22/09/2025
🎓 BITIRUV MAROSIMI — 2025 🎓
Hurmatli hamjamiyat a’zolari!
Joriy yilning 19-sentabr kunida universitetimizda 2025-yil bitiruvchilariga diplomlar topshirish tantanali marosimi bo’lib o’tdi.
Marosimda oliy ta’lim muassasamizning rektori Magdalena Stryja shaxsan ishtirok etib:
«Sizlarning har biringizning mehnat va sa’y-harakatlari natijasida bugungi k***a diplomlaringizni qo’lga kiritdingiz va men sizlar bilan chin dildan faxrlanaman. Professional hayotingizda ham shu kabi qat’iyat va matonat bilan oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishishingizga ishonaman!»
— deb bitiruvchilarga ilhomli so’zlar bilan murojaat qildi.
💫 Marosim yuqori tashkiliy saviyada, issiq muhit va tantanali kayfiyatda yakunlandi.
🎯 Bitiruvchilarimizning yorqin kelajagi va professional faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga chin dildan ishonch bildirmoqchimiz!
🌟 Muvaffaqiyat sizning hamrohingiz bo’lsin!