Muhammad Yusuf ijod maktabi

Muhammad Yusuf ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf ijod maktabi

O‘quvchilar ijodidan O‘rikJahli chiqib shamolni birdan, Quvib keldi yaproqchalarni. Do‘q- po‘pisa etib o‘rikka, Meva qil...
08/07/2024

O‘quvchilar ijodidan

O‘rik

Jahli chiqib shamolni birdan,
Quvib keldi yaproqchalarni.
Do‘q- po‘pisa etib o‘rikka,
Meva qildi yo‘lakchalarni.

Ona daraxt boshlarin egib,
Yig‘lagudek tikildi yo‘lga.
Sizni shoxda pishiraman deb,
Bermagandim bahorda do‘lga.

Bizga lekin bayram bo‘ldi zo‘r.
O‘rik sayli boshlandi birdan.
Quvvat berdik yurakka shu kun,
O‘rikxo‘rlik qildik chin dildan.

Rahmat aytib keksa o‘rikka,
Tozaladim yo‘lakchalarni.
Qishda chaqib yeymanda, deya,
Yig‘ib qo‘ydim danakchalarni.

✍Qahramonjonova Ziyoda
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉

Hazrat Navoiy 583 yoshdaSo‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rgani...
08/02/2024

Hazrat Navoiy 583 yoshda

So‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavallud topganiga 583 yil to‘ladi.

Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilyapti.

Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Navoiyni eslab” mavzusida tashkil etilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, adabiyotshunoslar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijodkor o‘quvchilarning badiiy chiqishlari, "Hayrat ul Abror" dostonidan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi. O‘quvchilar tomonidan Navoiy ijodidan g‘azallar, ruboiylar, hikmatli so‘zlar o‘qildi. Ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan "Yosh musavvirlarlar" to‘garagi a'zolari tomonidan Navoiy siymosi yaratildi.

Shu bilan birga 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Navoiy asarlari bilimdoni" mavzusida bellashuv o‘tkazildi. Badiiy kechada faol ishtirok etgan o‘quvchilarga maktab direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉

 “Kokand unieversity'' Andijon filialida “Alisher Navoyi ma’naviyat quyoshi” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.Tadbirda ...
07/02/2024



“Kokand unieversity'' Andijon filialida “Alisher Navoyi ma’naviyat quyoshi” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari ishtirok etib, Navoiy asarlari asosida sahnalashtirgan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab iaxborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉

Address

Andijon Shahar Amir Temur Ko'chasi 26
Andijan

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Muhammad Yusuf ijod maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category