxsus imkoniyat: Buxoro innovatsiyalar universitetida 50% gacha grantni qoʻlga kiritib talaba boʻling!

100+ ball — 50% GRANT
80 – 99 ball — 30% CHEGIRMA
60 – 79 ball — 15% CHEGIRMA

Roʻyxatdan oʻtish: qabul.bui.uz
Biz bilan bogʻlanish: +998553075000

12/06/2026

CEFR sertifikatiga ega abituriyentlar uchun maxsus imkoniyat: Buxoro innovatsiyalar universitetida 100% gacha grantni qoʻlga kiritib talaba boʻling!

C1+ daraja — 100% GRANT
B2 daraja — 50% GRANT
B1 daraja — 20% CHEGIRMA

Roʻyxatdan oʻtish: qabul.bui.uz
Biz bilan bogʻlanish: +998553075000

11/06/2026

IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar uchun maxsus imkoniyat: Buxoro innovatsiyalar universitetida 100% gacha grantni qoʻlga kiritib talaba boʻling!

7.0+ ball — 100% GRANT (bepul oʻqish)
6.0 – 6.5 ball — 50% GRANT
5.0 – 5.5 ball — 20% CHEGIRMA

Roʻyxatdan oʻtish: qabul.bui.uz
Biz bilan bogʻlanish: +998553075000

Photos from Buxoro innovatsiyalar universiteti's post 06/06/2026

Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi

Buxoro innovatsiyalar universitetining Guliston kampusida ilm-fan va taʼlim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan “Innovatsion yondashuvlar va pedagogik nazariya amaliyoti: Ta’lim sifatini oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda yuzdan ortiq mahalliy va xorijiy yetakchi olimlar, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolari, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va ilg‘or metodikalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida so‘zga chiqqan ma’ruzachilarning chiqishlari tizimni yanada takomillashtirish hamda ta'lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish bo‘yicha muhim amaliy taklif va yechimlarni taqdim etdi.

Anjuman yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Shu bilan birga, xalqaro konferensiyaning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan, o‘zining sermazmun ma’ruzalari hamda tashabbuslari bilan ajralib turgan bir guruh faol ishtirokchilar universitet rektori Ro‘ziyeva Dilnoz Isomjonovna tomonidan alohida e’tirof etilib, tantanali ravishda “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandilar.

Photos from Buxoro innovatsiyalar universiteti's post 03/06/2026

Buxoro innovatsiyalar universitetida nufuzli konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Buxoro innovatsiyalar universitetida “Zamonaviy fan va ta’lim: innovatsion yondashuvlar, raqamli transformatsiya va ilmiy tadqiqotlar” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Anjumanning ochilish marosimida universitet strategiyalar bo‘yicha birinchi prorektori Shavkat Safarovich Sharipov kirish so‘zi bilan chiqib, tadbirlarni ochiq deb e’lon qildi. Sh.S.Sharipov o‘z nutqida mazkur xalqaro konferensiya zamonaviy fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislar, olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilar o‘rtasida tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyat yaratishini qayd etdi.

Kunning birinchi yarmida tashkil etilgan yalpi majlis doirasida xalqaro va mahalliy ma’ruzachilarning chiqishlari tinglandi. Dastlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, professor Abira Huseynova “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda oilaviy qadriyatlarning o‘rni” mavzusida, so‘ngra Belarus milliy texnika universiteti dotsenti Anna Romanova muhandis-pedagoglarni tayyorlashda tarmoqli hamkorlik shakllari borasida ma’ruza qildi. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xodimi Jasur Ramazonov davlat dasturlarining xalq taraqqiyotidagi o‘rni haqida to‘xtalgan bo‘lsa, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Dushanbe filiali professori Svetlana Balxova tilshunoslikning dolzarb masalalarini tahlil qildi. Shuningdek, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi Sunnatjon Axatov jadidchilik harakatida yoshlar tarbiyasining tarixiy asoslarini, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori Muxtar Ermekbaev boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarni va Buxoro davlat universiteti professori Alijon Hamroyev zamonaviy ta’lim paradigmalari hamda tendensiyalarini yoritib berishdi. AQShning Missuri universiteti o‘qituvchisi Matt Sveum mikroiqtisodiyot nazariyasi va uning qo‘llanilishiga to‘xtaldi. Universitetimiz vakillaridan dotsent Aziza Ikramova ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanishning pedagogik asoslari, professor Zebiniso Ahmadova globallashuv sharoitida ijtimoiy siyosat shakllanishi, 2-bosqich talabasi Ruxshona Asadova esa Cho‘lpon nasrida ayol obrazi evolyutsiyasi mavzularida batafsil chiqish qilishdi.

Photos from Buxoro innovatsiyalar universiteti's post 02/06/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-120-sonli qarori ijrosi yuzasidan Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston kampusida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida talaba-yoshlar uchun “Mustaqillik soati” o‘quv mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Photos from Buxoro innovatsiyalar universiteti's post 01/06/2026

Xalqaro test natijasi egalari uchun maxsus imkoniyat!

Buxoro innovatsiyalar universitetida 100% gacha chegirmani qo'lga kiritib talaba bo'ling!

Roʻyxatdan oʻtish: qabul.bui.uz
Biz bilan bogʻlanish: +998553075000

Photos from Buxoro innovatsiyalar universiteti's post 01/06/2026

AQShning Missuri universiteti olimi ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Buxoro innovatsiyalar universitetida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish maqsadida navbatdagi yuqori darajadagi seminar tashkil etildi. Universitetning "Iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalar" kafedrasida dunyoning yetakchi 1000 ta oliy taʼlim muassasasi qatoriga kiruvchi AQShning Missuri universiteti (University of Missouri) bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Mashhur nufuzli universitetning taniqli olimi Mettyu Sveum (Matthew Sveum, PhD) tomonidan olib borilgan ushbu tadbirda zamonaviy iqtisodiy tadqiqotlar metodologiyasi, nufuzli xalqaro ilmiy nashrlar uchun maqolalar tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari hamda ikki universitet oʻrtasidagi qoʻshma ilmiy loyihalar va akademik almashinuv istiqbollari chuqur muhokama qilindi.

Tadbir davomida kafedra professor-oʻqituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar xorijiy olim bilan oʻz ilmiy izlanishlari va hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha faol fikr almashish imkoniyatiga ega boʻldilar. Interaktiv tarzda o‘tgan munozaralarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, xalqaro tajriba asosida ilmiy salohiyatni yuksaltirish bo‘yicha muhim tavsiyalarga ega bo‘lishdi. Seminar yakunida Buxoro innovatsiyalar universiteti va Missuri universiteti vakillari o‘zaro manfaatli qoʻshma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda qo‘shma loyihalarni faol davom ettirish boʻyicha rasmiy kelishuvga erishdilar.

Want your school to be the top-listed School/college in Bukhara?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address


Bukhara
200130

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 15:00