05/05/2025
⚡️Shayx Saloh Abul Hojj hazratlarining qalamiga mansub "المدخل المفصل إلى الفقه الحنفي" (Hanafiy fiqhga mufassal kirish) nomli kitobi haqida
📕Kitobning to‘liq nomi va muallifi:
Nomi: "المدخل المفصل إلى الفقه الحنفي"
Muallifi: Dr. Saloh Muhammad Abul Hojj zamondosh olimlardan biri bo‘lib, fiqh, usul al-fiqh fanlarida faoliyat yuritadi. Hanafiy fiqhi doirasidagi mo'tabar kitoblarda olib borgan tahqiqlari va ilmiy ishlari bilan tanilgan, shu doirada bir necha asarlar muallifi hisoblanadi.
📌Kitobning mavzusi va maqsadi:
Ushbu asar Hanafiy mazhabining asosiy tamoyillarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Kitob, ayniqsa, fiqhni yangi o‘rganuvchi talabalar uchun keng tushunarli uslubda yozilgan bo‘lib, quyidagi asosiy mavzularga alohida e’tibor qaratadi:
📌Fiqh ilmining kelib chiqishi va rivojlanishi:
-Fiqhning payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) davridagi shakli
-Sahobalar va tobe’inlar davridagi fiqhiy taraqqiyot
-Fiqhiy maktablarning shakllanish jarayoni
📌Hanafiy mazhabining asosiy xususiyatlari:
-Abu Hanifa rohimahullohning fiqhi, usuli fiqhi, hukm olish yo'llari
-Hanafiy mazhabining dalillarga tayanish tartibi
-Mazhabning rivojlanish bosqichlari va ulamolari (mazhab rivojiga qo'shgan hissalari)
📌Fiqhiy qoidalar va ularning amaliy qo‘llanilishi:
-Fiqh ilmida Hanafiy fiqhning o‘rni
-Kundalik ibodatlar va muomalotga oid muhim masalalardagi nozik qoidalar
-Fiqhiy hukmlar chiqarish usullari
(Usul fiqh qoidalarinining tatbiqi)
📌Hanafiy fiqhining boshqa mazhablar bilan aloqasi:
-Shofe'iy, Molikiy va Hanbaliy mazhablariga nisbatan Hanafiy mazhabining o‘ziga xos jihatlari
-Ulamolar o‘rtasidagi ilmiy bahslar va munozaralar, ixtilofli masalalarga javob namunalari
📌Kitobning e'tiborga molik muhim jihatlari:
Fiqhiy asoslar va manbalar: Kitobda fiqh ilmining asoslari Qur’on, Sunnat, Ijmo’ va Qiyos masalalari batafsil yoritilgan. Hanafiy mazhabining o‘ziga xoa usul qoidalari keng tafsilotlari bilan tushuntirilgan.
📌Tushunarli va ilmiy uslub: Asar ilmiy darajada yozilgan bo‘lsa-da, fiqh va usulu fiqh ilmini mutaxasis sifatida boshlovchilar uchun tushunarli qilib izohlangan, tartiblangan.
📌Dalillarga asoslangan tahlil: Muallif har bir fiqhiy hukm yoki qoidani aniq dalillar bilan asoslab bergan.
📌Fiqhiy tafakkurni rivojlantirish: Kitob fiqhiy masalalarni tahlil qilish va ularga yondashish bo‘yicha muhim usuliy qoidalar bilan qanday muomala qilish kerakliginini o‘rgatadi.
📌Kitobdan kimlar foydalanishi mumkin?
Talabalar: Fiqh ilmini o‘rganayotgan madrasa yoki universitet talabalariga juda foydali manba.
Imomlar va din ulamolari: Islom fiqhi bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlashni istaganlar uchun mukammal va oson qo‘llanma.
O'quvchilar uchun: Asar fiqh ilmi va Hanafiy mazhabining asosiy tushunchalarini chuqurroq bilishni istagan har bir kishi uchun foydalidir. Unda Hanafiy mazhabining hukm olinuvchi asoslari, tarixi, qoidalarni qo'llash tartibi va boshqa mazhablar bilan aloqalari batafsil tushuntirilgan.
Mezana