Uzbek American Association of Chicago

Uzbek American Association of Chicago

Share

Official page of Uzbek Cultural Center Uzbek Cultural Center

06/07/2026

BIZ SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ AZİZ YOSHLARIMIZ!
O’zbek-Amerikalik Maktab O’quvchilari 2026-yilgi MilliyCEF You Be The Solution bellashuvida g‘olib bo‘ldi
AQShda o’tkazilgan aniq fanlar bo’yicha olimpiadada O’zbek-Amerikalik maktab o’quvchilaridan tashkil topgan guruh eng birinchi o’rinni egallab, 16,000 dollarlik yutuqni qo’lga kiritdi. Musobaqa CEF in STEM (Ilm-fan, Texnologiya, Muhandislikva Matematika Sohasida Maftunkor Kelajakni Yaratish)tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, bu yilgi olimpiada mavzusi “Siz yechim bo‘lasiz” shiori ostida tashkil etildi. Tanlovning asosiy maqsadi mahalliy hamjamiyatni yaxshilash uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqish orqali yoshlarni ijtimoiy muammolarga e’tiborini qaratishdan iborat edi.
Joriy yilgi "Challenge" davrida hududiy va virtual tanlovlar orqali AQShdagi 5–8-sinf o‘quvchilaridan 13 ming nafari ishtirok etdi. Musobaqa yakunida eng yaxshi beshta jamoa aniqlandi va final bosqichida qatnashish uchun Texas shtatining Hyuston shahriga taklif qilindi. Pensilvaniya, Michigan, Vashington, Massachusets shtatlaridan kelgan jamoalar orasida Illinoys shtatidan qatnashgan PlaqueTracker jamoasi vakillari -Nasima, Abdulrahmon, Umarbek va Saliha musobaqaning mutlaq g‘oliblari deb topildi. Jamoa global og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi muammosini hal qilishga qaratilgan innovatsion yechimi bilan birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbek-amerikalik farzandlarimizning ushbu innovatsion g‘oyasi CEF in STEM tashkilotchilari va hakamlar hayati tomonidan yuqori baholandi. Ular loyiha haqida quyidagi fikrlarni bildirdilar:
“PlaqueTracker jamoasining loyihasi dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismiga ta’sir qiluvchi global og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi muammosini hal etishga qaratilgan innovatsion yechim sifatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa barqaror kimyo va real vaqt tahlilini uyg‘unlashtirib, ko‘zga ko‘rinmas qarashni (plakani) zarar yetkazmasdan erta aniqlash usulini yaratdi va shu orqali tishlarni har kuni yuvish odatini ma’lumotlarga asoslangan profilaktik missiyaga aylantirdi.”

Ingliz tilidagi m’alumot uchun, CEF in STEM web sahifasiga murojaat qiling.
https://www.cefinstem.org/whats-new/plaquetracker-from-illinois-wins-the-2026-national-cef-you-be-the-solution-challenge/

04/27/2026

🇺🇿 Diqqat, aziz Chikagodagi o‘zbeklar!

Biz O‘zbekiston nomidan Skokie Festival of Cultures festivalida qatnashamiz
📍 Oakton Park
Sana: 16–17 May, 2026
Vaqt: 11:00 – 18:00

Bizning milliy stendimiz festival davomida har ikki kun to‘liq ishlaydi (11:00 da boshlanadi )

Kelinglar, O‘zbekistonimizni birga tanishtiraylik 🇺🇿
Milliy taomlar, madaniyat, raqs va urf-odatlarimiz bilan qatnashamiz!
Do‘stlar, oilangiz bilan keling, qo‘llab-quvvatlang!
Birgalikda yanada chiroyli muhit yaratamiz!

O‘zbekiston nomidan birlashaylik!
’urur

03/29/2026
12/24/2025

Aziz do‘stlar!

Sizdan Chikago O‘zbek Amerika Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz. Sizning ovozingiz orqali biz o‘zbek jamiyatini yanada rivojlantirib, ko‘proq tadbirlar, bayramlar, madaniy uchrashuvlar, maktablar va jamoat loyihalarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

👉 Ovoz berish uchun https://t.me/Vatandoshlar_fond (yoki ) telegram guruhiga qo‘shiling va ro‘yxatda birinchi bo‘lib turgan Chicago Uzbek American Association uchun ovoz bering. Ovoz berish tugmalari guruh ichida mavjud. Har bir ovoz juda muhim!

--------------------------------------------------------------------------

Friends, we need your support!

Please take a moment to vote for the Uzbek American Association of Chicago. Your vote will help us continue and expand our support for the Uzbek community by organizing more events, holiday celebrations, cultural programs, schools, and community initiatives for our families and future generations.

👉 To vote, join the https://t.me/Vatandoshlar_fond (or ) telegram group and select Uzbek American Association of Chicago (it’s listed first). The voting buttons are available in the group.

Telegram: Contact @Vatandoshlar_fond

12/24/2025

Aziz do‘stlar!

Sizdan Chikago O‘zbek Amerika Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz. Sizning ovozingiz orqali biz o‘zbek jamiyatini yanada rivojlantirib, ko‘proq tadbirlar, bayramlar, madaniy uchrashuvlar, maktablar va jamoat loyihalarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

👉 Ovoz berish uchun https://t.me/Vatandoshlar_fond (yoki ) telegram guruhiga qo‘shiling va ro‘yxatda birinchi bo‘lib turgan Chicago Uzbek American Association uchun ovoz bering. Ovoz berish tugmalari guruh ichida mavjud. Har bir ovoz juda muhim!

--------------------------------------------------------------------------

Friends, we need your support!

Please take a moment to vote for the Uzbek American Association of Chicago. Your vote will help us continue and expand our support for the Uzbek community by organizing more events, holiday celebrations, cultural programs, schools, and community initiatives for our families and future generations.

👉 To vote, join the https://t.me/Vatandoshlar_fond (or ) telegram group and select Uzbek American Association of Chicago (it’s listed first). The voting buttons are available in the group.

Photos from Uzbek American Association of Chicago's post 12/14/2025

13-dekabr kuni New Jersidagi Amerika- Turkistonliklar jamiyati markazida AQShdagi o’zbek jamiyatlari o’rtasida “Zakovat” intellectual o’yinlari musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqada Chikagodan “Optimist” ayollarimiz jamoasi hamda “Movoraunnahr” yigitlar jamoasi ishtirok etdi. Qiziqarli o’tgan bu bellashuvda “Optimist” guruhi 10 ta jamoa o’rtasidan faxrli 3-o’rinni egallashdi.

Ushbu g’alaba bilan Shahnoza Jo’raqulova boshliq jamoani va barcha chikagoliklarni Muborakbod etamiz. Balli qizlar!
Chikago O’zbek Amerika jamoasi ma’muriyati.
----------------------------------------------------------------------
On December 13, an intellectual game competition called “Zakovat” was held among Uzbek community organizations in the United States at the American–Turkestan Society Center in New Jersey.

Teams participating from Chicago included the “Optimist” women’s team and the “Movarounnahr” men’s team. In this exciting competition, the “Optimist” team proudly took 3rd place among 10 teams.

We congratulate the team led by Shahnoza Joraqulova on this achievement, as well as all Chicago residents. Well done, girls!

Photos from Uzbek American Association of Chicago's post 09/05/2025

On August 31st, our community came together in Aurora, IL to celebrate the 34th Anniversary of Uzbekistan’s Independence. The event was filled with joy, laughter, and unity — from delicious Uzbek dishes, exciting games of chess and tug-of-war, to national music, dances, and fun activities for children.

We were especially proud to see so many families and children in beautiful national attire, adding bright colors to our cultural celebration. A heartfelt thank you to everyone who joined and supported this event. Together, we honored our independence, heritage, and the strong bonds within our Uzbek-American community.

Special thanks to our guests:
T.C. Şikago Başkonsolosluğu/Turkish Consulate General in Chicago
Aurora Illinois Police Department
Village of Plainfield IL - Government
Birg Law
TM Accountant
AIST Safety Consulting

---------------------------------
31-avgust kuni Aurorada, IL shahrida vatandoshlarimiz birgalikda O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligini keng nishonladik. Tadbirda milliy taomlar, shaxmat, arqon tortish kabi qiziqarli musobaqalar, milliy qo‘shiqlar va raqslar, shuningdek bolalar uchun o‘yinlar va sovg‘alar bo‘ldi.

Eng quvonarlisi, ko‘plab oilalar va yoshlarimizning milliy kiyimlarda kelib, bayramga yanada o‘zgacha fayz bag‘ishlaganlari edi. Ushbu bayramni birgalikda yanada yorqin qilgan barcha yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Mustaqillik va milliy qadriyatlarimizni birgalikda nishonlash — bizning faxrimizdir!

Photo credits:
Alena Toropov
RaMedia Incorporate
Rufat Abdullayev

Photos from Uzbek American Association of Chicago's post 09/04/2025

♟️🇺🇿 Shaxmat musobaqasi g‘oliblari 🇺🇿♟️
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan piknik doirasida yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda iste’dodli yoshlarimiz o‘z mahoratini namoyish etdi.

🏆 G‘oliblar:
1️⃣ Diyorbek Takhirov
2️⃣ Soliha Nurmukhammad
3️⃣ Abdurahmon Yuldash

Ular qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Barcha ishtirokchilarga tashakkur aytamiz va g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! 👏✨

Photos from Uzbek American Association of Chicago's post 09/04/2025

Bizning Chikago O‘zbek–Amerika jamiyatimizning faol a’zosi, professional oshpaz Jasur Khusanov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab Nyu-Jersi shtatida o‘tkazilgan an’anaviy Osh musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🎉🇺🇿

Barcha Chikagodagi vatandoshlar nomidan Jasurbekni samimiy muborakbod etamiz.

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, Jasurbek — biz Siz bilan faxrlanamiz! 👏✨

Photos from Uzbek American Association of Chicago's post 08/31/2025

We had the honor of attending the Victory Day Commemoration Event at the Consulate General of the Republic of Türkiye in Chicago as a board members of the Uzbek American Association of Chicago.
It was also a great honor to meet the newly appointed Consul General, Mr. Atatanir, and wish him success in his new role. 🇹🇷🇺🇿
-----------------------------------------------------------------
Chikagodagi Turkiya Respublikasining Bosh konsulligida bo‘lib o‘tgan G‘alaba kuni tantanali tadbirida, Chikago O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi boshqaruv a’zosi sifatida ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldik.
Shuningdek, yangi tayinlangan Bosh konsul janob Atatanir bilan tanishish va ularga faoliyatlarida omad tilash biz uchun katta sharaf bo‘ldi. 🇹🇷🇺🇿

T.C. Şikago Başkonsolosluğu/Turkish Consulate General in Chicago

Want your school to be the top-listed School/college in Elgin?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address


1111 Van Street
Elgin, IL
60123