Academy_IAHXIBA

Academy_IAHXIBA Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Bilimlari Akademiyasi - Dinimizni birgalikda o’rganamiz! BIZ KIMMIZ? TA'LIM DARAJALARI
• Ta'lim to'rt bosqichdan iborat.

Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Bilimlari Akademiyasi - Imomi A'zam mazhabi asosida, mo’tadillik doirasida o’zbek tilida so’zlashuvchilarga Islomiy bilimlarni yetkazish, shuningdek, tinchlik, bag'rikenglik va madaniyatlararo muloqot qadriyatlarini targ’ib etuvchi, Internet yordamida yetishib kelayotgan yoshlar orasida jamiyat va vatan oldidagi mas’uliyatni mustahkamlashga qaratilgan yuqori sifat sta

ndartlariga ega ta’lim muassasasidir. NUQTAI NAZARIMIZ
Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Bilimlari Akademiyasining nuqtai nazari Internet tarmoqlari vositasida o'zbek tilidagi Islomiy bilimlarni o’qitishda peshqadam bo’lishdan iboratdir. MISSIYAMIZ
Akademiyamiz malakali kadrlari, zamonaviy ta'lim boshqaruvi, mo'tadil yondashuv va rag'batlantiruvchi ta'lim muhiti bilan tashkilotchilkning yuqori faoliyati hamda ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda o'zbek tilida so'zlashuvchilar orasida islomiy bilimlarini tarqatishga intilmoqda. MAQSADLARIMIZ
• Islomiy bilimlarni tarqatish.
• Shar’iy ilmlarning o’zlashtirilishini osonlashtirish va bu yo’ldagi to’siqlarni bartaraf etish.
• islomiy bilimlarni o’qitishda Internet va texnologiyalardan unumli foydalanish.
• Internet tarmoqlarida global ta’lim sifat standartlariga javob beruvchi o’zbek tilidagi ta’lim platformasini barpo etish. QADRIYATLARIMIZ
• Ixtisoslashuv
• Yaratuvchanlik
• Ochiqlik
• Asllik
• Jamoaviylik
• Sifat
AKADEMIK XUSUSIYATLAR
• Ta'lim barcha erkak va ayol talabalar uchun muvofiqdir.
• Barcha darslar o'zbek tilida olib boriladi.
• Barcha dars dasturlari Akademiya platformasida, shuningdek, unga tegishli bo’lgan veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshiriladi.
• Qayerda bo'lishlaridan qat'iy nazar, talabalarning har qanday zamon va makonda islomiy bilimlarni egallashlarini ta’minlash.
• Akademiyani bitirganlik to’g’risidagi diplomga ega bo’lish.
• O'quvchilarni darslarida yordamchi sifatida elektron kutubxona bilan ta'minlash. O'QITISH METODLARI
• Akademiyada o'qitish usuli Internet tarmoqlarida zamonaviy usullarda amalga oshiriladi. Har bir bosqichning muddati 15 hafta bo’lib, yakuniy imtihonlarni ham o’z ichiga oladi.
• Har bir bosqichdagi fanlarning umumiy soni sakkiztadan iborat.
• Har bir bosqichdagi soatlarning umumiy soni imtihon soatlarini hisobga olmaganda 195 soatni tashkil qiladi.
• Talaba ta'lim va bosqichdagi darslardan muvaffaqqiyatli o’tgan taqdirda, bir bosqichdan boshqa bosqichga o’tish qoidalariga ko’ra odimlab boradi.
• Har bir bosqichdagi dars taqsimoti tanlangan dars dasturi rejalariga muvofiq tarzda bo’ladi. QABUL SHARTLARI
1. Ariza beruvchining yoshi 16 yoshdan kichik bo’lmasligi.
2. O'zbek tilini puxta bilish.
3. Akademiya qoidalariga rioya qilish.
4. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish malakasiga ega bo'lish. QANDAY RO'YXATDAN O'TISH KERAK?
1. Ro'yxatdan o'tish anketasi to'ldiriladi.
2. Ariza Akademiya ma'muriyati tomonidan ko’rib chiqiladi.
3. Qabul qilingan taqdirda, talabnoma egasiga xat orqali bildirilib, onlayn shaklda og'zaki muloqot o'tkazish uchun vaqt belgilanadi.
4. Suhbatdan o'tganidan so'ng, talabnoma egasiga yakuniy qabul to'g'risida xabar beriladi.

Please share this with your Uzbek friend, your reward you will find with your Lord!Imam Abu Hanifa International Academy...
21/10/2020

Please share this with your Uzbek friend, your reward you will find with your Lord!

Imam Abu Hanifa International Academy of Islamic Studies based on the Imam Azam teachings, promotes Islamic knowledge to Uzbek speakers within the framework of moderation, as well as the values ​​of peace, tolerance and intercultural communication, through Internet.
Academy's vision is to be a leader in teaching Islamic knowledge in Uzbek worldwide. Our academy strives to spread Islamic knowledge among Uzbek-speaking people through its highly qualified staff, modern educational management, moderate approach and motivating educational environment, high level of organization and use of advanced technologies.
OUR GOALS
• Spread of Islamic knowledge.
• Facilitate the acquisition of Shari'ah knowledge and remove obstacles on this path.

Email - [email protected]
Telegram kanal – https://t.me/IAHXIBA
Instagram - https://lnkd.in/enn6sQS
Youtube - https://lnkd.in/eDKqX5Q
Facebook - https://lnkd.in/eBGxbiB
LinkedIn - https://lnkd.in/eKpU86F
TikTok - https://lnkd.in/eDhXXcX

Address

Ikitelli
Istanbul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Academy_IAHXIBA posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Academy_IAHXIBA:

Shortcuts

Share

Category